Fuqarolik jamiyati fanining asosiy vazifalari reja: Fuqarolik jamiyati fanining maqsad va vazifalari


Fuqarolik jamiyati fanining tarbiyaviy ahamiyatlari



Download 38,33 Kb.
bet2/3
Sana11.06.2022
Hajmi38,33 Kb.
#656492
1   2   3
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI FANINING ASOSIY

2. Fuqarolik jamiyati fanining tarbiyaviy ahamiyatlari
Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” deb nomlangan ma’ruzasida odamlarning yon atrofda bo‘layotgan barcha voqea hodisalarga daxldorlik tuyg‘usi – odamlarning o‘zgarayotganligi, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini, ongu tafakkurini va ertangi kunga ishonchini oshirib borishning sharti ekanligi aytildi . [1]
Millat Buyuk islohot ko‘lamini, salmog‘ini ko‘rdi. 1991 2010 yillarda turmushimiz, mamlakatimiz qanday o‘zgarib borgani, qanday natijalarga erishganimizni, ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanayotganimizni bildi. Jahonda O‘zbekiston degan davlatning tobora oshayotgan hurmatiga o‘zining «Bu – mening Vatanim», degan daxldorligini his qildi. Fuqarolik jamiyati qadriyatlariga qiziqishi, ishtiyoqi oshdi.
Fuqarolik jamiyati. U qanday jamiyat? Uning ma’naviy qiyofasi, odamlari qanday bo‘ladi? Fuqarolik jamiyatining namunaviy a’zosi bo‘lish uchun bizda qanday fazilatlar mujassam bo‘lishi kerak?
Insoniyatning buyuk farzandlari fuqarolik jamiyati xususida nodir fikrlar bitishgan. Hozir ularni bir eslash foydali bo‘lar: Pifagorning shogirdi Ksenofildan bir kishi «Nima qilsam o‘g‘limni yaxshi tarbiyalagan bo‘laman? - deb so‘raganida u: «Bolangni qonun ustuvor mamlakatda dunyoga keltir» [2], - degan ekan. “Qonun chekingan joyda amaldor ko‘payadi, degan edi donishmand Solomon; “… Axloqni isloh qilishni qonunlarni isloh qilishdan boshlash kerak (Gelvetsiy). Bu fikrni Gegel o‘zining «Huquq falsafasi» asarida rivojlantirgan. «Axloqli bo‘lmoq bu – qonun ustuvor davlatning fuqarosi bo‘lmoqdir» [3] degan faylasuf. Ularning orzulari O‘zbekistonda ro‘yobga chiqdi. Prezident konsepsiyasi bizni ana shunday ma’rifatli jamiyatning yangi pog‘onalariga ko‘taradi.
Odamlar yanada o‘zgaradi. Yuksak ma’naviyatlilik – axloqiy qonunga aylanadi. Munosabatlarda to‘g‘rilik, samimiyat, o‘zaro hurmat ustuvor bo‘ladi. Demokratiya yaxshilik, bunyodkorlikning qudratli quroliga aylanadi. Mamlakat m a ’ r i f a t l i o d a m l a r j a m i ya t i b o‘ l a d i .
Mamlakatimizda Prezident Konsepsiyasi mazmun mohiyatini tushuntirish keng ko‘lamda davom etmoqda. Ayniqsa demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyatining siyosiy, huquqiy tomonlari faol targ‘ib qilinmoqda. Shu bois biz fuqarolik jamiyati mohiyatini ma’rifat, ma’naviyat nigohi bilan talqin qilishga jazm qildik.
Qonun va ma’rifat birligi
Ma’naviyat ham, huquq ham odamlarni birlashtiradi. Milliy o‘zlikni anglash, vatan ravnaqi tuyg‘usi odamlarni ma’nan birlashtirsa, bir davlat fuqaroligi bu birlikni qonunlar bilan quvvatlab turadi. Shuning uchun huquqiy madaniyat oramizda qancha tez urf bo‘lsa, millat shuncha tez yuksaladi.
Fuqarolik jamiyati - ma’naviyat, ma’rifat, tarbiya natijasi. “Inson omili” erishgan mukammallik darajasi. U avvalo odamlarning boshlarida “quriladi”. Bunda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ikki soha ishtirok etadi. Biri – qonunchilik, qonun ijodkorligi bo‘lsa, ikkinchisi – ana shu huquqiy mazmun-mohiyatni odamlarning fikrlariga, niyatlariga, xulq-atvoriga ko‘chiruvchi soha – huquqiy tarbiya, ma’rifat.
Ahillik bo‘lmagan joyda demokratiya g‘arazli guruhlar nafslarining quroliga aylantiriladi. Bundan Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi bizni ogohlantirdi: “Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko‘zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o‘z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi”. Demak, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalasini o‘zimiz hal qilib, o‘zimiz hayotga joriy qilishimiz zarur. Chunki hozirgi globallashgan, mafkuraviy murakkab sharoitda “islom dinini o‘rgatamiz”, “zamonaviy madaniyatni o‘rgatamiz”, “xorijda zo‘r ishga joylab qo‘yamiz”, “tez boyishni o‘rgatamiz”, “erkaklarni maftun qilishni o‘rgatamiz”, degan odam ovlovchi to‘dalar orasida “demokratiyani o‘rgatamiz”, deydigan qalloblar ham bor.
Huquqiy madaniyatning har bir kishi tomonidan hamma joyda, har soatda amal qilishiga qanday erishsa bo‘ladi? Asosiy shartlardan biri odamlarni fuqarolik jamiyati qadriyatlari ruhida tarbiyalash. Burchlariga hech shubhasiz, muhokamasiz, ixtiyoriy rioya qilishga o‘rgatish. Bu esa birdaniga bo‘ladigan ish emas. Alloma O. Nitsshe aytganidek: “Axloqiylik avval qat’iy talab shaklida qo‘yiladi. Unga rioya qilish shartligi uchun bo‘ysuna boshlaydilar. Biroz o‘tgach bu ixtiyoriy odatga aylanadi va oxiri u tabiiy, odamga huzur beruvchi, yoqimli fazilatga aylanadi”.
Ahil, maqsadi, dili, tili, ishi bir millatda fuqarolik jamiyati qadriyatlari tez urf bo‘ladi. Bir mahalladoshinikiga kelgan hasharchilarning maqsad, niyati bir umumiy ishni tezlatish, sifatini oshirish. Shu sabab bir birini qo‘llab-quvvatlaydi, yakdil bo‘lishadi.
Kechagi manzaralar
Nima yaxshiligini bilish uchun nima yomonligini, nima qilish kerakligini bilish uchun nima qilmaslik kerakligini bilish kerak(L.N.Tolstoy), deyishadi allomalar. Keling, endi ana shu fikr ko‘zoynagi orqasidan (fuqarolik jamiyati mavzusi bilan bog‘liq) hayotimizda uchragan ayrim manzaralarni kuzataylik.
1-manzara: Yoshlarimizga hayotda katta maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchi, bilimi, harakati bilan erishishga o‘rgatish kerak. Afsuski, buning o‘rniga ba’zilarimiz: “Tog‘ang falon joyda ishlaydi, aytgan joyingga joylab qo‘yadi”,- deb o‘g‘limizning burchini tog‘asiga ilardik. Tog‘a esa opasining yuzidan o‘ta olmay, o‘rnatilgan tartib, qoidalarga ko‘z yumib bo‘lsa da, chuqur bilimli mutaxassis ishlashi kerak bo‘lgan vazifaga o‘rtamiyona jiyanini joylab qo‘yardi.
2-manzara: Hanifa opa do‘kondan kivi, tort, pomidor oldi. Narxini so‘rab, xushmuomala sotuvchi yigitga 31000 so‘m to‘ladi. Rahmat aytib chiqib ketdi. Chekini so‘rashga iymandi. Oqibat: to‘lagan puli kassaga kirim bo‘lmadi. Soliq to‘lanmadi. Mustaqil davlatimiz budjetiga zarar yetdi.
3-manzara: Shokirjon hovlisidagi daraxtlardan to‘kilgan barg-xazonni ko‘chaga chiqardi. Yoqmoqchi. Qo‘shnisi Ilhomjon tomosha qilib turibdi. Xazonga o‘t qo‘yildi. Tutay boshladi. Lekin Ilhomjon: “Qo‘shni, keling, shu ishni qilmang. Havomiz buziladi. Shu havodan o‘zimiz, bolalarimiz nafas olamiz. Keling, yordamlashvoraman. Bir xaltaga solib qo‘ysak, mashina kelib, olib ketadi”, demadi.
4-manzara: Inspektor yo‘l harakatlanish qoidasini buzgan oq Lasettini to‘xtatdi. Haydovchi Javlonbek xatosini tan olish, yoki haqligini tushuntirish o‘rniga chetga o‘tib, yordam so‘rab, kimgadir(hoynahoy, tog‘asiga) telefon qila boshladi.
5 manzara: Yosh aspirant Komiljon ilmiy anjumanda bir olimning: “Kit bu – baliqsimonlarning eng ulkan turidir” – degan xulosasini eshitib turibdi. Komiljon ilmiy jurnallarni, internetdagi zoologik yangiliklarni kuzatib boradi. “Uzr. Ruxsat bersangiz. Men yaqinda shu masala bo‘yicha olimlarning yangi xulosasini o‘qigan edim. Unga ko‘ra kitlar sut emizuvchilar turkumiga kirishini isbotlaganlar”, - demaydi. Agar shunday desa, anjuman ahli to‘g‘ri ilmiy xulosa bilan tarqalar, bu esa fanga foyda keltirar edi.
6-manzara(teleko‘rsatuvdan: «Chorrahalardagi yo‘l transport halokatlariga haydovchilarning bir-biriga yo‘l bermasligi sabab bo‘layotir».(«Avtopatrul» 2003.07.07.).
Fuqarolik jamiyatida odamlar o‘z burchlariga sodiq bo‘ladilar: ota ona farzandiga: “O‘z ustingda ishla. O‘z biliming, kuching, harakatingga ishon. Albatta baxtli bo‘lasan”, deydi; sotuvchi xaridor so‘ramasa ham chekni tovarga qo‘shib beradi. Chunki ikkalasi ham to‘langan pul kassaga kirim bo‘lishini, soliq to‘lanishini davlatimiz budjeti boyishini istaydi; xazonga o‘t qo‘yayotganlarni qo‘shnilari to‘xtatishadi O‘zbekiston ekologiyasi toza bo‘ladi; haydovchi yigit tog‘asiga ishonib qoidani buzmaydi; ilmda xolislik, halollik tantana qiladi – bundan fan Vatan taraqqiyotiga ko‘proq foyda keltiradi; haydovchi-haydovchi, haydovchi-piyoda munosabatlarida samimiy hurmat odatga aylanadi “avariya” bo‘lmaydi va h.k. Har bir fuqaro oldidagi burchlarini bilib, amal qilsa, bas. Har soatda, hamma joyda Vatan, xalq, davlat, shaxs, iste’molchi, tabiat, milliy ma’naviyat jamoatchilik himoyasida bo‘ladi.
Tarbiya masalasi
Prezidentimiz asoslagan Konsepsiya yuksak huquqiy madaniyatli yoshlarni tarbiyalashning ahamiyatini keskin ko‘tardi. Bu bejiz emas, zero fuqarolik jamiyati darajasini ko‘p jihatdan har bir yigit-qizimizdagi huquqiy madaniyat darajasi belgilaydi.
3-4 yoshli go‘daklarni, ularning gaplarini kuzatganmisiz? Xar bir bola rostgo‘y, erkin, mustaqil fikrlaydi. Lekin yaqin o‘tmishimizda nimgadir yosh osha borgani sari odamlar orasida bu sifatga ega odamlar kamayib borardi. Sabab – kattalarda, tarbiyada edi.
Sobiq sovet totalitar jamiyati totalitar ana shunday tarbiyaga tayanar edi. Yosh avlodlarni totalitar jamiyatda yashashga tayyorlashning metodlarini o‘ylab topar edi. Buni yaxshi eslaysiz: Kimga o‘xshash kerak? Kimdan ibrat olish kerak edi? Qanday odamlar kerak edi? Mulkdorlarga, tadbirkorlarga, xalqiga, ota-bobolari urf-odatlariga, diniga ehtirom qilgan lumpenlarga nafrat bilan qarovchilar kerak edi. Bunday asossiz nafrat alangasida o‘zini ham yoqishga tayyor kishilar zarur edi.
Fuqarolik jamiyati qanday tarbiyaga tayanadi? Ilg‘or pedagog texnologiyalarga tayangan huquqiy madaniyat tarbiyasiga. Bu – har bir o‘g‘il-qizga hayotning barcha jabhalaridagi burch va huquqlarini bilish va emin-erkin ifodalash uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rgatish demakdir.
Qiyos qilsak, hozirgi yuksak rivojlangan davlatlar muhim ijtimoiy islohotlar davrida turli huquqiy-ma’rifiy sotsial texnologiyalardan foydalanganligini ko‘ramiz. Jumladan, bixevioristik yondashuvga. Bixevioristik konsepsiya orqali jamiyatga fuqarolik jamiyati xulq-atvorining yangi, amaliy modellari ishlab chiqildi. Har bir fuqaroga, jamiyat uchun, davlat uchun eng foydali bo‘lgan madaniy xulq-atvor namunalarini taklif qilishdi. Maktab, o‘quv yurtlarida esa bu tarbiyani demokratlashtirish yo‘nalishlarida rivojlantirildi.
XX asrda Yevropa, AQSHda “reformatik pedagogika”, “Yangi tarbiya”, “Erkin tarbiya”(Vom Kinde aus), “Eksperimental pedagogika”, “Xatti-harakat maktabi”, “Funksional pedagogika”, “Maktab mahallasi”, “Mehnat maktabi”, “Xarakterni tarbiyalovchi maktab”(F.Parker), “Demokratik tarbiya”(S.Frene), “Yosh fuqarolar”, «Grajdanlik tarbiyasi»(G.Kershenshteyner), “Erkin aqliy mehnat maktabi”, “Namunaviy litsey”, “Devorsiz maktab” kabi tushunchalar faol ishlatildi.
Ularda bozor iqtisodiyoti, kuchli raqobatlar sharoitida o‘z kuchiga, o‘z aqliga, o‘z imkoniyatlariga tayanib yashash uchun o‘z aqli, kuchi va imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘llari o‘rgatildi. Boshqa kishilarga (qarindosh-urug‘, tanish-bilish, hatto ota-onaga ham) tayanish, suanib yashash, mansabga erishish kabi illatlar tafakkurdan haydab chiqarildi.
Bu nima berdi? Bu – har bir yigit-qizni raqobatlarga to‘la hayotning kurashlar maydoniga tayyorladi. Yoshlikdan o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan yaratishdan boshqa to‘g‘ri, halol yo‘l yo‘q ekanligi bilan yuzma-uz qilib qo‘ydi. Natijada yoshlar “O‘qi!” demasa ham o‘qidi. “Intil!” demasa ham intildi. Chunki ular bozor iqtisodiyoti, kuchli raqobatlar sharoitida faqat o‘z kuchiga, faqat o‘z aqliga, faqat o‘z imkoniyatlariga tayanib yashash uchun o‘z aqli, kuchi va imkoniyatlarini rivojlantirishga o‘rgatilgan edi.

Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish