Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning


hozirgi  kunda  demokratik  qadriyatlar,  inson  huquq  va  erkinliklari  hamda  qonuniy



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana05.12.2019
Hajmi0,57 Mb.
#28445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Topics 12-14


hozirgi  kunda  demokratik  qadriyatlar,  inson  huquq  va  erkinliklari  hamda  qonuniy

manfaatlarini  himoya  qilishning  muhim  omiliga  aylanmoqda,  fuqarolarning  o‘z

salohiyatlarini  ro‘yobga  chiqarishi,  ularning  ijtimoiy,  sotsial-iqtisodiy  faolligi  va  huquqiy

madaniyatini  oshirish  uchun  sharoit  yaratmoqda,  jamiyatda  manfaatlar  muvozanatini

ta’minlashga ko‘maklashmoqda”

16

.

Prezidentimiz  o‘z  ma’ruzasida  yurtimiz  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  nodavlat

notijorat  tashkilotlari  va  boshqa  fuqarolik  institutlari  rolini  yanada  kuchaytirish  to‘g‘risida  fikr

bildirib,  amalga  oshirilayotgan  islohotlarimizning  samaradorligini  ta’minlashda,  ularning  rolini

kuchaytirishda  “Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi  Qonunning  qabul  qilinishi  muhim  ahamiyat

kasb etishini alohida qayd etib o‘tdi.  Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish dasturlarini

amalga  oshirish,  gumanitar  muammolarni  hal  etish,  mamlakatimiz  aholisi  turli  qatlamlarining

huquq  va  erkinliklari,  manfaatlarini  himoya  qilishda  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  davlat

tuzilmalari  bilan  o‘zaro  munosabatlaridagi  aniq  chegaralarni  belgilash  va  tashkiliy-huquqiy

mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizningcha,  “Ijtimoiy  sheriklik  to‘g‘risida”gi    Qonun  loyihasida    uchta  sektor  o‘rtasidagi

o‘zaro  ijtimoiy  sheriklik  munosabatlari    va  bu  munosabatlarning  huquqiy  asoslari  o‘z  ifodasini

topmog‘i  lozim.  Chunki  mazkur  faoliyat  mamlakatni  modernizatsiya  qilish  va  yangilashda

alohida  ahamiyat  kasb  etadi. Ijtimoiy  sheriklik  davlat  hokimiyati  organlari  (ayniqsa,  Adliya

vazirligi va unga qarashli bo‘lgan boshqarmalar,  viloyat, shahar va tuman hokimliklari kabilar)

15

Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokrarik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik

jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – Т.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2010. 43-bet.

16

O’sha asar. 42-bet.



12

tomonidan 2- va 3-sektorning muhim tarmoqlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi

uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy  sharoitlar yaratib berishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  25-avgustda  e’lon  qilingan  “Kichik

biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  yanada  rivojlantirish  uchun  qulay  ishbilarmonlik muhitini

shakllantirishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  Farmoni,  mamlakatni

modernizatsiya qilish jarayonida nodavlat, xususiy tashkilotlari faoliyatini yanada kengaytirishda

muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etadi. Bu bejiz emas. Chunki odamlar ongida

demokratik  qadriyatlarni  mustahkamlashda,  ularning  siyosiy  va  fuqarolik  faolligini  oshirishda,

mamlakatda  ro‘y  berayotgan  demokratik  o‘zgarishlarning  ko‘lamini  kengaytirish  va

chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Har  qanday  nodavlat  tashkiloti  va  jamoat  birlashmasining  jamiyat  ijtimoiy  hayotida

samarali  faoliyat  ko‘rsatishini  asosiy  va  muhim  sharti  ularning  moliyaviy-iqtisodiy  jihatdan

ta’minlanganligidir.  Zero,  moddiy-moliyaviy  jihatdan  baquvvat  bo‘lgan  nodavlat  notijorat

tashkiloti  aholi  turli  qatlamlari,  ijtimoiy  guruhlarining  turli  maqsad-manfaatlari,  ehtiyojlarini

to‘laroq qondirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. NNT mablag‘larining salmoqli qismini aholi

o‘rtasida  ma’naviy-mafkuraviy  ishlarni  amalga  oshirishga  sarflanmog‘i  lozim.  Chunki  aholini

yuksak  ma’naviyatga,  siyosiy  va  huquqiy  madaniyatga  erishuvi  orqaligina  huquqiy  demokratik

davlat  va  fuqarolik  jamiyati  asoslari  barpo  qilinadi.  Bu  borada  ham  mamlakatimizda  muhim

ishlar amalga oshirib borilmoqda.

2008  yil  3  iyulda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senati

Kengashining  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini

qo‘llab-quvvatlashni  kuchaytirish  to‘g‘risida”gi  qo‘shma  qarori  qabul  qilindi.  Unda  nodavlat

notijorat  tashkilotlari,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  moliyaviy  jihatdan  qo‘llab-

quvvatlash  jamoat  fondi,  Fond  mablag‘larini  boshqarish  bo‘yicha  Parlament  komissiyasini

tashkil qilish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Qo‘shma  qaror    jamoat  fondlari  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlariga  moliyaviy  ko‘mak

berish  orqali  ularning  jamiyat  hayotidagi  faolligini  yanada  oshirish  va  shu  orqali  fuqarolarning

o‘zini  o‘zi  boshqarish  qobiliyatini  amalda  kuchaytirishni  nazarda  tutadi.  Ushbu  Fond  va

Parlament  komissiyasi  “Jamoat  fondlari  to‘g‘risida”gi,  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari

to‘g‘risida”gi,  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi

Qonunlarga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa

institutlarini  qo‘llab-quvvatlash  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  byudjetidan  ajratilgan

mablag‘lar  taqsimlanishini  tashkil  etish,  NNTlarni  moddiy,  moliyaviy  qo‘llab-quvvatlash

dasturini  shaklllantirish hamda amalga oshirish maqsadida tuzildi.

Hozirda  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini

qo‘llab-quvvatlashni  kuchaytirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qo‘shma  qarorga  binoan,

NNTlar  faoliyatini  moliyalashtirish  manbalarini  shakllantirishning  demokratik  tamoyillarga

asoslangan  tizimi  yaratildi.  Bugungi  kungacha  ushbu  fond  tomonidan  respublikada  nodavlat

notijorat  tashkilotlari  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  30  milliard  so‘mdan  ortiq

mablag‘ ajratildi.

AQShda  1  mln.dan  ko‘proq  nodavlat  notijorat  tashkilotlar  faoliyat  yuritadi.  Umumiy

aholisining har 300 kishisiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi.  Ularda Amerika aholisining 7,8 foizi

xizmat qiladi. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat

sohada  mehnat  qiladi.  Bu  ko‘rsatkich  Niderlandiyada  12,4,  Irlandiyada  11,5,  Belgiyada  10,5,

Isroilda  9,2,  Avstraliyada  7,2  va  Buyuk  Britaniyada  6,2  foizga  tengdir.  Rossiyada  hozirda  600

mingdan  ziyod  NNTlar  faoliyat  ko‘rsatayotgan  bo‘lib (hozirda  Rossiya  aholisi  142  millionga

yaqin), har 236 kishiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Rossiya Federatsiyasining birgina Yaroslavl

viloyatida 4000 ga yaqin NNT rasman ro‘yxatga olingan. Ammo hozirda ularning 30 foizigina

faoliyat  ko‘rsatmoqda.  O‘zbekistonda  esa jami  7 mingga  yaqin  fuqarolik  jamiyati  institutlari

faoliyat  ko‘rsatayotgan  bo‘lib, aholining har 4300  kishiga  bittadan  nodavlat  tashkilotlari  va

jamoat birlashmalari to‘g‘ri keladi. Ularning salmog‘i yildan-yil ortib bormoqda.



13

“Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, – deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, – sotsial-iqtisodiy,

ijtimoiy-siyosiy  islohotlarni,  biz  tanlagan  davlat  va  jamiyat  qurilishi  modelini  tatbiq  etish

jarayonida  fuqarolarning  mamlakat  boshqaruvidagi  rolini  oshirib  borishni  asosiy  o‘ringa

qo‘yadigan  “Kuchli  davlatdan – kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  dasturini  amalga  oshirish

bo‘yicha  ishlarni  yanada  faollashtirish  masalasini  bugun  hayotning  o‘zi  kun  tartibiga  tobora

qat’iy  qilib  qo‘ymoqda.  Bu  amalda  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  butun  tizimini

rivojlantirish,  uning  mamlakatni,  ma’muriy-hududiy  tuzilmalarni  boshqarish  jarayoniga  uyg‘un

ravishda integratsiyalashuvini anglatadi”

17

.



O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  milliy-madaniy

markazlarning o‘rni  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Chunki  ular    O‘zbekistonda  istiqomat

qilayotgan  130dan  ziyod  turli  millat  va  elat  vakillarining  maqsad  hamda  manfaatlarini

ta’minlashga,  milliy  qadriyatlari,  udumlarini  saqlashga  ko‘mak  berib  kelmoqda.    Yurtboshimiz

ta’biri  bilan  aytganda,  “Hech  bir  mubolag‘asiz  aytish  mumkinki,  Respublika  baynalmilal

madaniyat  markazi  o‘z  faoliyati  davomida  mamlakatimizda  millatlararo  va  fuqarolararo

totuvlikni  yanada  mustahkamlashga  qaratilgan  yangi  g‘oya  va  tashabbuslar  paydo  bo‘layotgan

haqiqiy do‘stlik uyiga aylandi”

18

.

Respublikada  hozirgi  paytda  27  millat  vakillari    tomonidan  tuzilgan  150  ga  yaqin  milliy-



madaniy  markaz  (MMM)  faoliyat  olib  bormoqda.  Ulardan  14  tasi  respublika  maqomiga  ega.

MMMlarning  31  tasi  koreyslar,  23  tasi  ruslar,  10  tasi  tojiklar,  9  tasi  qozoqlar,  9tasi  tatarlar

tomonidan  (3  tasi  tatar-boshqird  MMM)  tuzilgan.  Shuningdek,    8ta  ozarbayjonlar,    7ta

turkmanlar,  6  tadan  ukrainlar  va  qirg‘izlar,    5  tadan  turklar  va  Yevropa  yahudiylari    milliy-

madaniy  markazlari  faoliyat  yuritmoqda.  Nemislar,  polyaklar  va  armanlar  tomonidan  4  tadan,

uyg‘urlar  va  Buxoro  yahudiylari  tomonidan  3tadan,  beloruslar  va  qrim  tatarlari  tomonidan    2

tadan,    arablar,  bolgarlar,  boshqirdlar,  greklar,  gruzinlar,  litvaliklar,  qoraqalpoqlar,  xitoylar va

dunganlar tomonidan esa 1 tadan MMM tashkil etilgan.

Respublika  baynalmilal  madaniyat  markazi  va  MMM  faollaridan  71  kishi  yuksak  davlat

mukofotiga  sazovor  bo‘lgan.  Shu  jumladan,  32  kishi  “Do‘stlik”  ordeni,  2  kishi  “Mehnat

shuhrati”  ordeni,  13  kishi  “Shuhrat”  medali  bilan  taqdirlangan.  7  kishiga  faxriy  unvon,  17

kishiga  O‘zbekiston  Respublikasining  Faxriy  yorlig‘i  berilgan.  Mukofotlanganlar  orasida  24

millat vakillari bor. O‘zbekiston Qahramoni Vera Borisovna Pak Xorazm viloyati koreys MMM

boshqaruvi  a’zosidir.  Respublika  rus  markazi  raisi  Svetlana  Ivanovna  Gerasimova  esa  senator,

O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi.

Televidenie  va  radioda  10  tilda  (o‘zbek,  qoraqalpoq,  rus,  qozoq,  qirg‘iz,  tojik,  turkman,

tatar,  uyg‘ur,  ozarbayjon)  ko‘rsatuv  va  eshittirishlar  olib  boriladi.  Gazetalar  10  tilda  (o‘zbek,

qoraqalpoq,  rus,  qozoq,  qirg‘iz,  koreys,  tojik,  turkman,  ukrain,  ingliz),  jurnallar  esa  8  tilda

(o‘zbek,  qoraqalpoq,  rus,  ingliz,  qozoq,  qirg‘iz,  tojik,  turkman)  bosiladi.  O‘rta  va  oliy  ta’lim  7

tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.

Milliy  madaniy  markazlar  faoliyati  mamlakatimizda  turli  millat  vakillarining  emin-erkin

umrguzaronlik qilayotganligini, ularning O‘zbekiston fuqarosi sifatida konstitutsiyaviy huquqlari

davlat  tomonidan  kafolatlanganligini    bildiradi.  Millatlararo  totuvlik  esa  fuqarolik  jamiyati

shakllanishining muhim belgilaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekistonda to‘la amal qilyapti, desak

xato qilmagan bo‘lamiz.

2006 yil O‘zNNTMA tomonidan hududlarda NNTlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun

respublikamizning  barcha  viloyatlarida  hamda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  resurs

markazlari  tashkil  etildi.  Mablag‘larni  tejash  maqsadida  resurs  markazlari  yuridik  shaxs,  filial

17

Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz – Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada  yuksaltirish.



–Т.:

O’zbekiston, 2010. 27-bet.

18

Karimov I.A. Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil  etilganining 15 yilligiga bag’ishlangan tantanali



yig’ilish qatnashchilariga //Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish

va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mеzoni va maqsadidir. 15-jild. –T.: O’zbеkiston,

2007. 126-bеt.


14

yoki  vakolatxona  shaklida  emas,  balki  mavjud  NNT  negizida  shartnoma  asosida  tuzildi.  2006

yilda O‘zNNTMAning Resurs markazi sifatida faoliyat yuritish uchun tanlov asosida 5 ta NNT,

2007  yilda  esa  7  ta  NNT  bilan  shartnoma  tuzildi.  Bu  tashkilotlar  shartnomaga  binoan  joy,

kompyuter  texnikasi,  “Norma”  huquqiy  bazasi  bilan  ta’minlandi.  Shuningdek,  1  ta  xodimga

oylik  maosh  va  Internetdan  bepul  foydalanish  imkoniyati  yaratildi.  2007  yil  13  yanvardan

boshlab respublikamizning barcha hududlarida resurs markazlari faoliyat boshladi.

“O‘zbekiston  Respublikasi  viloyatlarida  resurs  markazlarini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi

Nizom O‘zNNTMAning 2008 yil 12 martdagi kengash majlisida tasdiqlangan.

Mazkur markazlar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- O‘zNNTMAning    hududlardagi  a’zolarini  axborotlar,  assotsiatsiya  va  hamkorlar  bilan

birgalikda tashkil etilayotgan loyihalar, grant tanlovlari xususidagi yangiliklar bilan ta’minlash;

- O‘zNNTMAning  hududlardagi  a’zolarini  NNT  faoliyati  borasidagi  yangiliklardan

xabardor qilish;

- O‘zNNTMAga yangi a’zolarni jalb qilish;

- NNT va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini axborot va texnik jihatdan qo‘llab-

quvvatlash.

Resurs  markazlari  tashkil  etilishi  natijasida  O‘zNNTMAning  hududlardagi  amaliy

harakatlari  yanada faollashdi, NNT faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari ham ijobiy samara bera

boshladi, shuningdek, NNT va boshqa jamoat tashkilotlarining O‘zNNTMA faoliyati to‘g‘risida

axborot olish imkoniyati kengaydi.

Umuman olganda, resurs markazlari faoliyatining tahlili NNT va O‘zNNTMA a’zolarining

o‘zaro  tezkor  fikr,  tajriba  almashish  va  axborot  tarqatish  mexanizmining  samarali  faoliyatiga

ehtiyoji borligini ko‘rsatayapti.

O‘zNNTMA  a’zolari  va  keng  jamoatchilikni  O‘zbekistondagi  NNT  faoliyati  haqidagi

ma’lumotlar  bilan  ta’minlash  maqsadida  O‘zNNTMA  veb-sayti    (

www.ngo.uz

)  tashkil  etilgan

va  u  muntazam  ravishda  yangilanib  borilayapti.  Shu  bilan  birga,  ommaviy  axborot  vositalari

bilan  doimiy  hamkorlik  aloqalari  o‘rnatilgan.  O‘zNNTMA  va  uning  a’zolari  tomonidan  tashkil

etilayotgan  barcha  tadbirlar,  konferensiyalar  radio-televidenie,  gazeta  va  jurnallarda  keng

ko‘lamda yoritilmoqda.

Mamlakatimizda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  fuqarolik  institutlarining  O‘zNNTMA  orqali

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati ham ortib bormoqda. Fikrimizga misol sifatida

quyidagi  ma’lumotlarga  e’tiboringizni  jal  qilamiz.  Hozirgi  vaqtda  O‘zbekistonda  O‘zNNTMA

ishtirokida tanlab olingan jami 1,3 mln. Yevroga teng 6 ta o‘zaro hamkorlik loyihasi amalga

oshirilmoqda.

O‘zNNTMA  O‘zbekistonda  IBPP  loyihalarini  qo‘llab-quvvatlash  va  monitoringini  yuritish

guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi hamda Yevropa Uyining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi Komissiyasi Hamkorlik Byurosi

bilan ushbu tashabbusni amalga oshirmoqda.

Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  (EXHT)ning  O‘zbekistondagi  vakolatxonasi

bilan  ham  o‘zaro  hamkorlik  faoliyati  davom  etmoqda.  Xususan,  NNTlar  loyihalarini  qo‘llab-

quvvatlash  maqsadida  YeXHT  bilan  hamkorlikda  kichik  ijtimoiy  loyihalar  tanlovi  o‘tkazildi.

Natijada jami 63, 6 mln. so‘mga teng 10 ta NNT loyihasi tanlab olindi va bajarilmoqda.

Xalqaro moliyaviy resurslarni NNT loyihalariga jalb etish maqsadida memorandum asosida

Jahon Banki bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.  O‘zNNTMA ishtirokida amalga oshirilgan

grant  tanlovi  natijalariga  ko‘ra,    jami 55  ming  dollarga  teng 8  ta  loyiha  tasdiqlandi  va

O‘zNNTMA yordamida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladi.

Jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  ta’lim,  madaniy  sohalarini  rivojlantirish

fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatisiz  amalga  oshmaydi.  Bu  esa  keng  aholi  ommasining

ijtimoiy  faolligi  orqali kechadi.  Shuning  uchun  aholi  ijtimoiy  faolligini  oshirish  maqsadida

davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi turli dasturlarni hayotga


15

tatbiq  qilib  borishda  davlat  tashkilotlari  va  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  o‘zaro  hamkorligi

muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dolzarb ijtimoiy masalalarini hal etish

maqsadida  maxsus  guruh  va  turli  idoralar  tashkil  etildi. Huquqni  muhofaza  qilish

organlarining inson huquqlariga rioya qilish ahvolini o‘rganish bo‘yicha idoralararo  ishchi

guruhi  tarkibida  O‘zNNTMA,  Advokatlar  palatasi  va  boshqa  jamoat  tashkilotlari  vakillarining

mavjudligi  demokratik  institutlarning  ushbu  jarayonlardagi  faol  ishtirokini  davlat  tomonidan

kafolatlanganligining belgisidir.



O‘zbekistonda  VICh  infeksiyasining  tarqalishiga  qarshi  chora-tadbirlarni  tartibga

solish bo‘yicha Respublika Komissiyasining tarkibida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar bilan

bir qatorda  nodavlat tashkilotlar ham ish yuritmoqda.



Odam  savdosiga  qarshi  kurashish bo‘yicha  idoralararo  guruh  faoliyatida  ham  "Istiqbolli

avlod" nodavlat tashkiloti faol ishtirok etib kelmoqda.

Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  shakllantirishda  Fuqarolik  jamiyati

shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  instituti  va  uning  viloyatlarda  faoliyat  ko‘rsatayotgan

hududiy bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan

nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  turli  sohalar  bo‘yicha  faoliyat  yuritayotgan  markazlar  va

jamg‘armalar  faoliyatini  o‘rganib  borish,  ularning  o‘zaro  aloqasini,  ijtimoiy  sheriklik  asosida

faoliyat  olib  borishini  ta’minlash  kabi  muhim  vazifalarni  hozirda  ana  shu  mintaqaviy  axborot-

tahlil markazlari bajarmoqda. Ushbu institutning asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyati asoslarini

shakllantirish  jarayonlarini  tizimli  monitoring  qilish,  mamlakatni  demokratik  yangilash  va

modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini

oshirishda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirishdan iborat.

Bugungi  kunda  mazkur  nodavlat  tashkiloti  va  uning  hududiy  bo‘limlarida,  xususan,

Andijon  hududiy  bo‘limi  tomonidan  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayonlarini  tizimli

tadqiq  qilish,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  davlat  va  jamiyatni  boshqarishdagi  rolini

kuchaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham o‘zining viloyatlardagi

a’zolari  hamkorligida  tashkil  qilayotgan  turli  tadbirlarini  shu  jamoat  tashkiloti  orqali  olib

bormoqda. Ammo joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg‘arma va markazlarning ushbu

assotsiatsiya tarkibida faoliyat ko‘rsatishiga kam e’tibor berilmoqda.

2005  yilda  respublikamizning  barcha  hududlaridagi 150dan  ortiq  nodavlat  notijorat

tashkilotlarining  tashabbuslari  bilan    O‘zbekiston  Nodavlat  notijorat  tashkilotlar  milliy

assotsiatsiyasi  tashkil    etildi.  Hozirda  Assotsiatsiya  uchinchi  sektorning  450  dan  ortiq  faol

vakillarini  o‘z  atrofiga  jamlab,  turli darajadagi  loyihalarni  amalga  oshirishga  qodir,  yetarlicha

kuchga ega mexanizmga aylandi.

Assotsiatsiyaning faoliyati quyidagi 5ta yo‘nalishda olib boriladi:

-

Ayollar va yoshlar yo‘nalishi;



-

Huquqiy yo‘nalish;

-

Ekologiya, iqtisod va ta’lim yo‘nalishi;



-

VICh/SPID masalalari bo‘yicha yo‘nalish;

-

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;



Ta’kidlash joizki, Assotsiatsiya 600 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda

o‘tkazgan davra suhbatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi

Qonuni  loyihasi  muhokama  etildi  hamda  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  muhokamasiga

kiritildi.  Buning  natijasida  2007  yilda  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatini  kafolatlari

to‘g‘risida”gi  Qonun  qabul  qilindi.  Ushbu  Qonun  NNTlar  manfaatlarini  himoya  qilishni

kafolatlaydi  va  huquqlarini  mustahkamlaydi,  shuningdek,  davlat  organlari  bilan  ijtimoiy

sheriklik  mexanizmini  rivojlantirib,  davlat  subsidiyasi,  davlat  granti  va  davlatning  ijtimoiy

buyurtmasi  ko‘rinishidagi  davlat  tomonidan  NNTlar  faoliyatini  moliyaviy  qo‘llab-

quvvatlashning bir qator chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.

Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:



16

1.

Jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik



jamiyati  institutlari  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati asoslari  shakllanishining

muhim shartidir.

2.

O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  islohotlarning  bosh  maqsadi  erkin  bozor



munosabatlariga  asoslangan  ochiq,  huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  adolatli  fuqarolik

jamiyatini  barpo  etish,  odamlar  turmushini  taraqqiy  etgan  davlatlar  darajasiga  ko‘tarish,

mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.

3.

Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali



shakllanib  boradi.  Natijada  jamiyat  hayotida  avtoritar  va  totalitar  boshqaruvga  xos  xususiyatlar

barham topib boradi.

4.

Bugungi  kunda  O‘zbekistonda    fuqarolik  jamiyati  institutlari  jahonning



rivojlangan  davlatlari  va  fuqarolik  jamiyatining  umume’tirof  etilgan  tamoyillari  hamda  milliy

o‘ziga xos jihatlar asosida  faoliyat yuritmoqda.

5.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  sifatida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  nodavlat  notijorat



tashkilotlari  va  jamoat  birlashmalari,  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  davlat  muassasalaridan  farq  qiladi.

Bu tafovut, asosan, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilib borishi bilan belgilanadi.

6.

Fuqarolik jamiyatida boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarrufidan o‘z-



o‘zini  boshqarish    organlariga  o‘tib  boradi.  Aholining  turli  qatlamlari,  alohida  shaxs  muayyan

nodavlat  va  jamoat  tashkiloti  orqali  jamiyat  boshqaruvida  faol  qatnashadi.  Shu  asnoda  jamiyat

o‘zini  o‘zi  boshqarib  boradi.  Bu  jarayonda  qaysidir  shaxs,  hokim  yoki  rahbar  xohish-irodasi,

hukmronligi  yoki  muruvvati  emas,  balki  fuqarolarning  yuksak  huquqiy  madaniyati,

dunyoqarashi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

7.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatining  asl  mohiyati    unga  a’zo  bo‘lgan



kishilar,  shaxslar,  ijtimoiy  guruhlar,  kasb-kor  egalarining  tub  manfaatlari,  hayotiy  ehtiyojlarini

qondirib borishdan iboratdir.

8.

Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim jihati fuqarolarning ijtimoiy-



siyosiy  faolligiga  erishish  orqali  ularning  yuksak  ma’naviyatli  shaxs  sifatida  kamolotini

ta’minlashdir.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  kuchli  fuqarolik  jamiyati  tamoyillarining  amal  qilishida

ustuvor ahamiyat kasb etadi.

9.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish