2. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning asosiy tamoyillari. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik
demokratik, adolatli jamiyat qurishning eng muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Barqarorlik -
tinchlik, osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qathiy, uzil-kesil hamda mustahkam o’rnatilgan
muhim shart. Barqarorlik, tinchlik, totuvlik - bular davlatchiligimizning yangi binosi barpo
qilinadigan poydevoridir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigan yo’ldir.
27
Barqarorlik, avvalo, har qanday taraqqiyot, bunyodkorlik faoliyatining zaruriy sharti va zamini
hisoblanadi.
Ijtimoiy barqarorlik
2
: 1) jamiyat
hayotining osoyishtaligi; 2) ijtimoiy tuzum
elementlarining uyg’unligi; 3) jamiyatdagi ijtimoiy birliklar (millatlar, turli ijtimoiy qatlamlar va
boshqa) vakillarining hamkorligi va hamjihatligi.
Barqarorlik insoniyat tarixida yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati uchun asos bo’lgan.
Qadimgi mashhur faylasuf Konfutsiy: «Farovonlik - maqsad, islohotlar - unga erishish yo’li,
barqarorlik esa shart-sharoitdir» deb bejiz aytmagan. Ana shu sababdan ham jamiyat hayotida
barqarorlikka intilib kelingan, barqarorlik, boshboshdoqlik bo’lmasligi uchun harakat qilingan.
25
Karimov I.A. O’zbek xalqi ҳech qachon, ҳech kimga qaram bo’lmaydi. -T.: O’zbekiston, 2005. -160 bet.
26
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. T.: «O’zbekiston», 1998. 181-bet.
27
Karimov I.A. Vatan sajdagoҳ kabi muqaddasdir. T.3. T.: «O’zbekiston», 1996, 296-bet.
2
Nazarov K., Ochildiev A. Milliy istiqlolg’: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. -T.: «Yangi asr
avlodi», 2002, 13-14- betlar.
51
2-Slayd
«Biz mavjud real xavf-xatarlarga jiddiy qaraymiz. Ayni vaqtda imkoniyatlarimizni,
jozibali jihatlarimiz va afzal tomonlarimizni ham bilamiz. Bizning mineral xomashyo,
insoniy va ishlab chiqarish zahiralarimiz ichki barqarorligimizning va xalqaro
nufuzimizning mustahkam kafolati bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz XX1 asrda jahon
iqtisodiyoti, madaniyati va siyosatida munosib o’rin olish uchun tarixiy imkoniyatlarga
ega».
Islom Karimov
Ma’naviy qadriyatlar va
milliy o’zlikni anglashning
shakllanishi
Davlatchilikni
shakllantirish va mudofaa
qobiliya-tini
mustahkamlash
Bozor munosabatlari-ni
qaror toptirish va
mulkdorlar sinfini
shakllantirish
Demokratik institut-larni va
fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirish
Barqarorlik
shartlari
hamda taraqqiyot
kafolati
Kuchli ijtimoiy siyosat va
aholi ijtimoiy faolligini
oshirish
Inson salohiyati, ijtimoiy va
ishlab chiqarish
infrastrukturasi
Keng ko’lamli o’zgarishlar
va hamkorlik kafolatlari
Jahon
hamjamiyati bilan
hamkorlik
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning tamoyillari quyidagilardir:
1) Ijtimoiy adolatni ta’minlashdir. Ijtimoiy adolat tahmin bo’lishi uchun mamlakatda
qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi va o’z ish faoliyatlarini qonun doirasida
amalga oshirishni bildiradi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Qonunning
ustuvorligi - huquqiy davlatning asosiy printsipidir». Amir Temurning «Qaerda qonun
hukmronlik qilsa, o’sha yerda erkinlik bo’ladi» degan o’gitlari sharqona huquqiy davlat qurishda
asos bo’lib xizmat qiladi. «Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini
qamrab olmog’i darkor.
Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i
shart», – degan edi Yurtboshimiz Islom Karimov. – Mamlakatda adolat tamoyillari amal qilishi,
barqarorlik hukm surishida uch sub’ektning, ya’ni davlat, jamiyat va fuqarolarning o’zaro
munosabatlaridagi qonuniylik asos bo’ladi. Boshqacha aytganda, ana shu uch sub’ekt - davlat,
jamiyat va inson munosabatlari bir-biriga mos kelishiga erishilsagina, ota-bobolarmiz orzu
qilgan adolatli jamiyat barpo bo’ladi
28
.
2) O’zbekiston polietnik davlat bo’lganligi bois, millatlararo va hamkorlikni ta’minlash
bilan bog’liq. O’zbekistonda 130 ga yaqin millat va elatlar yashamoqda. Bugungi kunda
respublikamizda 100 dan ortiq milliy-madaniy markaz ishlab turibdi. Bu markazlarning
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli beqiyos.
28
Nazarov Y., Ro’zinazarov SH. Mustaqillik ҳuquq demakdir. - T.: «O’zbekiston», 1998, 14-b.
52
3) Respublikada 18 ta diniy konfessiyaga mansub 1900 dan ziyod diniy tashkilot faoliyat
ko’rsatmoqda. Mirarab madrasasi, Toshkent Islom universiteti, 14 ta madrasa, 400 ga yaqin
diniy musulmon o’quv muassasalari, boshqa dinlarga tegishli 19 o’quv yurti ishlab turibdi. Diniy
tahlimot muassasalarida 4200 dan ortiq yoshlar dinlar asoslarini hamda dunyoviy bilimlarni
o’rganmoqda
29
. Ana shu diniy tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarni doimiy ravishda yaxshilab
borish va bir-birlarini hurmatlash, ehzozlash muhim tamoyillardan biri sanaladi.
4) Jamiyat ahzolarining haq-huquqlarini ta’minlash. Asosiy qonunimiz bo’lgan
O’zbekiston Konstitutsiyasida ko’rsatilganidek, to’la-to’kis amalga oshirish uchun ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini tahminlab berish lozim. Xalqimizda mustaqillik - bu
huquq degan aqida ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov «Mustaqillik so’zining nafaqat o’zini erkin sezish, o’z hayotini
qurish, balki o’z hayot-mamotini hal etishda katta huquqqa egalik ham demakdir»
30
, degan edi.
5) Prezidentimiz Islom Karimov «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida 2004-2005
yillargacha mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasining oltinchi ustuvor yo’nalishi -
jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz
daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat bo’lgan muhim
vazifalarni belgilab berdi
31
.
6) Jamiyat ahzolari barcha toifalarining turmush darajasini yuksaltirish sari yo’lidan
borish va uning farovonligini oshirish eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu borada
davlat narx-navoni to’la nazorat qilib, jamiyatning turli xil toifa, mutaxassis ishchi-xodimlari
maoshlarini mutanosiblikda olib borish ham muhim siyosiy ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan
tamoyillardan biridir.
7) Mamlakatda tinchlikni, osoyishtalikni ta’minlash uchun Qurolli Kuchlarni,
Mudofaa qudratini harbiy-texnikaviy jihatdan qayta qurollantirish va yangilash, milliy
armiyamiz salohiyatini oshira borish
-
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni
ta’minlashning
tamoyillaridan biri.
8) SHu munosabat bilan mamlakatimiz chegaralarini qo’riqlash, mustahkamlash
maqsadida qudratli rivojlangan davlatlar bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ayniqsa harbiy
sohalardagi aloqalarni mustahkamlash yo’li birdan bir to’g’ri yo’l va nihoyatda katta ahamiyat
kasb etgan tamoyillardan biridir. Bu borada Prezident Islom Karimov 2001 yil 3-5 may kunlari
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan
Rossiya Federatsiyasida bo’ldi. SHuningdek, 2005 yil 25 mayda mamlakatimiz rahbari Xitoy
Xalq Respublikasida bo’ldi. Tashriflar davomida savdo-iqtisodiy munosabatlar, Markaziy
Osiyodagi xavfsizlik masalasiga, mintaqada xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurash
masalalariga katta ehtibor qaratildi. Mazkur davlatlar o’rtasida imzo chekilgan hujjatlarning
qimmati va ahamiyati benihoya kattadir.
9) Iqtisodiy va siyosiy barqarorlik uzviy bog’liq jarayonlardan biri. SHu boisdan
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash iqtisodiy islohotlar barqarorligining rivojlanishini
tahmin etadi,
aholi turmush darajasining sifat jihatdan yaxshilanishiga olib keladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy hamkorlikni ta’minlashda farovon, barqaror hayotni barpo etishning 4
shartiga ehtibor qaratilmoqda. Bular:
a) tinch-totuvlik va barqarorlikni ko’z qorachig’iday asrash;
b) mulkka yangi munosabatda bo’lish;
v) fuqarolar, avvalo, faollar tafakkurining o’zgarishi zarurligi;
g) ijtimoiy ongimizda Vatan ozodligi g’oyasining ustunligi.
Demak, xulosa o’rnida shularni bildirish mumkin:
1. Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar, eng avvalo, ayrim yoshlarning
g’oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi.
29
«Markaziy Osiyo madaniyati» gazetasi. 2000 yil 22-28 sentyabr.
30
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. T.: «O’zbekiston», 1998, 25-bet.
31
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z қo’limiz bilan quramiz. T.7. T.: «O’zbekiston», 1999, 382-bet.
53
2. Qarshi targ’ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida
bo’lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o’quv
yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo’lgan mafkuraviy imkoniyatlarini
hisobga olish ko’zda tutiladi.
3. SHaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo’layotgan voqealarni
mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.
CHunki mafkuraviy tahdid o’zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko’ra
murakkab hodisadir. «Biz uchun yot bo’lgan bir maqsadni, - degan edi Prezident Islom Karimov,
- diniy davlat, musulmon xalifaligini o’rnatishni targ’ib qilmoqda. Ularni birlashtirib turgan -
dunyoviy taraqqiyot yo’liga bo’lgan nafrat, g’arblik jurnalistlar uchun yana bir bor
aytmoqchiman, konstitutsiyaviy, dunyoviy taraqqiyot yo’lini qabul qila olmaslik, uni
ko’rolmaslikdir»
32
.
4. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ichki va tashqi omillari hamda
terrorizm xavfi va unga qarshi kurashish
Prezident Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida....” asarida xavfsizlik milliy
modelini ishlab chiqishi talab etilayotganligini bayon etgan edi. Xavfsizlik: a) Umumiy
xavfsizlik, b) Mintaqaviy xavfsizlik, v) milliy tahdid tushunchalaridan iborat. Yurtboshimiz
ta’kidlaganidek, o’tgan yillar mantiqi bizni hozirgi kunda 3 ta asosiy savolga murojaat qilishga
undamoqda. O’zbekistonning kelajagi ana shu savollarga qanday javob berishimizga bog’liq.
Bular:
1) Xavfsizlikni qanday saqlab qolish lozimq
2) Barqarorlikni qanday ta’minlash darkorq
3) Taraqqiyot yo’lidan sobitqadam rivojlanishga nimalar hisobiga erishish mumkinq
O’zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik. Dinlarning umuminsoniy
mohiyati, maqsadi bir bo’lib, ular bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag’rikenglikning mohiyati
shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab
kelganligiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom,
ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilgan.
O’sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o’rganganlar, ustoz-shogird
bo’lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.
1. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ichki omillari:
1) Xalqning kundalik moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining to’la qondirilishi.
2) Millatlararo tinch-totuvlik, teng huquqlilik, hamjihatlilik, hamkorlik.
3) Diniy bag’rikenglik (tolerantlik).
4) Fuqarolarning siyosiy faolligi;
5) Jamiyat hayotining barcha sohasini demokratlashtirish.
6) Adolatli, qonun ustuvorligini ta’minlash.
7) Ijtimoiy muhofaza, ijtimoiy kafolat, ijtimoiy adolat tamoyillarini yo’lga qo’yish.
8) Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish va h.k.
2. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning tashqi omillari:
1) Mamlakat manfaati ustuvorligini ta’minlash.
2) Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash.
3) BMT, YeXHT, Yevropa Ittifoqi, NATO, SHHT, Yevroosiyo kabi xalqaro va mintaqaviy
tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikni keng yo’lga qo’yish.
4) AQSH, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Frantsiya va Yevropa Ittifoqining boshqa
mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish.
32
Karimov I.A. O’zbek xalqi ҳech qachon, ҳech kimga qaram bo’lmaydi. -T.: O’zbekiston, 2005. 53-bet.
54
5) Xalqaro, mintaqaviy terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi birgalikda kurash va
h.k.
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni tahmin etuvchi ayrim jarayonlarni quyidagi chizmalar
asosida tasvirlash ham mumkin.
3-Slayd
DINIY BAG’RIKENGLIK
Barcha dinlarning ezgulik
oyalariga asoslanishi
Ehtiqod erkinligi
Vijdon erkinligi
Turli din va konfessiyalarning teng
huquqliligi
Turli din va konfessiyalar-ning bir-
birlariga o’zaro
hurmat bilan qarashi
Diniy - ma’naviy
qadriyatlarni ehzozlash
Barcha din vakillarining
hamkorligi va hamjihatligi
Diniy qarashlarni majburan singdirishga
yo’l qo’ymaslik
Diniy partiyalar tuzishga
yo’l qo’yilmasligi
Barcha dindorlarning siyosiy
jarayonlarda teng, fuqaro sifatida ishtirok
etishi
Tolerantlik (lotincha tolerantiya – sabr-toqat) – jamiyatdagi turfa madaniyatlilik,
plyuralizm, turli-tumanlilik va xilma-xilliklarning mavjudligini tan olish, qabul qilish, to’g’ri
tushunish va hurmat qilishga qaratilgan ijobiy munosabat.
Diniy ekstremizm (“Extreme” – oxirgi, nihoyasi, so’nggi, keskin uchi degan mahnolarni
anglatadi) – jamiyat, millat va davlat hayotini faqat diniy aqidalardan kelib chiqib keskin
o’zgartirish va boshqarish zarurligini ilgari suruvchi noqonuniy yoki jinoiy tashkilotlar, oqimlar
faoliyati.
55
4-Slayd
ASOSIY DINIY YO’NALISHLAR
Jahon dinlar
Milliy dinlar
Buddizm
Xristianlik
Islom
Zardushtiylik
Xinayana
Katolik
Suniylik
Induizm
Maxayana
Protestent
SHia
Iudaizm
Lamaizm
Provoslav
Muridizm
Jaynizm
Hozirgi vaqtda O’zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o’z faoliyatini
o’zaro teng huquqlilik, hamdo’stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy
bag’rikenglik
turli
dinlarning,
turli
dinlarga
mansub
kishilarning
hamdo’stlik
munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki ehtiqodidan qathiy nazar barcha kishilarning
tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko’ra
ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir.
Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin deganda, dunyoqarashning ezgulik,
yaxshilik, halollik, tinchlik, do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda
tutamiz. Haqiqatan ham diniy tahlimotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda
yuksak fazilatlarga ega bo’lishga undaydi.
Diniy bag’rikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni
ehtiqodidan qathiy nazar milliy g’oya va mafkurani amalga oshirish yo’lida birlashtiradi. U
mafkurani milliy g’oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi.
Aksincha, diniy bag’rikenglikni tor mahnoda tushunish, bir tomonlama talqin qilish
umumiy maqsadlardan chalg’itib, kishilarni o’zaro guruhlarga bo’lib yuborishi mumkin.
SHuningdek, ayrim guruhlarning g’arazli manfaatlariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga
keltiradi.
Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov shunday yozadi: «Afsuski, insoniyat taraxida
diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi ehtiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida
emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida
foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va
ko’rinishlari, avvalambor, o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy
ehtiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo’liqqan odamlar
yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar»
1
.
1
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqror taraqqiyot yo’lida. -T.6. -T.: O’zbekiston, 1998, 54–bet.
56
5-Slayd
DINLARARO BAFRIKENGLIK FOYASI
DINLARARO BAFRIKENGLIK - xilma-xil diniy ehtiqodga
ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g’oya va
niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi.
Qadim-qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida
mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol
yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog’liq
Turli konfessiyalarning
teng huquqliligi
Diniy ehtiqod
erkinligi
Turli konfessiyalarga
hurmat bilan qarash
Vijdon
erkinligi
Diniy qadriyatlarni
hurmatlash
O’zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan
hozirgi o’tish davrida diniy bag’rikenglik qanchalik muhim bo’lsa, diniy bag’rikenglik uchun
milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g’oyalari, o’z navbatida,
dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy
bag’rikenglik g’oyasini to’g’ri tushunishga yordam berib, barcha kishilarni ehtiqodidan qathiy
nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy
mutaassiblikka, ayirmachilikka hech qanday o’rin qolmaydi.
Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat SHarq emas, balki, Farb tsivilizatsiyasiga
mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga ehtiqod, anhana va urf-
odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma’naviy mezonlarni o’zida aks ettiradi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo’yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan,
O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O’rta Osiyo
yeparxiyasi, Yevangelg’ xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rim katolik cherkovi, To’liq injil
xristianlar markazi, O’zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta
yahudiylar jamoasi, 7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta Krishnanani anglash jamiyati va 13 ta diniy
o’quv yurti (1 ta Islom masjidi, 10 madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta to’liq injil xristianlari
seminariyasi) davlat ro’yxatidan o’tgan.
O’zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o’rtasida andoza sifatida
qo’llash mumkin
bo’lgan yangi
nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bag’rikenglik va millatlararo
totuvlikning tahminlangani, qolaversa, tabarruk zaminimizning azaldan umumjahon tamadduni
markazlaridan biri bo’lgani barchaga ayon.
Dunyodagi musulmon mamlakatlarini 3 guruhga bo’lish mumkin:
1.
Islom mamlakatlari.
2.
Islom davlat dini mamlakatlari.
3.
Huquqiy demokratik musulmon davlatlari (Din davlatdan ajratilgan) O’zbekiston ana
shu 3-turdagi huquqiy demokratik musulmon davlatlari qatoridan joy olgan. Davlatimiz diniy
tashkilotlar bilan quyidagi tamoyillar asosida ish olib bormoqda:
57
1. Dindorlarning diniy tuyg’ularini hurmat qilish.
2. Diniy ehtiqodlarini fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish.
3. Diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan
fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni taqib qilishga yo’l qo’ymaslik.
4. Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy
uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo’llarini izlash
zarurati.
5. Dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini ehtirof etish
kabilardir.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, milliy bag’rikenglik - turli millatga mansub
kishilarning bir-birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va anhanalarini, milliy-madaniy
merosini hurmat qilishni, ularning shahni, qadr-qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali amalga
oshadigan o’ziga xos ma’naviy kenglikni (bag’rikenglikni) anglatadi. Milliy bag’rikenglik bunga
zid bo’lgan, milliy manfaatga ziyon yetkazish hisobiga tahminlanmaydi. U turli millat
manfaatlarini uyg’un ko’rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi.
Diniy bag’rikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo’nalishlar va
mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, bir-birlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.
Bu milliy g’oya amal qiladigan ustuvor g’oyalar sifatida milliy bag’rikenglik va dinlararo
bag’rikenglikka asoslanish turli xalqlar va millatlar o’rtasida o’zaro hamjihatlik, totuvolikni
ta’minlash orqali erkin va farovon hayot qurish yo’lida, insonlarning tub hayotiy maqsadlari
bilan mushtarakdir.
Demak, millatlararo totuvlik - umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda
istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va
barqarorlikning, bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini
ta’minlashning kafolati bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |