Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘rqutlar, imkoniyatlar va manbalardir
Individ lot. individuumbo‘linmas, alohida; inson zotining alohida olingan namunasi, uning vakillaridan biri; har biri alohida, mustaqil mavjud bo‘lgan tirik organizm; shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo‘lib, u ma’lum va byetakror individuallikka ega bo‘ladi.
Inson omili – inson mohiyatiga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlarni – insondagi jismoniy – ruhiy tomonlarning birligi.
Inson huquqlari unga tor ma’noda faqat davlat himoya qiladigan va kafolat beradigan huquqlar kirib, bu huquqlarga barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, yashash va jismoniy daxlsizlik huquqi, inson qadrqimmatini hurmat qilish, o‘zboshimchalik va noqonuniy ushlash yoki qamash, vijdon va din erkinligi, otaonalarning o‘z bolalarini tarbiya qilish huquklari kiradi. Keng ma’nodagi inson huquqlari esa o‘zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va turlarini ifodalaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |