Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Yusupov FURQAT
geografik nuqtai nazardan biz Markaziy Osiyoda joylashganmiz. 
Lekin... Ana, Avstraliyaga Osiyoda nima bor? Keling, xaritaga qa-
rang, “yashil qit’a” qayoqda-yu, Osiyo qayoqda. Ikkinchi tomondan, 
G‘arbiy va Sharqiy Osiyo iqlimi bir-biridan mutlaqo farq qiladi, eng 
yomoni, har ikki mintaqaniki biznikiga sira mos emas...”. Negadir 
xonada mening sevimli ustozim – tarix fani domlasi ko‘rinmayot-
gandilar. Mana, nihoyat, ularning kelishlari bilan munozara yana-
da qizidi: “Futbol angliyaliklar tomonidan ixtiro qilingan. Oradan 
qancha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, qiziqarliligicha qolmoqda, qolaver-
sa, yanada taraqqiy etmoqda. Tarix bizning bugungi gapimizga 
o‘xshab, ko‘plab gollarning shodasini ko‘rgan. Pele-yu Maradona, 
Ronaldo-yu Garrincha futbol olamida o‘z nomlarini qoldirishgan. 
Bizga aynan shunday shaxslar kerak”, deya gaplarini yakunlamoq-
chi bo‘lib turgandilarki, nogahon O‘zbekiston tarixidan ham dars 
o‘tishlarini eslab qoldilar, chog‘i, davom etdilar: “O‘zbekiston ter-
masi o‘z tarixida hali bunday alamli mag‘lubiyatga uchragan emas-
di. Eh, Shkvirin, Qosimov, Krasnitskiy, Abduraimov... Essiz, ular 
tarixga aylandilar-da...”
Qarang, onat tili fanidan dars o‘tadigan ayamiz ham kechagi 
o‘yinni ko‘ribdilar. Buni hattoki, xayolimga keltirmagandim. Endi 
shu xayollarga ham bevafolik qilishimga to‘g‘ri keladi-yov. Qisqasi, 
ona tili o‘qituvchimizga quloq tutamiz: “Futbolchilarimiz hujum-
ga o‘tganda, son bo‘yicha ustunlik qilishlari lozim edi. O‘yin sifa-
ti ham yaxshi emas. O‘yinchilarning fe’l-atvorlarini o‘zgartirmasa 
bo‘lmaydi, shekilli. Ular bo‘sh nuqtalarda bir-birlarining o‘rinlarini 
to‘ldiruv chi vazifasini bajara olishmadi sira. To‘pga ega chiqqan ho-
latlarda esa ot singari chopish o‘rniga, sudralib yurishdi. Natijada, 
raqib o‘z so‘zini aytdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi. Bizga himoya bilan 
hujumni bog‘lovchi o‘yinchilar zarur”. Ha, bu kishining fikrlarida 
ham jon bor: sifat, son, fe’l, ot... 


27
FUTBOL FALSAFASI
Jismoniy tarbiya fani ustozimiz futbolning asl “jinni”laridan biri. 
Ular endi jim o‘tirsalar bo‘lmasdi. Bu o‘z kasblari yuzasidan ham 
obro‘lariga to‘g‘ri kelmasdi. Shuni tushungan holda “Futbolchi-
larimizning jismoniy holatlari yaxshi emas. Ba’zi vaziyatlarda yu-
gurishga nafaslari yetmay qolyapti. 30 metr masofaga zo‘rg‘a 6-7 
sekundda yetib borishyapti. Ikkinchi qavatda basketbolchilardek 
sakray olishmayapti. Qolaversa, shaxmatchilardek o‘ylash yo‘q”, 
– deya fikrlarini bayon etayotgan vaqtda birdan konstitutsiya fani 
o‘qituvchisi oraga burun suqdilar: “Biznikilarga qonun-qoidalarni 
yaxshilab o‘rgatish shart. Raqibni bo‘lar-bo‘lmasga chaliyverish ne 
oqibatlarga olib kelishini ko‘rdik-ku. O‘zi murabbiy futbol haqidagi 
moddalarni o‘rgatadimi?”
“To‘ppa-tog‘ri, – ularning aytganlarini ma’qulladilar informatika 
o‘qituvchimiz. – Hakam ham bitta xatoga yo‘l qo‘ydi. Ikkinchi 
bo‘lim boshlaridagi vaziyatda Geynrix o‘yindan tashqari holatda 
emasdi. Bu kompyuter grafikasida yaqqol bilinib turibdi. Inchunin, 
hakamlar videolavhalarni ko‘rishlari kerak”. 
Shuncha gap-so‘zlardan so‘ng vatan tuyg‘usi fani o‘qituvchisi jim 
turishni o‘zlariga ep ko‘rmadilar: “Futbolchilarimizga vatanparvar-
lik yetishmadi. Ular vatan sha’ni, el-yurt obro‘si, or-nomusi uchun 
o‘ynashlari kerak edi”.
Odobnoma fanidan dars beruvchi ayamiz ham garchi futbolni tu-
shunmasalar-da, o‘z fikrlari bilan diqqatni tortdilar: “O‘yinchilar ning 
xulq-atvorlari yaxshi emas. Ularga odob-axloq mezonlarini tushu n-
tirib qo‘yish kerakka o‘xshaydi”. Qisqasi, hamma aql o‘rgatish bi-
lan ovora. Munozaraning oxiri ko‘rinmayapti. Endi chiqib ketmoq-
chi edim, mehnat fani o‘qituvchimizning baland ovozlari yangradi: 
“Futbolchilarimiz yalqov. Kecha o‘zi mehmonlar ko‘proq mehnat 
qilishdi, ter to‘kishdi...” Ularning gaplariga salomatlik sirlari fani 
muallimasi ham qo‘shildilar: “Tog‘ri aytasiz. Futbolchilarimiz o‘zla-


28

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish