330
Yusupov FURQAT
MUNDIAL. HALOKATLAR
TOP-10
Futbol – millionlar o‘yini. Jahon
chempionati esa butun dunyo-
da eng ko‘p tomosha qilinadigan turnirdir. Afsuski ba’zan futbol
sababli qanchadan qancha fanatlar o‘z jonlariga qasd qilishadi. De-
mak ushbu maqolamiz fanatizm yoki boshqa bir sabablarga ko‘ra
mundial paytida halok bo‘lgan insonlar haqida.
10.
JCh-2002 da Turkiyalik Umit Davalaning jozibador sochlari
yoshlar orasida eng ommabop turmakka aylandi. Lekin Davalaga
taqlid qilishga uringan 13 yoshli Jafer uchun
hayot fojeali tarzda in-
tiho topdi. Jemlik shahrida yashovchi bu bolakay sochlarini xuddi
Umitnikiday qilib “xo‘rozchasiga” oldirib tashlagandi. O‘g‘lining
bunday ko‘rinishini yoqtirmagan otasi, unga hoziroq sartarashxo-
naga qaytib, sochlarini umuman oldirib tashlashini talab qiladi. Ota-
sining
bu gapiga javoban esa, Jafer o‘zini osib qo‘yadi.
9.
1970-yilda Meksika poytaxti – Mexikoda bo‘lib o‘tgan jahon
chempionati paytida Meksika qamoqxonalaridan birida o‘limga
mahkum etilgan jinoyatchi eng so‘nggi xohishi – jazoni amalga
oshi rishni 3 haftaga kechiktirishlarini so‘radi. U chempionatni oxi-
rigacha
tomosha qilib, keyin o‘limini qarshi olishga tayyor ekanlig-
ini aytadi. Qamoqxona ma’muriyati futbol ishqibozining so‘nggi
xohishiga hurmat bajo keltirdi. Eh, boyaqish oxirgi istagi boshiga
yetishini bilganida edi… Jismonan baquvvat bo‘lgan mahbus se-
331
FUTBOL
FALSAFASI
vimli jamoasining mag‘lubiyatini ko‘tara olmay, yurak xurujidan
vafot etdi.
8.
1970-yilgi Meksikadagi chempionat italiyalik mashhur yo-
zuvchi Lev Kastilya uchun eng so‘nggisi bo‘ldi. Kastilya televizor
qarshisida final o‘yinini tomosha qilayotganda Italiya termasining
Braziliya tomonidan mag‘lubiyatini ko‘tarolmay olamdan o‘tdi.
7.
JCh-98 da Ruminiya terma jamoasining 1/8 finalga chiqishini
Bu xarest shahri aholisi bir kecha kunduzlik
bayram bilan nishonla-
di. Ko‘chalar kuy-qo‘shig‘-u, shodon raqsi va saylchilar bilan to‘lib
ketdi. Ammo bu xursandchiliklar qurbonliksiz oxiriga yetmadi. 19
yoshli futbol ishqibozi shodligidan juda ko‘p spirtli ichimlik ich-
ganidan zaharlanib kasalxonada vafot etgan.
6.
2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining
namoyishi chog‘ida 11 nafar xitoylik ishqiboz yurak xurujidan va-
fot etishdi. Chempionat yakunlanishiga
ellikka yaqin kishi jamoasi
uchun qayg‘uraverib, yurak ushlab bu dunyoni tark etishgan.
5
.
Senegalda JCh-2010 nimchorak final doirasidagi Urugvay-Ko
-
reya o‘yini (2:1) paytida 11 muxlis halok bo‘lgan. Futbol ishqibozlari
uylaridan birining ayvoniga to‘planib, zangori ekran orqali o‘yinni
tomosha qilishayotgandilar. Ammo bunday og‘irlikka dosh bera ol-
magan uy qulab tushdi. Natijada 11 muxlis halok bo‘ldi.
4
.
Gaitida JCh-2010 vaqtida fojeali hodisa yuz berdi. Port-o-Pe-
rens shahrida chorak finalning braziliya-Gollandiya uchrashuvidan
so‘ng, sevimli jamoasi Braziliyaning alamli mag‘lubiyatiga
chiday
olmagan 18 yoshli muxlis o‘zini avtomobil tagiga tashlab, joniga
qasd qilgan.
3
.
Gohida futbolga bo‘lgan cheksiz muhabbat ayanchli hodisa-
larga sabab bo‘ladi. Texaslik 27 yoshli
Vektor Kastro fanatlik che-
garasini bilmaganlardan biridir. JCh-2010 doirasidagi Gana-AQSh