Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Yusupov FURQAT
– Ey yig‘ishtiring nasihatlarizni...
Shundan keyin bo‘lgan voqealarni eslay olmayman. Ertalab bi-
roz kech uyg‘ondim. Otam nonushta tayyorlab, kutib o‘tirgan ekan. 
Men esa salom ham bermay chiqib ketdim. Mashg‘ulotlarga kech 
qolganim bois murabbiydan dakki eshitdim: “Nimaga mashg‘ulot-
larga kech kelyapsan?”
– Uxlab qolibman. 
– “Uxlab qolibman”mish. Nima, senga mashg‘ulotlar o‘yinchoq-
mi?
– Nimaga buncha baqirasiz? Jamoada men o‘ynayotganim uchun 
ham biz doimo yutib kelyapmiz. Siz esa mening orqamdan murab-
biylik kursisida o‘tiribsiz. 
Shundan keyin murabbiy bilan og‘zaki aytishib qoldik. Kayfiya
-
tim rasvo tarzda uyga qaytsam, otam ham meni koyiy boshladilar.
– O‘glim senga nimalar bo‘lyapti o‘zi? Keyingi paytlari ichib ke-
ladigan odat chiqarding. Buni qanday tushinay bolam...? 
– Men bilan nima ishingiz bor sizni? Yoki mendan qutulolmayap-
sizmi, dada? – baqirdim otamga qarata. 
– Bu nima deganing? Axir sen meni o‘g‘limsan-ku. 
– Jonimga tegib ketdi hammasi. Uydan ketsam qulog‘im tinchiy-
dimi, ota? Bo‘ldi, bu uyda ortiq bir soniya ham turmayman. Pulim 
o‘zimga yetadi. Kvartiraga ko‘chaman. 
Jahl ustida lash-lushlarimni yig‘ishtirib uydan chiqib ketdim. 
Otam esa ortimdan zor yig‘lab qoldi. 
Ko‘p o‘tmay kvartiraga joylashdim. Navbatdagi uchrashuvda 
ham jamoamiz ajoyib tarzda g‘alaba qozondi. Yana raqib darvoza-
sini ishg‘ol qildim. O‘sha qizni yana stadionda ko‘rdim. Lekin u bu 
safar uchrashuvdan so‘ng dastxat olishga kelmadi. Rosti, kelishini 
kutgandim. Jamoamiz keyingi uy uchrashuvini oradan bir oy o‘tgan-
dan so‘ng o‘tkazdi. Lekin ushbu bahsda notanish qiz ko‘rinmadi. 


51
FUTBOL FALSAFASI
Stadionning to‘rt tomonini ko‘zdan kechirib chiqdim. Ammo u yo‘q. 
Qizga o‘rganib qolgandim shekilli, bu safar uni ko‘rmaganimga bi-
roz kayfiyatim tushib ketdi. Aksiga olib, o‘yinim ham qovushmadi. 
Hattoki, bo‘m-bo‘sh darvozani ishg‘ol qilolmadim. Buning natijasida 
bosh murabbiyimiz meni zaxira o‘yinchisi – bolalikdagi do‘stim Ak-
bar bilan almashtirdi. Bir oy ilgari meni olqishlab, sha’nimga maq-
tovlar aytayotgan muxlislar bu safar tinmay haqorat qilayotgandi-
lar. Ularning haqoratlari kamlik qilayotgandek, murabbiydan ham 
nordon so‘zlarni eshitdim. Shundan keyin barcha ishlarim orqaga 
keta boshladi. Jamoada zaxira o‘yinchisiga aylanib borayotgandim. 
Maydonga tushganimda esa, muxlislar tinmay hushtakbozlik bilan 
“siylashardi”. Endi jamoadoshlarim orasida ham nufuzim tusha 
boshlagan, asosiy tarkibdagi o‘rnimni esa Akbar olib qo‘ygandi. Ikki 
oydan beri otamning holidan xabar olmay qo‘ygandim. Bir payt-
lari mendan dastxat olish ilinjida yurgan qiz ham ko‘rinmay ketdi, 
ishlarim yurishmagandan buyon yor-u birodarlarimdan tortib, ke-
timda yurgan, qiyo boqishimni kutadigan qizlar ham mendan yuz 
o‘girishgandi. Tushkun kayfiyatda yurgan kunlarning birida pochta 
orqali xat keldi. Konvertning ustiga hech narsa yozilmagandi. Xatni 
alamzada yurgan muxlislardan bo‘lsa kerak, deb, ochmasdan yo-
qib yubordim. Oradan bir hafta o‘tib, ikkinchi marotaba nomimga 
bitilgan maktub keldi. Yana, muxlislar meni haqorat qilib maktub 
yozgan bo‘lsalar kerak, deb o‘yladimda, olovga tashladim. 
O‘yinlarim murabbiylarimni umuman qoniqtirmay qo‘ygach, 
meni jamoadan haydadilar. Boshimdan og‘ir kunlar o‘tayotgan 
damlarning birida pochta orqali navbatdagi maktubni oldim. Bu sa-
far nima bo‘lsa mayli, dedim-da xatni o‘qiy boshladim. 
“Assalomu alaykum, Said aka. Men sizdan dastxat olish 
maqsadida 2 marotaba huzuringizga bordim. Afsuski, menga 
imzo qo‘yib berishdan bosh tortdingiz. Nazarimda, o‘shanda meni 


52

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish