Fan nomi: “O’zbekistonning eng yangi tarixi”
Mavzu: O’zbekiston ko’pparatiyaviylik tizimi. Ommaviy axborot vositalari va inson huquqlarining ta’minlanishi
Bajardi: Burxonov Xusan Burxonovich
Guruh:
Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir. Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi. Bu bogʻlanish fuqaroning tegishli davlatga nisbatan boʻlgan huquq va burchlari hamda uning oʻsha davlat tomonidan himoya qilinishida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga koʻra butun Oʻzbekiston hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi.(Qoraqalpogʻiston fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston fuqarosi hamdir).
Partiya (lot. partio — boʻlaman, ajra-taman degan ma'noni anglatadi):
1) gʻoyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak boʻlgan (qarang Siyosiy partiyalar), shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi (mas, qidiruv Partiyasi);
2) bir manzilga bir vaqtda joʻnatilgan tovarlar;
3) muayyan natijagacha oʻtkaziladigan oʻyin (mas, shaxmatdagi Partiya); bir kancha oʻyinlardagi oʻyinchilar tarkibi.
Ekologiya (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biol. fanlari majmui.
Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) — davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida koʻpincha hukumat faoliyati tushuniladi. siyosat turli ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan bogʻliq. Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida ifoda etadi. Shunga koʻra adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid siyosat, demokratik va avtoritar siyosat koʻrinishlarini boshqaruvda kuzatish mumkin.
Qonun (falsafada) — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obʼyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Qonunlari deb yuritiladi. Voqelik Qonunlarining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan Qonunlari voqelik Qonunlarining tafakkurda inʼikos etilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |