Xо‘ja chiroq yog‘i, Hakimjon pilik. –
kabi misralarda usta mahorat bilan tanobchilarning satirik qiyofasini chizib beradi.
Muqimiy ijodiy merosida «Sayohatnoma» va maktublari ham alohida о‘rin
tutadi. Muqimiy о‘z hayoti davomida 3 marta uch yо‘nalish (Qо‘qondan
Marg‘ilonga, Qо‘qondan Shohimardonga, Qо‘qondan Isfaraga)da sayohat qilib,
kо‘rgan-kechirgan voqea-hodisalarni yuksak badiiylikda (aruzning «Rajazi
musammani solim» vaznida) ifoda etadi.
Shoir «Sayohatnoma»larining eng muhim qimmati shundaki, ularda xalq
hayotining haqqoniy lavhalari, tabiat tasviri, joy nomlari turli xilda aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: