О‘z davrining ziyoliysi, yetuk shoiri va ma’rifat targ‘ibotchilaridan biri
Furqatdir. Furqatning shaxsiga, ijodiy faoliyatiga qiziqish va uni о‘rganish shoirning
hayot vaqtidayoq boshlangan edi. Bu hol uning asarlarini tо‘plash va ularni nashr
etish borasida ayniqsa ochiq seziladi va bu bir-biridan farq qilib turuvchi ikki muhim
viloyatining gazeti» sahifalari bо‘lsa, ikkinchidan, turli xildagi qо‘lyozma
bayozlardir. «Turkiston viloyatining gazeti» 1889 yildan boshlab Furqat asarlarini
va tarjimai holiga tegishli ma’lumotlarni bera boshlaydi. 1890 yil 17 aprelida
ataladigan she’ri bosiladi. Shu yilning may oyida yuqoridagi sarlavha bilan «Ilm
xosiyati», «Telegraf bayonotida», iyul oyida «Akt majlisi xususida», «Toshkent
shahrida bо‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida», dekabr oyida «Suvorov» (Toshkent
shahridagi teatr imoratida bо‘lg‘on о‘yun xususida) poemasi bosiladi. 1891 yilning
yanvaridan boshlab gazetaning 14 sonida «Hо‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning
ahvoloti, о‘zi yozg‘oni» (Furqatnoma) nomi bilan shoir tarjimai holini batafsil e’lon
qiladi. Ayni paytda Furqat bu gazetaning doimiy mualliflaridan biriga aylangan edi.
gazetaning sahifalarida shoirning faqatgina rus hayoti, fani, texnikasi tasvirlangan,
ruslashtirish siyosatiga xizmat qilishi mumkin bо‘lgan ulug‘lovchi asarlari bosilgan.
Lirik she’rlari – muhabbat tabiatni kuylovchi va muxammaslariga deyarli о‘rin
berilmagan. Bu asarlari turli xil bayozlardan о‘rin olgan bо‘lib, shular orqali
bizgacha yetib kelgan. Hozirda Sharqshunoslik, institutida saqlanuvchi «Devoni
Muqimiy maa hajviyot» (1899), «Amug‘oni xislat» (1912), «Bayozi yangi» (1910),
«Bayozi Xaziniy» (1911), «Bayozi Madhiy» (1915) kabilar shu jumladandir.
Kо‘rinadiki, bu ishlarning hammasi shoir ijodini ommaga tanishtirishdan iborat
bо‘lgan, xolos.
Furqat ijodini ilmiy asosda о‘rganish, ijodining madaniyat va adabiyotimiz
tarixidagi о‘rnini belgilash, uning iste’dodli shoir sifatida baholashga urinish 30-
yillardan boshlanadi. 1939 yilda «Guliston» jurnalida ilk bor asarlaridan namunalar
bosilgan bо‘lsa, 1940 yilda X.Rasul sо‘zboshi bilan kitobcha holida «Furqat
she’rlari»ni nashr ettiradi. 1951 yilda «Tanlangan asarlar»i, 1954 yilda X.Rasulning
«Zokirjon Furqat ijodi», «Furqat ma’rifatparvar, demokrat shoir» nomli kitoblari
nashr etiladi. Shundan keyin G‘.G‘ulom, Shayxzoda, S.Abdulla, I.Mо‘miiov,
V.Zohidov, I.Sulton, A.Qayumov kabilar turli xildagi ilmiy tadqiqot ishlar olib
borishgan.
Zokirjon Furqat 1858 yilda Qо‘qon shahrida hunarmand oilasida dunyoga
keladi. Uning otasi zamonasining peshqadam kishilaridan edi. Furqat boshlang‘ich
ma’lumot olgach, о‘sha zamonning eski usuldagi maktablaridan birida о‘qiydi.
Sо‘ngra Qо‘qon madrasalaridan birida о‘qiy boshlaydi. Biroq 1875 yilda avj olib
ketgan urushlar tufayli madrasa yopiladi. Shundan keyin bо‘lg‘usi shoir bir necha
yil otasi yonida tirikchilik bilan shug‘ullanib, mustaqil mutolaa qila boshlaydi.
Sо‘ngra 1878 yilda yangi Marg‘ilonga, tog‘asi yoniga borib bir necha yil savdo
ishlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u yerda о‘qituvchilik qilgani haqidagi
ma’lumotlar ham manbalarda uchraydi.
1880 yillarning boshlarida (1882) yana Qо‘qonga qaytadi, ilm va badiiy ijod
bilan mashg‘ul bо‘ladi. Muqimiy, Zavqiy, Nisbat Muhayyir kabi ilg‘or fikrli shoirlar
bilan doimiy aloqada bо‘ladi.
1889 yilda Marg‘ilondan Qо‘qonga, sо‘ngra Xо‘jandga borib, iyun oylarida
Toshkentga keladi. Shoir ijodidagi «Tuf» radifli xarakterli bir g‘azali shu davrlarda
yaratilgan va shoirni Qо‘qonni tark etishiga sabab bо‘lgan deb taxmin qilinadi.
Toshkentda Furqat «Kо‘kaldosh» madrasasidan bir hujra olib yashay
boshlaydi. «Turkiston viloyati gazeti» orqali qisman tanish bо‘lgan shoir endi bu
yerdagi mavjud hayot bilan bevosita yaqindan tanisha boshladi. Oradan kо‘p
о‘tmasdan TVGning xodimlari uni о‘rab oladilar. Unga alohida izzat-hurmat
kо‘rsatadilar va uning obrо‘si va qalamidan targ‘ibotchilik ishlarida mumkin qadar
kо‘proq foydalanishga harakat qiladilar. Aniqroq qilib aytadigan bо‘lsak, rus
siyosatini xalq manfaatiga javob beradigan adolatli siyosat ekaniga avvalo, shoirni,
shoir orqali xalqni ishontirishga intiladilar. Rus siyosatchilarining asl maqsaddarini
butunicha anglab yetmagan Furqat va unga zamondosh ayrim ziyolilarning ijodida
«madhiyalar» paydo bо‘ladi, bu ana shu intilishlarning natijasidir.
Furqat ijodida uchraydigan:
Do'stlaringiz bilan baham: