Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana05.12.2019
Hajmi0,57 Mb.
#28445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Topics 12-14


7

2008  yil  1  yanvardan  e’tiboran  kuchga  kirgan  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada

demokratlashtirish,  mamlakatni  modernizatsiya qilishda  siyosiy  partiyalar  rolini  kuchaytirish

to‘g‘risida”gi  konstitutsiyaviy  qonun,  hech  shubhasiz,  vakillik  va  ijro  hokimiyati  organlarini

shakllantirish, ular organlarini nazorat qilishda partiyalar roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish

orqali siyosiy partiyalar mafkurasining hayotga tatbiqini tezlashtirdi.

Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  ishlab  chiqilgan  “Davlat  boshqaruvining  yangilash  va

yanada  demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning

rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida”gi  “O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  qonuni  va

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  ayrim  moddalariga  tuzatishlar  kiritish

to‘g‘risida”gi  qonunlarning  qabul  qilinishi  mamlakatimiz  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  muhim

tarixiy qadam bo‘ldi.

Konstitutsiyaviy  qonun  kuchga  kirishi  bilan  siyosiy  partiyalarning  parlamentdagi

fraksiyalari  mutloq  yangicha  asosda  faoliyat  yuritishga  o‘tdi.  Parlament  ko‘pchiligi  va

parlamentning muxolifati to‘g‘risidagi moddalar, hukumatni shakllantirish jarayonlarida siyosiy

partiyalar  fraksiyalariga  berilayotgan  nihoyatda  keng  imkoniyatlardan  dalolat  beradi.  Ushbu

qonunning  jamiyatimiz  hayotida  ijtimoiy-siyosiy  faoliyatini  yanada  oshirishga,  shuningdek,

mamlakatimizda  kechayotgan  siyosiy,  huquqiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni  amalga

oshirishda  siyosiy  partiyalarning  roli  tashabbuskorligi  hamda  mas’uliyatni  kuchaytirishga

qaratilganligi nafaqat mamlakatimizning siyosatshunos, huquqshunos olimlari va mutaxassislari,

balki  xorijiy  davlat  va  nufuzli  xalqaro tashkilotlar  vakillari,  xorijiy  ekspertlar  tomonidan  ham

e’tirof e’tilgan.

Ushbu  konstitutsiyaviy  qonun  Parlamentdagi  ko‘pchilikning  muholifat  qarashlari  bilan

hisoblashuviga  kafolat  bo‘ldi.  Shuningdek,  siyosiy  institutlarning  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy

hayotidagi faoliyatini yanada kuchayishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Konstitutsiyaviy  qonunning  3  moddasida  siyosiy  partiyaning  Qonunchilik  palatasida

tuzilgan fraksiyasi vakili qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashda

kafolatli  huquqqa  ega  ekanligi  belgilangan.  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasida  faoliyat

ko‘rsatayotgan  tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  O‘zbekiston  liberal  demokratik  partiyasi

fraksiyasi tashabbussi bilan siyosiy partiyalar fraksiyachlarining rahbarlari orasidan qonunchilik



5

Qarang: O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi. –Т.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2012 yil 5 bet.

6

O’sha asar. 12 bet.



7

Islom  Karimov.  “Amalga  oshirayotgan  islohotlarimizi  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati

qurish – yorug’ kelajagimizning asosiy omilidir”. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi

Konsitutsiyasining qabul qilinganining 21 yilligigabag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq

so’zi” gazetasi. 2013 yil 7 dekabr soni.


7

palatasining Spikeri o‘rinbosarlari saylandi. Bunda, partiya fraksiyasi o‘z tashabbuslarini “Davlat

boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda

siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish  to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonun  qoidalarini

bosqichma-bosqich,  tizimli  va  izchillik  bilan  amalga  oshirish  zarurati  bilan  asosladi.  Shu  bilan

birga,  spiker  o‘rinbosarlarining  saylanishi  ushbu  konstitutsiyaviy  qonunining  siyosiy  partiyalar

fraksiyalari  faoliyatini  tashkil  etish,  jumladan  ijroiya  hokimiyati  organlarini  shakllantirish

jarayonida ularning ishtiroki, qonun loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilish mexanizmi hamda

tartibini  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  asosiy    qoidalarni  tizimli  tarzda amalga  oshirib  borish

imkonini bermoqda.

Spiker  o‘rinbosarlari  etib,  siyosiy  partiyalar  fraksiyalari  rahbarlarining  saylanganligi

nafaqat  ularning  vakolatlari  va  imkoniyatlarini  kengaytirish,  balki  Qonunchilik  palatasida

qarorlar  qabul  qilish  jarayonini  sezilarli  ravishda  demokratlashtirish  imkoniyatlarini  ham

yaratmoqda.

Yurtboshimiz  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek:

“Hozirgi  paytda  mamlakatimiz

aholisining  siyosiy-huquqiy  madaniyati  va  ijtimoiy  ong  darajasining  o‘sib  borishi,

jamiyatni  demokratlashtirish  va liberallashtirish  jarayonlarining  jadal  rivojlanishi,

yurtimizda  ko‘ppartiyaviylik  tizimining  tobora  mustahkamlanishi  davlat  hokimiyatining

uchta sub’ekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi

hokimiyatlar  o‘rtasidagi  vakolatlarning  yanada  mutanosib  taqsimlanishini  ta’minlash

uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda”

8

.

Ayniqsa,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasining  Reglamenti



to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunlarni

qabul qilinishi siyosiy partiyalarning fraksiyalariga fraksiyalar blokiga birlashish huquqini berdi

hamda  parlament  ko‘pchiligi  va  parlament  muxolifatining  huquqiy  holati  asoslarini  belgiladi.

“O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston  Respublikisi  Qonuni  9  moddasining  oldingi  tahriri  (“Fraksiyalar  va  deputatlar

guruhlari”)  siyosiy  partiyalar  fraksiyalar  partiyalar  bloklarini  tashkil  qilish  va  ularning  faoliyat

ko‘rsatish tartibi uchun taalluqli qoidalarni nazarda tutmagan.

Mazkur qonunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari blokini

tuzish  huquqi,  parlament        ko‘pchiligi  va  parlament  muxolifatining  maqomi,  uning  tuzilishini

rasmiylashtirish shartlari mustahkamlab qo‘yilgan.

Ma’lumki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  tarkibida  siyosiy

partiyalar  fraksiyalarining  birontasi  mutloq  ko‘pchilikka  ega  emas.  Siyosiy  partiyalar

fraksiyalarini  samarali  qonun ijodkorligi  faoliyati  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  lozimligi,

“Demokratik  blok”ning  tuzilishi,  shuningdek  o‘zining  muxolifatda  ekanligini  e’lon  qilgan

O‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  vazifalarini  mustahkamlash  ham  parlament  ko‘pchiligi,

ham muxolifatining huquqlarini qonun yo‘li bilan mustahkamlashni talab etadi.

Siyosiy  partiyalar  fraksiyalarini  bloki  tuzilishi  va  parlament  ko‘pchiligi  yuzaga  kelishi

mantiqan  parlament  muxolifati  huquqlarini  qonun  yo‘li  bilan  tartibga  solishni  talab  etadi.  Oliy

Majlis  Qonunchilik  palatasida  O‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  bunday  vazifalarni

bajarmoqda.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  bu  qoidalar  2005  yil  27  iyulda  uchinchi  o‘qishda  qabul

qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasining  reglamentida  xisobga

olingan edi.

Jamiyatimiz hayotida ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi, ular o‘rtasida raqobat muhitining

shakllanishi – o‘z  navbatida,  demokratik  jamiyat  tamoyillarinig  ko‘proq  amal  qilib  borishini

ta’minlaydi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, mamlakatimizda

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish

konsepsiyasida  muhim  qoidalar  ilgari  surilda  va  hozirda  amalga  oshirib  borilmoqda.  Masalan,

8

Karimov  I.A.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik



jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi- Т.: O’zbekiston, 2010. 10 bet.

8

siyosiy  partiyalarning  nafaqat  oliy  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  tarkibidagi  faoliyati,  balki

ijroiya hokimiyati faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy kuch sifatidagi nufuzi yana bir

karra  oshganligi,  demokratik  tamoyillarning  amal  qilishi  yanada  mustahkamlanayotganligi

asoslab berildi.

Yurtboshimizning shaxsan jonbozliklari tufayli qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar

bilan  bog‘liq  masalalar  siyosiy  partiyalarning  mamlakat  parlamenti  faoliyatini  tashkil  etish,

shuningdek,  vakillik  va  ijro  hokimiyati  organlarini  shakllantirish,  ularning  faoliyatini  nazorat

qilishdagi rolini kuchaytirdi.

Bundan  tashqari,  Konsepsiyada  siyosiy  partiyalarning  nafaqat  oliy  qonun  chiqaruvchi

hokimiyat  tarkibidagi  faoliyati,  balki  ijroiya  hokimiyati  faoliyatiga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatuvchi

siyosiy kuch sifatidagi nufuzi yana bir karra oshganligi, demokratik tamoyillarning amal qilishi

yanada  mustahkamlanayotganligi  asoslab  berildi.  Ushbu  huquqiy  mexanizmlar  bilan  bog‘liq

masalalar  siyosiy  partiyalarning  mamlakat  parlamenti  faoliyatini  tashkil  etish,  shuningdek,

vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi rolini

kuchaytirdi.

Keyingi  yillarda  O‘zbekistonda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  siyosiy  partiyalarning

mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi faoliyati oshib borayotganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek,  joylarda  siyosiy  partiyalarning  boshlang‘ich  partiya  tashkilotlari  sonining  ortib

borishi  va  ularning    faollashuvi,  o‘z  navbatida,  fuqarolik  jamiyati  tamoyillarining  amal  qilishi

uchun zamin yaratadi.

Masalan,  hozirda  O'zLiDePning  7583ta  boshlang‘ich  tashkiloti  faoliyat  yuritmoqda.

9

O‘zbekiston  parlamentida  muxolifat  partiya  sifatida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  O‘zbekiston  Xalq



demokratik partiyasi mamlakatimizning 14 ta mintaqasida, 200 ta tuman va shaharlarida o‘zining

boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega bo‘lib, ularning soni 10608taga yetgan.



10

Partiya a’zolari

soni 2010 yilning 1 yanvariga qadar 368,2 ming kishidan iborat bo‘ldi. 2010 yil iyul oyi oxiriga

kelib ularning soni 372,7 ming kishidan oshib ketdi.



11

O‘z tarkibiga ko‘ra ushbu siyosiy partiya

ko‘p millatli bo‘lib, respublikamizda istiqomat qilayotgan 53 millat vakillaridan iborat a’zosiga

ega.


12

O‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  O‘zbekistonning  mustaqilligini  asrash  va

mustahkamlash,  Vatanimizning  gullab-yashnashini  ta’minlash,  mamlakatda  fuqarolik  va

millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi

umummilliy  manfaatlarni  o‘z  mafkurasi  va  siyosiy  faoliyatining  poydevori,  deb  biladi.

Shuningdek,  O‘zbekiston  XDPning  ijtimoiy  adolat  va  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  kishilar

manfaatlarini  himoya  qilishga  bel  bog‘lagani  uning  mamlakat  siyosiy  kuchlari  so‘l  qanoti

bo‘lishligini belgilaydi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham respublika ijtimoiy-siyosiy

hayotidagi  faolligi  o‘ziga  xos  jihatlari  bilan  ajralib  turadi.  Hozirda  ushbu  partiya  a’zolarining

soni 115711 kishidan iborat bo‘lib, 49875 nafarini yoshlar takshil etadi (partiya a’zolari umumiy

sonining 43,1 foiziga to‘g‘ri keladi).



13

Mamlakatimizda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  siyosiy  partiyalar  nizomi  va  dasturlarida  yoshlar

hayotiga alohida e’tibor qaratilgan.

“Adolat”  SDP  strategik  yo‘nalishlarining  “Iqtisodiy  islohotlarni  izchil  davom  ettirish  va

takomillashtirish”  bo‘limida  o‘quvchi  yoshlarning  stipendiyalari  va  nafaqaxo‘rlarning

9

«ХХI ASR» gazetasi, 2011 yil 11 avgust.



10

2010 yilning 1yabvargacha bo’lgan ma’lumot.

11

Qarang:  http://ru.wikipedia.org/wiki/



12

Qarang:


http://www.xdp.uz/

13

Qarang: http://www.iscs.uz/index.php.



9

nafaqalarini  o‘z  vaqtida  berilishi  bo‘yicha  zarur  huquqiy  asoslarni  yaratish  masalasiga  muhim

o‘rin tutadi.

O‘zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  dasturida  esa  ishga  joylanishda  qiyinchiliklarga

uchrayotgan  va  tegishli  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlashga  muhtoj  yoshlar  manfaatlarini  himoya

qilishi  ta’kidlangan.  Iqtisodiyot  va  noishlab  chiqarish  jabhalarining  mutaxassislarga  bo‘lgan

ehtiyojlarini hisobga olgan holda, oliy va o‘rta  maxsus o‘quv  yurtlari kasb va mutaxassisliklari

ro‘yxatini  qaytadan  ko‘rib  chiqish  ko‘zda  tutilgan.  O‘quv  yurtini  bitirgan  yoshlarning  ishsiz

qolmasligiga kafolat yaratish, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun kasb tanlash,

ta’lim  olishda  adolatli,  hamma  uchun  teng  va  ijtimoiy  maqbul  sharoitlar  yaratish,  ta’limni

boshqaruvchi  tegishli  davlat  organlarining  yoshlarni  olib  o‘quv  yurtlarida  to‘lov-shartnoma

shaklida o‘qitishni tashkil etishga yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishi kabi masalalarga e’tibor

qaratilgan.

O‘zbekiston  Liberal  demokratik  partiyasi  nizomida  yoshlarni  milliy  g‘oyaga  hurmat,

Vatanga  muhabbat  va  sadoqat,  “o‘z  elim,  o‘z  yurtim,  jon  O‘zbekistonim”  deb  g‘ururlanib

yashash  ruhida  tarbiyalashga  munosib  hissa  qo‘shish  ustuvor  vazifa  sifatida  belgilangan.

Nizomning  “Partiyaning  iqtisodiyotni  liberallashtirish  va  bozor  islohotlarini  chuqurlashtirish

sohasidagi  vazifalari”  bo‘limida  yangi  ishchi  o‘rinlarini  yaratish,  ishsizlikka  qarshi  kurashish,

avvalambor,  yoshlarni  ish  bilan  ta’minlash  nihoyatda  zarur  va  kechiktirib  bo‘lmaydigan

vazifadir, deb qayd etilgan.

O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining saylovoldi harakat dasturlarida ham

yoshlar  mavzusi  o‘z  aksini  topgan.  Dasturning  “Barkamol  yoshlarni  shakllantirish”  bandida

partiya  yoshlar o‘rtasida ishsizlikni yo‘qotish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish,

ular  o‘rtasida  sport,  turli  milliy  o‘yinlar,  badiiy-ma’rifiy  tadbirlar  uyushtirish,  shu  maqsadlarni

amalga  oshirish  uchun  partiyaning  yoshlar  qanoti – “Milliy  uyg‘onish”  tashkilotini  tuzish,

yoshlarning  huquqiy  va  siyosiy  madaniyatlarini  yuksaltirish,  ularning  jamiyatni  boshqarishdagi

faol siyosiy ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi hamda yoshlarning ilmiy-texnikaviy

ijod  erkinligi  davlat  tomonidan  kafolatlanib,  ularni  ilmiy-texnikaviy  rivojlanishdagi  ijodiy

ishtiroklarini rag‘batlantirishga muhim e’tibor qaratiladi”, deb ta’kidlangan.

“Milliy  tiklanish”  partiyasi  o‘z  siyosiy  maqsadlarini  amalga  oshirishda  ziyolilar,  yoshlar,

kichik va o‘rta mulkdorlarga suyanadi, deb belgilangan. Partiyaning 42 foizini 30 gacha bo‘lgan

yoshlar tashkil etadi. Partiya  dasturining  “Iqtisodiy  siyosat”  bandida  ishsizlik  muammosini  hal

etish, qishloq joylarda ishchi o‘rinlarini yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlashni faollashtirishga

ahamiyat berilgan bo‘lsa, “Yoshlar siyosati” bandida “Yoshlarning Konstitutsiya va qonunlarda

belgilangan  huquqlarini  himoyalash,  ularning  hayotiy ehtiyoj  va  manfaatlarini  ifodalaydigan,

yoshlar  muammolariga  oid  dasturlarni  ishlab  chiqish,  hayotga  tatbiq  etish,  zamonaviy  bilim,

tafakkur,  mutaxassisliklarni  egallashni  rag‘batlantirish,  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash,  qo‘llab-

quvvatlashning  davlat  va  nodavlat  tizimlarini  rivojlantirish,  yoshlarning  mamlakatda

kechayotgan  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlardagi  faol  ishtirokini  har  tomonlama  qo‘llab-quvvatlash

hamda  fidoyi,  o‘z  kasb-korining  ustasi,  halol  yoshlarning  davlat  boshqaruvidagi  muhim

vazifalarni  egallashi  uchun  sharoitlar  yaratish,  tadbirkor,  ishbilarmon  yoshlarning  huquq  va

manfaatlarini  izchil  himoya  qilish,  ularning  faoliyatiga  xalaqit  berayotgan  to‘siqlarni  bartaraf

etishning ta’sirchan choralarini ko‘rish”  kabi muhim masalalar ilgari surilgan.

Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  yoshlarga  mamlakatimizda  hukm  surayotgan

tinchlik,  barqarorlik,  bunyodkorlikka  asoslangan  jarayon  mohiyati,  mazmunini  anglatish,  his

qildirishda, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar-hodisalarni milliy  g‘oya  asosida tushuntirishda

siyosiy partiyalarning roli sezilarli darajada o‘sgan.

3-savol. Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining

roli va ahamiyatining kuchaytirilishi.

Hozirda,  O‘zbekistonda, jamiyat  hayotini  demokratik  yangilash  jarayonida fuqarolik

jamiyati institutlarining faoliyati, ularning ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki, roli va ahamiyati


10

tobora  ortib  bormoqda.  “Bugungi  kunda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  demokratik  qadriyatlar,

odamlarning  huquq  va  erkinliklari,  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish,  ularning  ijtimoiy,

sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda”

14

Boshqaruvning ko‘plab funksiyalari bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan o‘z-o‘zini boshqarish



organlariga o‘tkazib borilmoqda. Aholining turli qatlamlari nodavlat va jamoat tashkiloti orqali

jamiyat boshqaruvida faol qatnashmoqda.

So‘nggi  yillarda  “Jamoat  fondlari  to‘g‘risida”gi,  “Homiylik  to‘g‘risida”gi  qonunlar,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlari

rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul

qilindi  hamda  ular  fuqarolik  jamiyati  institutlari  ijtimoiy  faolligini  kuchaytirishda  muhim

ahamiyat kasb etdi.

Yurtboshimiz  tomonidan  “Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida”gi

Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning

o‘z-o‘zini  boshqarish  organlari  raislari  (oqsoqollari)  va  ularning  maslahatchilarini  saylash

tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ekologik

nazorat to‘g‘risida”gi Qonunlarni, inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini qabul qilish

zarurligi to‘g‘risidagi takliflari yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun muhim

zamin hozirlaydi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirish

va  rivojlantirish  istiqbollarini  muhtaram  Prezidentimiz  Islom  Karimov  o‘zining  yuzga  yaqin

ma’ruza  va  nutqlarida  hamda  asarlarida,  ularni  tashkil  qilish,  davlat  tomonidan  qo‘llab-

quvvtlash,  rivojlantirish,  mavjud  muammolarni  bartaraf  etish  va  kelgusidagi  istiqbollari  bilan

bog‘liq qarashlarini asoslab berdi.

Yurtboshimiz  tomonidan  ilgari  surilgan “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada

demokratlashtirish,  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalar  rolini  kuchaytirish

to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunning  qabul  qilinishi,  mamlakatimizda  demokratik

islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynamoqda.

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

va  Senatining2010  yil  12  noyabrda  bo‘lib  o‘tgan  qo‘shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish

konsepsiyasi”ga  bag‘ishlangan  ma’ruzasining  beshinchi  bobi  “fuqarolik  jamiyati  institutlarini

shakllantirish va rivojlantirish”ga bag‘ishlangan. Ushbu konsepsiyaning beshinchi bobi bevosita

fuqarolik  jamiyati  institutlarining  shakllanishi  va  rivojlanishiga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  unda

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ushbu tuzilmalarning nechog‘liq ahamiyat kasb

etishi,  bu  borada  kelgusida  qilinadigan  ishlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisida  yaqin

yillarda  qabul  qilinadigan    muhim  qonunlar,  amaldagi  qonunlarga  kiritilishi  lozim  bo‘lgan

o‘zgartirishlar xususida fikrlar bayon qilingan. Bular asosan quyidagilardan iborat:

Hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.



Ombudsman,  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  markaz,  “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  markazi,

Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  tizimida  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  tobora  rivojlantirish



maqsadida “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonun qabul

qilindi.


14

Islom Karimov.  “Amalga  oshirayotgan  islohotlarimizi  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati

qurish – yorug’ kelajagimizning asosiy omilidir”. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi

Konsitutsiyasining qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq

so’zi” gazetasi. 2015 yil 6 dekabr soni.


11

“Jamoat  fondlari  to‘g‘risida”gi,  “Homiylik  to‘g‘risida”gi  qonunlar,  O‘zbekiston  Respublikasi



Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo‘llab-



quvvatlashni  kuchaytirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qo‘shma  qaror  “uchinchi  sektor”  deb

nom  olgan  fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatini  tashkiliy-texnikaviy  va  iqtisodiy  negizini

mustahkamlamoqda.

Islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash uchun “Ijtimoiy sheriklik



to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilish.

“Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida”gi  Qonunga tegishli  o‘zgartish  va



qo‘shimchalar kiritish.

“Fuqarolar  yig‘ini  raisi  (oqsoqoli) va  uning  maslahatchilari  saylovi  to‘g‘risida”gi  Qonunga



o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish.  Inson



huquqlari  sohasida  milliy  harakat  dasturini  ishlab  chiqish. O‘zbekiston  Respublikasining

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Sog‘liqni    saqlash,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  aholini,  ayniqsa,  yoshlarni  ish  bilan



ta’minlash,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamlarni  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha  muhim  davlat

dasturlarini  amalga  oshirishda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  ishtirokining  huquqiy  asosini

yaratib beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish.

“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.



Hozirga kelib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy asoslari

barpo  qilingan.  Konsepsiyada  ta’kidlab  o‘tilganidek,  “O‘tgan  davr  mobaynida  mamlakatimizni

demokratik  yangilash  jarayonida  fuqarolik  institutlarining  roli  va  ahamiyatini  kuchaytirishga,

fuqarolarning  eng  muhim  sotsial-iqtisodiy  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan  200  dan  ortiq

qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi”

15

Yurtboshimiz  ta’kidlaganidek: “Fuqarolik  institutlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish