O’z-o’zini boshqarish organlari.
Mahalla instituti bir necha asrlik qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning huquqiy asoslari yaratilgan va jamiyat boshqaruvida o‘ziga xos vakolatlarga ega bo‘l-gan davri -mamlakatimizning mustaqillikka erishgan davri hisoblanadi. CHunki, mustaqil O‘zbekistonning bosh qomusi – Konstitutsiyasining 105-moddasiga ma-halla instituti haqida qoidalar kiritilib, uning vakolat muddati belgilab berildi Konstitutsiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993 yil 2 sentyarbda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartiblari, vakolat doirasi hamda faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi.Bu jarayonda bevosita fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga ham ko‘plab vakolatlar o‘tkazib borildi. Bu esa amaldagi Qonunni yanada takomillashtirish, fuqarolar yig‘inlariga berilgan vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlarini qonun bilan tartibga solish zaruratini keltirib chiqardi. SHu bois “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun 1999 yil 14 aprelda yangi tahrirda qabul qilindi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayoni ham fuqarolar yig‘ini faoliyatini sama-rali tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ushbu jarayonni yanada tartibli o‘tkazish, uning aniq me’yorlarini joriy qilish maqsadida 2004 yil 29 aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartib qoidalari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tildi
Saylovlar fuqarolik jamiyati ko’zgusi.
Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy dav-latning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir. Fuqarolik jamiyati bilan saylovlarning aloqadorligi asosan shu bilan belgilanadiki, fuqarolik jamiyati, fuqa-rolarning fikrlari va manfaatlarining xilma-xilligiga asoslangan holda, tashkil etiladi, davlat organlari fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan bo‘lsa, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda qonunga itoat etishini ta’minlashga, o‘tkir ijtimoiy qarama-qarshiliklardan qochib-qutilishga imkoniyat bo‘lmaydi, Demokratik saylovlar –hokimiyat masalasining kuch bilan hal etilishini tamoman inkor etadi. Saylovlar fuqarolarga hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini haqiqiy mazmun-mohiyatini anglashga imkoniyat beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning ko‘pchiligining irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik hokimiyat yaratiladi. Fuqaroning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash (faol saylov huquqi) va saylanish (passiv saylov huquqi) huquqlari O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uni amalga oshirish tartibqoidalari saylov qonunchiligida aniq belgilab qo‘yilgan O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi ham o‘z aksini topgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. K.B.Kushbakov. “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” Fanidan o‘quv-uslubiy majmua.Toshkent-2018.
2. Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning xuquqiy kafolatlari T.O’zbekiston. 1992 yil.
3. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. T. : O’zbekiston, 1997.
4. Tojixonov U. Isthlolimizning xuquqiy negizi. T. 1994 yil.
5. Xuquqiy demokratik isloxotlar. T. O’zbekiston. 1997 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |