Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sog‘liqqa shikast yetkazilishi natijasida yo‘qotilgan ish haqini (daromadni) aniqlash



Download 0,5 Mb.
bet251/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

1007-modda. Sog‘liqqa shikast yetkazilishi natijasida yo‘qotilgan ish haqini (daromadni) aniqlash
O‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan yo‘qotilgan ish haqi (daromad)ning miqdori mayiblanishgacha yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetkazilishigacha yoxud mehnat qobiliyati yo‘qotilgungacha bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqi (daromad)ga nisbatan jabrlanuvchining kasbiy mehnat qobiliyatini yo‘qotishi darajasiga, kasbi yo‘q bo‘lganda esa — umumiy mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq foizlarda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining yo‘qotilgan ish haqi (daromadi) tarkibiga ham asosiy ish joyidan, ham o‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan joyidan mehnat va fuqaroviy-huquqiy shartnomalar bo‘yicha to‘lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan barcha turdagi mehnat haqi qo‘shiladi. Bir yo‘la to‘lanadigan to‘lovlar (foydalanilmagan ta’til uchun to‘lanadigan pul, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi ishdan bo‘shatish nafaqasi) hisobga olinmaydi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri hamda homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun to‘langan nafaqa hisobga olinadi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, shuningdek mualliflik gonorari yo‘qotilgan ish haqi (daromad) tarkibiga kiritiladi, bunda tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar soliq inspeksiyasining ma’lumotlari asosida kiritiladi.
(1007-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Ish haqi (daromad)ning barcha turlari soliqlar ushlab qolinmasdan oldin hisoblangan summalarda hisobga olinadi.
O‘rtacha oylik ish haqi (daromad) sog‘liqqa shikast yetkazilishidan oldingi ishlangan o‘n ikki oy ichidagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini o‘n ikkiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. Zarar yetkazilgan paytgacha jabrlanuvchi o‘n ikki oydan kam ishlagan hollarda o‘rtacha ish haqi (daromad) sog‘liqqa shikast yetkazilishidan oldingi amalda ishlangan oylardagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini ana shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Jabrlanuvchi to‘liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko‘ra bundan oldingi to‘liq ishlangan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati bo‘lmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan paytda ishlamayotgan bo‘lsa, uning xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo‘lgan ish haqi (daromadi) yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to‘lanadigan, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam bo‘lmagan odatdagi haq to‘lash miqdori hisobga olinadi.
(1007-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar jabrlanuvchining ish haqida (daromadlarida) uning mayib qilinishi yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishiga qadar uning mulkiy ahvolini yaxshilovchi barqaror o‘zgarishlar sodir bo‘lgan (egallab turgan lavozimi bo‘yicha ish haqi oshirilgan, yuqoriroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan, kunduzgi o‘quv yurtini bitirganidan keyin ishga kirgan) bo‘lsa va o‘zgarishning barqarorligi yoki jabrlanuvchining ish haqi o‘zgarishi ehtimoli isbotlangan boshqa hollarda, uning o‘rtacha oylik ish haqini aniqlashda u tegishli o‘zgarishdan keyin olgan yoki olishi lozim bo‘lgan ish haqi (daromad)gina hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish