Strata – (lot.stratum)qatlam.
Struktura (lotincha “structura” –“tuzilma”, “tuzilish”) – ob’yektning bir butunligini va uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir.
Subordinatsiya – (lot.) tartibga keltirish; xizmat intizomi qoidalariga tegishli holda martaba darajalari bo‘yicha kichik mansabdorlarni katta mansabdorlarga bo‘ysunishiga qat’iy amal qilish.
Suveren – fran. souveraimoliy so‘zidan olingan bo‘lib, oliy, suverenitetga ega bo‘lish, mustaqil,qaram bo‘lmagan ma’nolarini beradi.
Suverenitet – (fran. “souveränität”) davlatning ichki ishlar va tashqi munosabatlarda xorijiy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymagan holdagi mustaqilligi va muxtoriyati.
So‘z erkinligini ta’minlash – insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan biri – o‘z fikrini (hayolini) oshkora (og‘zaki, yozma ravishda va/yoki ommaviy axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun kompleksli shartsharoitlarni yaratish.
So‘z erkinligini ta’minlash – insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan biri – o‘z fikrini (hayolini) oshkora (og‘zaki, yozma ravishda va/yoki ommaviy axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun kompleksli shartsharoitlarni yaratish.
Tabaqa (qatlam) o‘xshash kasbhunar, mashg‘ulot, holati va ahvoli bilan manfatlar umumiyligi asosida birlashgan shaxslarning yirik guruhi.
Taraqqiyot – jamiyat rivojlanishining oddiydan murakkabga,YU quyidan yuqoriga yo‘nalgan, bir sifat bosqichidan yangi sifat bosqichiga o‘tishi jarayoni.
Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” istiqlolning dastlabki yillarida Birinchi Birinchi Prezident I.A.Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan islohotlar strategiya bo‘lib, taraqqiy topgan mamlakatlarning bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi, mamlakatimiz boshidan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olindi. SHu tariqa yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili vujudga keldi: Birinchi tamoyil: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; Ikkinchi tamoyil: davlat – bosh islohotchi; Uchinchi tamoyil: jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi; To‘rtinchi tamoyil: aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Beshinchi tamoyil: bozor iqtisodiyotiga ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda, puxta o‘ylab, bosqichmabosqich o‘tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |