Furqat indd


Nukus futbolim...piyodasi yakuniga yetdi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Nukus futbolim...piyodasi yakuniga yetdi
Ismim Olim. O‘zim fermerman. Uzoq yillar davomida tinim-
siz mashqlar qilib, sportda turli natijalarga erishgan yigit-u qizlar-
ga besh ketaman-da. Qanday qilib jismoniy bosimlarga chidarkin, 
ular? Tunov kuni uyimizdan uch chaqirimcha narida joylashgan fer-
mer xo‘jaligimizga piyoda borgandim. Arang yetib oldim o‘ziyam. 
Sillam qurib do‘lananing soyasiga o‘zimni tashladim. Ko‘zim ilinib, 
naqd tushgacha dam olibman. Odam horiganda tushiga allamba-
lolar kirarkan. Lekin rosa qiziq tush ko‘ribman-da o‘ziyam. Shuni 
sizga hikoya qilib bera qolay...
Bahorning ikkinchi oyi tugab, uchinchisiga o‘tgan kunlarda Nu-
kusda 1-futbolimpiyodasi bo‘layotganmish. Unda dunyoning o‘n 
mingga yaqin mamlakatidan ikki yuz nafar sportchi, e-e, nimalar 
deyapman, dunyoning ikki yuzga yaqin mamlakatidan o‘n ming-
dan ortiq sportchi ishtirok etishibdi. Futbolimpiyodaning asosiy xu-
susiyatlaridan biri shundaki, unda dunyoning eng mashhur, futbol-
ga sal bo‘lsa-da aloqasi bor sportchilari yoshlari va jinslaridan qat’i 
nazar ishtirok etaverishar ekan. Xalqaro futbolimpiyoda qo‘mitasi 
vakillarining gaplariga qaraganda, bu musobaqa yaqin orada eng 
nufuzli turnirlardan biriga aylanarkan. 
Xullas,, ana shu “tush-turnir” hisoboti bilan tanishtirib o‘tay. 
Musoboqaning tantanali ochilish marosimi juda qiziqarli, bayramo-
na ruhda o‘tdi. Nukusdagi “Turon” stadioni braziliyaning “Mara-
kana”sida qayd etilgan rekordni butunlay yangilab tashladi. Shu 
kuni stadionga 200 ming atrofida muxlis tashrif buyurdi. Bu rasmiy 
ma’lumot. Aslida stadionda bundan ancha ko‘p muxlis to‘plangandi, 
chipta sotuvchilar va nazoratchilarning tanish-bilish, oshna-og‘ayni-


38
Yusupov FURQAT
lari kassaga bosh suqib o‘tirisharmidi? Ulardan tashqari, ba’zi olg‘ir-
lar ham borki, nazoratchilarning qo‘llariga chiptaning yarim narxi-
ni sekin qistirib, lippa kirib olaverishadi... yana chalg‘idim, uzr. 
Musobaqa mash’alasi shundoqqina Muborakda yoqilib, Nukusga 
tuyalar karvonida olib kelindi. Stadionga o‘rnatilgan kottakon uchar 
likob chani eslatib yuboradigan “gorelka”ni yoqish huquqi mashhur 
akrobatikachi Server Jeparov va undan ham mashhurroq baqaloq 
“gandbolchi” Diego Maradonalarga berilgandi. Ular o‘z vazifala-
rini sharaf bilan bajarib, muxlislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi. 
Shundan so‘ng futbolimpiyoda prezidenti Zepp Blatter musobaqani 
ochiq, deb e’lon qildi.
Birinchi bo‘lib musobaqalarga yengil atletikachilar kirishishdi. 
100 metrga yugurish bahslarida angliyalik Teo Uolkott jahon re
-
kordchisi Useyn Boltni ortda qoldirib, marraga birinchi bo‘lib ye-
tib keldi. Bu masofada uchinchi sovrindor bo‘lgan portugaliyalik 
Krishtianu Ronaldu 200 metrli distansiyada barchadan alamini oldi. 
Uning ortidan tillarini osiltirib gollandiyalik Aren Robben va fransi-
yalik Frank Riberilar yetib kelishdi.
Marafon bahslarida argentinalik Lionel Messidan boshqa biror 
sportchi marraga yetib kelolmadi. Oqibatda, kumush va bronza 
medallarini tashkilotchilar esdalik uchun o‘zlarida qoldirishdi.
Kurash bahslarida barcha raqiblarini chalib yiqitgan italiyalik 
Gattuzo va ispaniyalik Puyollar finalda o‘zaro ro‘para kelishdi. Unda 
omad italiyalikka nasib qildi. Bronza medallariga esa serb Vidich va 
vatandoshimiz Xayrulla Karimovlar ega chiqishdi. 
Og‘ir atletika bahslarida kurash unchalik qizimagan bo‘lsa-da, 
baribir g‘olib nomi aniqlandi. O‘z vazni barobarida toshni boshi uzra 
baland ko‘targan braziliyalik Ronaldoga teng keladigan “dushman” 
topilmadi. G‘olib qancha vazn bilan g‘alaba qozondi? Buni uning 
o‘zidan so‘ray qoling. Har holda, 150 kilodan kam bo‘lmasa kerak.


39
FUTBOL FALSAFASI
Boks bo‘yicha o‘tkazilgan turnirning eng ajoyib jangi yarimog‘ir 
vaznda kuzatildi. Finalda fransiyalik Zidan va italiyalik Materatssi-
lar uchrashishdi. Jangni jahonning eng no‘noq hakamlaridan biri, 
o‘zbekistonliklarga juda yaxshi tanish bo‘lgan Yoshida boshqardi. 
Yoshidaning qat’iyatsizligi tufayli jang necha kun davom etishini 
aytish qiyin edi-yu, ammo unga Zidan yordamga keldi. Uning taqir 
boshi bilan bergan zarbasidan so‘ng Materatssi polga cho‘zilib yotib 
oldi. Uning na uxlayotganini, na hushidan ketganini bilib bo‘lardi. 
Nihoyat, yaponiyalik hakam mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan 
hamkasbi – Evrebening maslahati bilan Zidanga texnik mag‘lubiyat 
yozib qo‘ydi. 
Gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan turnir finalida Argentina va Fran siya
jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. Ochig‘ini aytsak, bu uchrashuv-
da argentinaliklar favorit hisoblanishardi. Chunki jamoa sardori 
Maradona qo‘l bilan o‘ynash usulini san’at darajasiga ko‘tarishga 
erishgan, o‘zining mahorati bilan necha-necha hakamlarni dog‘da 
qoldirgandi. Ammo fransuzlar sardori Terri Anri ham mahorat bobi-
da baqaloqdan qolishmasligini barchaga namoyish qildi. Uchrashuv 
yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida, g‘alaba baribir argen-
tinaliklar tomoniga o‘tib ketdi. Bir tomondan, tajriba ustun kelgan 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, pakana Messi jasorat ko‘rsatdi. 
Basketbol musobaqasining butun tafsilotini hikoya qilib, boshi-
ngizni og‘ritmoqchi emasman. Bunga vaqt ham yo‘q. Chunki tush-
likka chiqishim kerak. Aks holda, ulfatlarimdan dakki eshitishim 
hech gap emas. Shuning uchun qisqa qilib finalda Chexiya va Ar
-
gentina termalarining uchrashganlari va unda janubiy amerika-
liklar g‘olib chiqishganini aytishim mumkin. G‘alabaga argentina-
lik “daroz” Xaver Saviola ulkan hissa qo‘shdi. Uning tepadan ikki 
qo‘llab savatga to‘p tashlashiga Yan Koller ham to‘sqinlik qilolmadi. 
Futbol musobaqasi finalida esa Shveytsariya va Ispaniya terma
-


40

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish