Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni



Download 42,1 Kb.
Sana03.03.2020
Hajmi42,1 Kb.
#41394
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH. AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA SO’Z ERKINLIGINI TA’MINLASH
REJA:


  1. FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI TUSHUNCHASI, UNING MA’NO VA MAZMUNI.




  1. KO‘PPARTIYAVIYLIK – DEMOKRATIK JAMIYAT BARPO ETISHNING MUHIM SHARTI.




  1. MAMLAKATIMIZNI DEMOKRATIK YANGILASH JARAYONIDA FUQAROLIK INSTITUTLARINING ROLI VA AHAMIYATINING KUCHAYTIRILISHI.




  1. AXBOROT ERKINLIGINI TA’MINLASH TUSHUNCHASI, MAZMUN-MOXIYATI, AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISH MEHANIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH.

Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”.



Islom Karimov
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.

Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi, millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi: birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy mulk egalari hisoblanadi. O‘rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko‘pchiligini tashkil qiladi. Binobarin, xususiy mulk – fuqarolik jamiyati shakllanishi va funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi. Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin.

Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan xabardor bo‘lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo‘li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko‘plab funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya’ni fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazish hisoblanadi.

O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar - ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyatini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat hayotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo‘yicha markazlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo‘lib, ular, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tib borish jarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining roli kattadir.

Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarufidan o‘z-o‘zini boshqaruv tizimiga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan, fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo‘ladi va har qanday ijtimoiy faoliyat asosini tashkil qiladi.

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga a’zo bo‘lgan kishilar, shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amal qilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati, o‘tkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi.

Hozirda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat a’zolarining manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning o‘zligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda o‘zini o‘zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir.

Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasida “nodavlat notijorat tashkiloti” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir” 1.

“Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi” 2.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari 3-sektor deb ham yuritiladi. 1-sektor davlatga qarashli bo‘lgan muassasalar(masalan, umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari kabilar shular jumlasidandir), 2-sektor esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari(masalan, birlashmalar, kichik va o‘rta biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan tortib o‘rta va kichik korxonalar, kichik, o‘rta biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli xususiy korxona va tashkilotlar kiradi.

Nodavlat va jamoat birlashmalari o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida fuqarolar manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o‘z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki fuqarolik institutlari orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o‘z manfaatlarini qonun ustuvorligiga asoslangan tarzda himoya qila olsagina hayotdan qoniqib yashaydi, o‘zi yashayotgan jamiyatni adolatli deb biladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘liq amal qilib borishida nodavlat va jamoat birlashmalarining roli beqiyosdir. Aynan mana shu nodavlat va jamiyat tashkilotlari O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, Prezident Islom Karimov: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda aholining turli ijtimoiy guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi,” 3 – deb bejiz aytmagan.


Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, nodavlat va jamoat tashkilotlarining faoliyati jamiyatda qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, fuqarolarning ulardagi ishtiroki qanchalar faollashsa, shunga mos ravishda ijtimoiy adolat tamoyillari ham to‘laroq amal qilib boradi.

Fuqarolik jamiyati ko‘ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar -birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg‘armalar va b.)ning faoliyati darajasi bilan belgilanadi. Mazkur tuzilmalar ijtimoiy munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, diniy, ta’lim-tarbiya va turmush tarzi kabi sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi. Ushbu tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davlat tomonidan emas, balki fuqarolarning o‘zlari tomonidan tashkil qilinadi va mavjud qonunlarga amal qilgan holda davlat tashkilotlari tasarrufidan xoli ravishda faoliyat yuritadi.



Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti

O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat

va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlatni boshqarishda qatnashuvini ta’minlashda siyosiy partiyalar faoliyati va mamlakatda ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ushbu tamoyilning amal qilishiga milliy mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq jiddiy e’tibor berildi. Xususan, 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-

xilligi asosida rivojlanadi” – deb, ko‘rsatib qo‘yilgan.




Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatining kuchaytirilishi.

2008 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Unda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasini tashkil qilish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Qo‘shma qaror jamoat fondlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga moliyaviy ko‘mak berish orqali ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish va shu orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatini amalda kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu Fond va Parlament komissiyasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar taqsimlanishini tashkil etish, NNTlarni moddiy, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturini shaklllantirish hamda amalga oshirish maqsadida tuzildi.

Hozirda “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorga binoan, NNTlar faoliyatini moliyalashtirish manbalarini shakllantirishning demokratik tamoyillarga asoslangan tizimi yaratildi. Bugungi kungacha ushbu fond tomonidan respublikada nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

AQShda 1 mln.dan ko‘proq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadi. Umumiy aholisining har 300 kishisiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Ularda Amerika aholisining 7,8 foizi xizmat qiladi. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat sohada mehnat qiladi. Bu ko‘rsatkich Niderlandiyada 12,4, Irlandiyada 11,5, Belgiyada 10,5, Isroilda 9,2, Avstraliyada 7,2 va Buyuk Britaniyada 6,2 foizga tengdir. Rossiyada hozirda 600 mingdan ziyod NNTlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (hozirda Rossiya aholisi 142 millionga yaqin), har 236 kishiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Rossiya Federatsiyasining birgina Yaroslavl viloyatida 4000 ga yaqin NNT rasman ro‘yxatga olingan. Ammo hozirda ularning 30 foizigina faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda esa jami 7 mingga yaqin fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, aholining har 4300 kishiga bittadan nodavlat tashkilotlari va jamoat birlashmalari to‘g‘ri keladi. Ularning salmog‘i yildan-yil ortib bormoqda.

“Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, – deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, – sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, biz tanlagan davlat va jamiyat qurilishi modelini tatbiq etish jarayonida fuqarolarning mamlakat boshqaruvidagi rolini oshirib borishni asosiy o‘ringa qo‘yadigan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish masalasini bugun hayotning o‘zi kun tartibiga tobora qat’iy qilib qo‘ymoqda. Bu amalda fuqarolik jamiyati institutlarining butun tizimini rivojlantirish, uning mamlakatni, ma’muriy-hududiy tuzilmalarni boshqarish jarayoniga uyg‘un ravishda integratsiyalashuvini anglatadi”.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy-madaniy markazlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ular O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130dan ziyod turli millat va elat vakillarining maqsad hamda manfaatlarini ta’minlashga, milliy qadriyatlari, udumlarini saqlashga ko‘mak berib kelmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, Respublika baynalmilal madaniyat markazi o‘z faoliyati davomida mamlakatimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslar paydo bo‘layotgan haqiqiy do‘stlik uyiga aylandi”18.
Respublikada hozirgi paytda 27 millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy-madaniy markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. Ulardan 14 tasi respublika maqomiga ega. MMMlarning 31 tasi koreyslar, 23 tasi ruslar, 10 tasi tojiklar, 9 tasi qozoqlar, 9tasi tatarlar tomonidan (3 tasi tatar-boshqird MMM) tuzilgan. Shuningdek, 8ta ozarbayjonlar, 7ta turkmanlar, 6 tadan ukrainlar va qirg‘izlar, 5 tadan turklar va Yevropa yahudiylari milliy-madaniy markazlari faoliyat yuritmoqda. Nemislar, polyaklar va armanlar tomonidan 4 tadan, uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari tomonidan 3tadan, beloruslar va qrim tatarlari tomonidan 2 tadan, arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar, gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqlar, xitoylar va dunganlar tomonidan esa 1 tadan MMM tashkil etilgan.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi va MMM faollaridan 71 kishi yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shu jumladan, 32 kishi “Do‘stlik” ordeni, 2 kishi “Mehnat shuhrati” ordeni, 13 kishi “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 7 kishiga faxriy unvon, 17 kishiga O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i berilgan. Mukofotlanganlar orasida 24 millat vakillari bor. O‘zbekiston Qahramoni Vera Borisovna Pak Xorazm viloyati koreys MMM boshqaruvi a’zosidir. Respublika rus markazi raisi Svetlana Ivanovna Gerasimova esa senator, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi.

Televidenie va radioda 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi.

Milliy madaniy markazlar faoliyati mamlakatimizda turli millat vakillarining emin-erkin umrguzaronlik qilayotganligini, ularning O‘zbekiston fuqarosi sifatida konstitutsiyaviy huquqlari davlat tomonidan kafolatlanganligini bildiradi. Millatlararo totuvlik esa fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim belgilaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekistonda to‘la amal qilyapti, desak xato qilmagan bo‘lamiz.



2006 yil O‘zNNTMA tomonidan hududlarda NNTlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun respublikamizning barcha viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida resurs markazlari tashkil etildi. Mablag‘larni tejash maqsadida resurs markazlari yuridik shaxs, filial

yoki vakolatxona shaklida emas, balki mavjud NNT negizida shartnoma asosida tuzildi. 2006 yilda O‘zNNTMAning Resurs markazi sifatida faoliyat yuritish uchun tanlov asosida 5 ta NNT, 2007 yilda esa 7 ta NNT bilan shartnoma tuzildi. Bu tashkilotlar shartnomaga binoan joy, kompyuter texnikasi, “Norma” huquqiy bazasi bilan ta’minlandi. Shuningdek, 1 ta xodimga oylik maosh va Internetdan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. 2007 yil 13 yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlarida resurs markazlari faoliyat boshladi.

“O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida resurs markazlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom O‘zNNTMAning 2008 yil 12 martdagi kengash majlisida tasdiqlangan.

Mazkur markazlar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  • O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini axborotlar, assotsiatsiya va hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilayotgan loyihalar, grant tanlovlari xususidagi yangiliklar bilan ta’minlash;

  • O‘zNNTMAning hududlardagi a’zolarini NNT faoliyati borasidagi yangiliklardan xabardor qilish;

  • O‘zNNTMAga yangi a’zolarni jalb qilish;

  • NNT va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini axborot va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

Resurs markazlari tashkil etilishi natijasida O‘zNNTMAning hududlardagi amaliy harakatlari yanada faollashdi, NNT faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari ham ijobiy samara bera boshladi, shuningdek, NNT va boshqa jamoat tashkilotlarining O‘zNNTMA faoliyati to‘g‘risida axborot olish imkoniyati kengaydi.

Umuman olganda, resurs markazlari faoliyatining tahlili NNT va O‘zNNTMA a’zolarining o‘zaro tezkor fikr, tajriba almashish va axborot tarqatish mexanizmining samarali faoliyatiga ehtiyoji borligini ko‘rsatayapti.

O‘zNNTMA a’zolari va keng jamoatchilikni O‘zbekistondagi NNT faoliyati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zNNTMA veb-sayti (www.ngo.uz) tashkil etilgan va u muntazam ravishda yangilanib borilayapti. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. O‘zNNTMA va uning a’zolari tomonidan tashkil etilayotgan barcha tadbirlar, konferensiyalar radio-televidenie, gazeta va jurnallarda keng ko‘lamda yoritilmoqda.

Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik institutlarining O‘zNNTMA orqali xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati ham ortib bormoqda. Fikrimizga misol sifatida quyidagi ma’lumotlarga e’tiboringizni jal qilamiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda O‘zNNTMA ishtirokida tanlab olingan jami 1,3 mln. Yevroga teng 6 ta o‘zaro hamkorlik loyihasi amalga oshirilmoqda.

O‘zNNTMA O‘zbekistonda IBPP loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va monitoringini yuritish guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi hamda Yevropa Uyining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston-Evropa Ittifoqi Komissiyasi Hamkorlik Byurosi bilan ushbu tashabbusni amalga oshirmoqda.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan ham o‘zaro hamkorlik faoliyati davom etmoqda. Xususan, NNTlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida YeXHT bilan hamkorlikda kichik ijtimoiy loyihalar tanlovi o‘tkazildi. Natijada jami 63, 6 mln. so‘mga teng 10 ta NNT loyihasi tanlab olindi va bajarilmoqda.

Xalqaro moliyaviy resurslarni NNT loyihalariga jalb etish maqsadida memorandum asosida Jahon Banki bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zNNTMA ishtirokida amalga oshirilgan grant tanlovi natijalariga ko‘ra, jami 55 ming dollarga teng 8 ta loyiha tasdiqlandi va O‘zNNTMA yordamida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ta’lim, madaniy sohalarini rivojlantirish fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatisiz amalga oshmaydi. Bu esa keng aholi ommasining ijtimoiy faolligi orqali kechadi. Shuning uchun aholi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi turli dasturlarni hayotga

tatbiq qilib borishda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dolzarb ijtimoiy masalalarini hal etish maqsadida maxsus guruh va turli idoralar tashkil etildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining inson huquqlariga rioya qilish ahvolini o‘rganish bo‘yicha idoralararo ishchi

guruhi tarkibida O‘zNNTMA, Advokatlar palatasi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillarining mavjudligi demokratik institutlarning ushbu jarayonlardagi faol ishtirokini davlat tomonidan kafolatlanganligining belgisidir.

O‘zbekistonda VICh infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarni tartibga solish bo‘yicha Respublika Komissiyasining tarkibida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda nodavlat tashkilotlar ham ish yuritmoqda.

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo guruh faoliyatida ham "Istiqbolli avlod" nodavlat tashkiloti faol ishtirok etib kelmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va uning viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan hududiy bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, turli sohalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan markazlar va jamg‘armalar faoliyatini o‘rganib borish, ularning o‘zaro aloqasini, ijtimoiy sheriklik asosida faoliyat olib borishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni hozirda ana shu mintaqaviy axborot-tahlil markazlari bajarmoqda. Ushbu institutning asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonlarini tizimli monitoring qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirishdan iborat.

Bugungi kunda mazkur nodavlat tashkiloti va uning hududiy bo‘limlarida, xususan, Andijon hududiy bo‘limi tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini tizimli tadqiq qilish, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyatni boshqarishdagi rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham o‘zining viloyatlardagi a’zolari hamkorligida tashkil qilayotgan turli tadbirlarini shu jamoat tashkiloti orqali olib bormoqda. Ammo joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg‘arma va markazlarning ushbu assotsiatsiya tarkibida faoliyat ko‘rsatishiga kam e’tibor berilmoqda.

2005 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 150dan ortiq nodavlat notijorat

tashkilotlarining tashabbuslari bilan O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy

assotsiatsiyasi tashkil etildi. Hozirda Assotsiatsiya uchinchi sektorning 450 dan ortiq faol vakillarini o‘z atrofiga jamlab, turli darajadagi loyihalarni amalga oshirishga qodir, yetarlicha kuchga ega mexanizmga aylandi.

Assotsiatsiyaning faoliyati quyidagi 5ta yo‘nalishda olib boriladi:



  • Ayollar va yoshlar yo‘nalishi;

  • Huquqiy yo‘nalish;

  • Ekologiya, iqtisod va ta’lim yo‘nalishi;

  • VICh/SPID masalalari bo‘yicha yo‘nalish;

  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;

Ta’kidlash joizki, Assotsiatsiya 600 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazgan davra suhbatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi muhokama etildi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi. Buning natijasida 2007 yilda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun NNTlar manfaatlarini himoya qilishni kafolatlaydi va huquqlarini mustahkamlaydi, shuningdek, davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmini rivojlantirib, davlat subsidiyasi, davlat granti va davlatning ijtimoiy buyurtmasi ko‘rinishidagi davlat tomonidan NNTlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning bir qator chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.

Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:




  1. Jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik jamiyati institutlari huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishining muhim shartidir.

  2. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmushini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarish, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.

  3. Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali shakllanib boradi. Natijada jamiyat hayotida avtoritar va totalitar boshqaruvga xos xususiyatlar barham topib boradi.

4. Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari jahonning rivojlangan davlatlari va fuqarolik jamiyatining umume’tirof etilgan tamoyillari hamda milliy o‘ziga xos jihatlar asosida faoliyat yuritmoqda.

    1. Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari, o‘z mohiyatiga ko‘ra, davlat muassasalaridan farq qiladi. Bu tafovut, asosan, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilib borishi bilan belgilanadi.

    2. Fuqarolik jamiyatida boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarrufidan o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tib boradi. Aholining turli qatlamlari, alohida shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o‘zini o‘zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati emas, balki fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

    3. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati unga a’zo bo‘lgan kishilar, shaxslar, ijtimoiy guruhlar, kasb-kor egalarining tub manfaatlari, hayotiy ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir.

    4. Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim jihati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga erishish orqali ularning yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida kamolotini ta’minlashdir. Bu esa, o‘z navbatida, kuchli fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

    5. “Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida davlat tashkilotlari bilan nodavlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishini anglatadi.

    6. Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, ularning faoliyati aholi turli qatlam va guruhlarining ijtimoiy-siyosiy manfaatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirib borishga yo‘naltirilgan.

    7. Moddiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati orqali fuqarolarning ijtimoiy manfaat va ehtiyojlari ko‘proq qondirib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyat hayotida ijtimoiy adolat tamoyilining amal qilishini ta’minlaydi.

    8. Hozirda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Ularning soni va faoliyat ko‘lami tobora yanada ortib va kengayib bormoqda. Masalan, 2010 yilda ularning umumiy soni 5100 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 7 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.


1 “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. –Т.: Adolat, 1999. 11-bet.


2 “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. –Т.: Adolat, 1999. 11-bet.


3 Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqillik taraqqiyot yo’li. Т.: O’zbekiston, 2007. 36-bet.


Download 42,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish