Яшаш шакллари
Структураси
Тарихий шакллари
Сиёсий партиялар, қонун чиқарувчи ва ҳукумат ташкилотлари атрофидаги лобби ташкилотлари
РЕАЛ
(аниқ мавжуд)
Муайян мамлакатда аниқ-тарихий мавжуд
Жамоа
Ижтимоий-сиёсий ташкилотлар ва ҳаракатлар (ННТ)
Социал тузилмалар (ижтимоий қатлам, социал гуруҳ ва синф)
НИСБАТАН
(бир қадар мавжуд)
Мавжуд ишлаб чиқарувчи кучлар доирасида мавжуд бўлиши мумкин
Табиркорлар иттифоқлари, истеъмолчилар уюшмалари, хайрия жамғармалари
Илмий ва маданий ташкилотлар, спорт жамиятлари
Жамият фуқароларнинг йиғиндиси сифатида
Ўзини ўзи бошқариш органлари, сайловчилар уюшмалари, сиёсий клублар
МУТЛАҚ (АБСОЛЮТ)
Идеал,
олий мақсад
Фуқароларнинг дунё ҳамжамияти
Диний ташкилотлар
Оила
3.1.-rasm. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy strukturasi
Ma’lumki, g‘arbda ma’muriy islohotlar asosiga subsidiarlik15 prinsipi qo‘yilgan bo‘lib, u asosan g‘arbda rivojlangan quyidagi diniy qadriyatni dunyoviylik asosida hal etish bilan bog‘liq bo‘ldi: “SHaxsning o‘z tashabbusi va kuchi bilan qiladigan narsalardan mahrum qilish va uni jamoatga taalluqli deyish mumkin emas. Xuddi shuningdek, qattaroq va yuqori darajadagi hamjamiyatning kichik va itoatkor hamjamiyat qilishi va oxiriga etkazishi mumkin bo‘lgan ishga da’vogarlik qilishi ham xuddi yuqoridagidek, ijtimoiy tartibot uchun nihoyatda zararli bo‘lgan nosog‘lom muhitdir”.16
Hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanib borishi bilan davlat boshqaruvini nomarakazlashtirish (detsentralizatsiyalash) uchun ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik shart-sharoitlar yaratiladi. Bu jarayon davlat boshqaruvini erkinlashtirish (liberallashtiish) va ma’muriy islohotlarning eng asosiy sharti hamdir.
Fuqarolik jamiyati shakllanib borgani sari mansabdorlar faoliyatini milliy manfaatlar, jamiyat baroqarorligi va xalq farovonligi asosida kechishi uchun shart-sharoitlar shakllanib boradi. CHunki, jamiyatning manfaatlari bilan shaxsning manfaatlari uyg‘unlashgan fuqarolik jamiyati sharoitida fuqarolarning huquqlar ham manfaatlar asosida insoniy birliklarga uyushish va shu asosda hokimiyat organlarini nazorat qilish, ularda ishtirok etish mayllari shakllanib va o‘sib bordi.
Fuqarolik jamiyati sharoitida markaziy hokimiyatda milliy manfaatlar bilan bog‘liq yirik vakolatlardan boshqasi mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga uzatiladi. Hududiy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, o‘z navbatida, fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi o‘z zimmasiga olmagan yoki u rad etganidan boshqa vakolatlarni amalga oshira boshladi. Bu holatda konsensusga erishish prinsipiga asoslanildi. Bu prinsip ko‘pincha ma’muriy shartnomalarda ifodalana boshlaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli ta’sir etdi. Jumladan, fuqarolik jamiyati tushunchasinikeng va tor ma’nolardaishlatish rusumga kirdi. Keng ma’nodagifuqarolikjamiyati - davlat va uning tizilmalari tomonidan jamiyatni egallab olmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatningqo‘lietmaganqismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevositaunga qarambo‘lmagan qatlam sifatidarivojlandi. SHuningdek, fuqarolikjamiyati keng ma’nodafaqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balkiavtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo bo‘lishi bilan fuqarolikjamiyati siyosiy hokimiyattomonidan butunlay «yutib» yuboriladi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi tor ma’noda talqin etilganda, u huquqiy davlatningikkinchi tomoni bo‘lib, ular bir-birlarisiz yashay olmaydi. Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiydavlat sharoitida davlattasarrufida bo‘lmaganerkin va teng huquqli individlarning o‘zaromunosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi. Bunday sharoitlarda jamiyatsohalariga xususiy manfaatlar va individualizmning erkinmunosabatlari qamrab olinadi. Bu kabi jamiyatningshakllanishi,uning rivojlanishi individlarningerkinlikka intilishi, ularningdavlatga tobe bo‘lgan fuqarolikdan erkin mulkdor fuqarolarga aylanishi, o‘z shaxsiy hurmat-obro‘sinihis qila borishi, xo‘jalik va siyosiy mas’ullikni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
So‘nggi yarim asr ichida tarixiy rivojlanish tajribalari shuni ko‘rsatdiki, huquqiy davlat unsurlari shakllanmasdan ilgari fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, huquqiy davlat qurish islohotlari fuqarolik jamiyati muhitidan oziqlanadi, davlat irodasi ham jamiyatdagi turli tuman manfaatlar va ehtiyojlar ifodalanishiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. SHuningdek, huquqiy davlat sharoitidagi erkin raqobatbardoshlik natijasidagina o‘rta qatlam - mulkdorlar qatlamini shakllanishi uchun qulay shart-sharoitlaryaratiladi17.
Do'stlaringiz bilan baham: |