«fuqarolik huquqi» kafedrasi


-bob. Qishloq xo’jalik korxonalarini bankrot deb e’tirof etish va sanasiya qilishning huquqiy oqibatlari



Download 223 Kb.
bet2/4
Sana28.06.2017
Hajmi223 Kb.
#18728
1   2   3   4

2-bob. Qishloq xo’jalik korxonalarini bankrot deb e’tirof etish va sanasiya qilishning huquqiy oqibatlari.
Qonun bozor munosabatlarini rivojini jadallashtirish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratdi. Ammo Qonun qabul qilingandan so’ng o’tgan 5 yil davomida to’lov qobiliyatini yo’qotgan korxonalar soni kamaymagani holda ularning soni ortib bordi. Korxonalarning bozor sharoitiga sekin moslashuvi, o’zaro qarzlarning ko’payishi natijasida ularning moliyaviy ahvoli murakkablashuvi O’zbekiston Respublikasi Bankrotlik to’g’risidagi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishiga asos bo’ldi.

1998 yil 29 avgustda qabul qilingan «Bankrotlik to’g’risida»gi qonun bozor iqtsodiyotini shakllantirishda vujudga keladigan xo’jalik subyektlari o’rtasidagi munosabatlarni tashkiliy - huquqiy asoslarini belgilab beradi. Mazkur qonunda boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlari singari qishloq xo’jalik korxonalarini ham bankrot deb e’tirof etishning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq alohida normalarning kiritilganligi qonunchiligimizda erishgan yutuqlarimizdandir. Masalan, qarzdorning qishloq xo’jaligi korxonasiga tegishli bo’lgan ko’chmas mol-mulki obyektlarni sotib olishda aynan shu hududda joylashgan qishloq xo’jalik korxonalarni ustun huquqlaridan foydalanadilar.

Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlarni foydali xo’jalik yuritishlarini, o’zlariga tegishli shartnoma majburiyatlarini vijdonan ijro etishlarini, birinchi navbatda olingan qarzlarni qaytarish, soliqlarni to’lab borish, olingan tovarlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun to’lovlarni o’z vaqtida to’lab borilishini talab etadi. Iqtisodiy jihatdan yuksalgan har bir rivojlangan davlatda bozor munosabatlarini huquqiy tartibga solish mexanizmining tarkibiy qismlaridan biri bu bankrotlik haqidagi qonunlar hisoblanadi.

Maqsad mamlakatimizda bankrotlik tushunchasi huquqiy munosabatlar doirasida mutlaqo yangi ko’rinish sifatida, qishloq xo’jalik korxonalarini bankrot deb topishning huquqiy asoslarini ilmiy - nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rganib, yoritib borishdan iborat. Shuningdek, xo’jalik sudlarida bankrotlik ishlarini "Bankrotlik to’g’risida"gi qonunni hamda ushbu qonunda qo’llanilgan bir qancha huquqiy atama va tushunchalarni mukammal ifoda etishga to’g’ri keldi.

Xususan, respublikamizda rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari tovar ishlab chiqaruvchilardan bozor qonunlariga itoat etish talabini kuchaytirib bormoqda. Natijada, xo’jalik sudlariga kelib tushayotgan bankrot deb topish to’g’risidagi arizalar soni ko’payib bormoqda. Agar 1995 yilda xo’jalik sudlari tomonidan 47 ta korxona bankrot deb topilgan bo’lsa, 1996 yilda 64 ta, 1997 yilda esa 137 ta, 1998 yilda 439 ta, 1999 yilda 1015 ta, 2000 yilga kelib 1270 ta korxona bankrot deb e’lon qilingan.1

Toshkent viloyati, Oqqo’rg’on tumani xududida joylashgan «Imkon» agrofermasi tashkil etilgandan bo’yon soliq organlariga hisobot bermagan. 2000 yil fevral oyida o’tkazilgan tekshirish natijasida byudjet oldidagi qarzi 494091 so’m ekanligi aniqlanib, unga nisbatan bankrotlik chorasi qo’llangan. Sud agrofermani bankrot deb topib, uning mol-mulki hisobidan karzlarni undirib bergan va agroferma tugatilgan.

Bankrotlik instituti tub ma’noda bir tomondan to’lovga qobiliyatsiz xo’jalik yurituvchi subyektlarni fuqarolik muomalasidan chiqargan holda bozorni sog’lomlashtirish uchun xizmat qilsa, boshqa tomondan esa bu institut harakatda bo’lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari, ya’ni yakka tadbirkorlar va turli mulk shaklidagi yuridik shaxslarga o’z ishlarini qayta tashkil etishi hamda moliyaviy mustahkamlanishiga erishish imkoniyatlarini yaratib beradi.

Ma’lumki, bozor munosabatlariga o’tish bilan xo’jalik yuritishning samarali tizimi yaratildi. Bu bizning iqtisodiyotimizdan tovar ishlab chiqarish, sotish va iste’mol qilish jarayonlarini tartibga soluvchi yangi mexanizmlarni yo’lga qo’yishni taqozo qilmoqda. Bizning hayotimizga bozor iqtisodiyetining yangi atamalari jadal kirib kelmoqda. Turli ma’noda ishlatiladigan ayrim atamalar izoh talab qiladi. Ularning qatoriga, ayniqsa, keyingi paytlarda keng qo’llanilayotgan bankrotlik, iqtisodiy nochorlik, sanasiya, moliyaviy sog’lomlashtirish, moratoriy va boshqa shu kabi so’zlarni kiritishimiz mumkin.1

Xorijiy mamlakatlar qonunlariga ko’ra, shaxs o’z zimmasiga olgan qarz, majburiyatlarini bajara olmasa va bu sud tomonidan tasdiqlansa bu holat nochorlik deb ataladi. «Nochorlik» tushunchasining yuridik ifodasi turli mamlakatlarda turlicha bo’lib, umum e’tirof etgan ma’no kasb etmagan. Qarzni to’lay olmaslik har xil o’rnatilishi mumkin. GFR, Fransiya va AQShda qarzdorning to’lovlarni to’xtatib qo’yishi to’lashga nochorlikning isboti bo’lib hisoblanadi.

Ingliz huquqida esa, to’lashga nochorlik agarda qarzdor ko’rsatilgan hatti-harakatlardan birini sodir qilganida tasdiqlanadi.

Gollandiyada nochorlik kreditorlar talablarini qanoatlantirishga qodir emasligini bildiradi, Fransiyada haqiqiy to’lovga noloyiqligida ko’rinsa, Italiyada qarzdorning ma’lum muddatda to’lovga noloyiqlikligi oqibatida qo’llaniladi. «Nochorlik» va «bankrotlik» atamalari bir qancha mamlakatlar qonunchiligi bo’yicha to’g’ri kelmaydi. Rossiyada esa bu atamalar sinonim tarzida ishlatildi.

Biroq, iqtisodiy va yuridik adabiyotlarda hamda amaliyotda nochorlikni bankrotlik (sinish) bilan bir xil tushunish hollari uchraydi. Bankrotlik qat’iy yuridik ma’noda nochorlikning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlaridan biridir. Bankrotlik deb, odatda o’zining qarz majburiyatlaridan qutula olmay, o’z kreditorlariga zarar keltirayotgan qarzdorga aytiladi. Mamlakatimizda bankrotlikka jinoiy jazolanuvchi hatti-harakat sifatida ham qaraladi.

Ayni vaqtda u fuqarolik huquqi masalasi hisoblanadi. Bankrotlik instituti va nochorlik tushunchalarini aralashtirib yuborish masalasiga qaytsak, buning tarixiy sabablari bor. Sanoat kapitalizmi davrida shaxsning qarzini to’lashga nochorligi doimo jinoiy javobgarlikka tortilishi zarur bo’lgan qilmish deb tushunilgan. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda hozir ham «qarzdorlar turmalari» mavjud.1

Aslini olganda hozir ham «nochorlik» atamasi bilan birgalikda odatda italyanchadan kelib chiqqan «bankrotlik» iborasi ham qo’llanilmoqda. Ba’zi mualliflarning ta’kidlab o’tishlaricha «bankrotlik» atamasi bir yoqlama nochorlikning xususiy holatini ifodalovchi o’ta maxsus mazmunga ega bo’lib, unga ko’ra to’lovga noloyiq qarzdor kreditorlarga zarar yetkazib jinoiy-jazolanuvchi qilmish sodir etadi. Boshqa so’z bilan aytganda, bankrotlik - bu nochorlikning jinoiy-huquqiy tomonidir».

Ko’p yillar davomida iqtisodiy sohada mulkiy huquq va manfaatlarni himoya qilishning jinoiy huquqiy mexanizmi shakllangan. Bu-mexanizmda bankrotlik to’g’risidagi normalar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan, bankrotlikda qarzdor kreditorlarning mulkini kamaytirish yoki yashirish orqali ularga zarar yetkazadi.

«Nochorlikning iqtisodiy mohiyati», - deydi A.G. Lordkipanidze bu -passivning aktivdan oshib ketishi demakdir. ... «to’lov qobiliyatini yo’qotishning rasmiy mezoni moliyaviy muvaffaqiyatsizlikning to’g’ri ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi». Bu talqin qanchalik haqqoniy bo’lmasin, uni o’ta muhim holatlarda, masalan, yirik qishloq xo’jalik korxonalarining sinishiga qo’llab bo’lmaydi. Mulk hajmining nihoyatda kattaligi, turli joylardaligi ko’pincha qarzdor mulkining qanchaligini aniq muddatda, aniq hajm va tarkibda qayd qilish imkoniyatlarini bermaydi. Ya’ni qarzdorning mulki kreditorlar talablaridan kamligidan tanlov jarayonini boshlash yoki qarama-qarshi qaror qabul qilish qiyin bo’ladi. Shu sababli bunday vaziyatlarda nochorlikni sud tomonidan belgilash paytida mulkning haqiqiy yetishmasligi emas, balki nochorlik boshlangan paytdagi holati o’rnatiladi.

Bankrotlik yuqorida aytib o’tilgan fikrlarning xar xilligi mazmun mohiyatining turlichaligiga qaramasdan shunday yakdil xulosa qilish mumkinki, bankrotlik (nochorlik) bozordagi norentabel korxonalar faoliyatiga chek qo’yib, bir muncha samarali xarakat qilayotgan qishloq xo’jalik korxonalariga keng yo’l ochib beradi.

Bankrot bo’lganlikka doir ishlarni qo’zg’atishda sudlar Qonunning 2-moddasida mustahkamlangan "bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)" tushunchasi va uning belgilarini ochib beruvchi umumiy qoidalarga tayanishlari lozim.

V.S.Belgxning ta’kidlashicha, «qonunchilikda bankrotlik, ya’ni qarzdorning to’lashga nochorligi ikki mezon orqali belgilanadi: yo to’lovga nochorlik, yoki mulkning qarzni to’lash uchun kamlik qilishidir».

V.D. Rechin esa «to’lay olmaslik - bu qarzdorning to’lov muddatida o’z shaxsiy jamg’armasi hisobidan kreditorlar talab qilgan summani to’lashga nochorligidir. Mulkning yetmasligi deganda bu holatda passivning aktivdan oshib ketishi tushuniladi» deb biladi. To’g’ri, bu tushunchalar orasidan qat’iy chegara o’tkazib bo’lmaydi, biroq ularni bir xil tushunish ham noto’g’ri.

Qonunning 2-moddasiga muvofiq, bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) bu xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan yoki qarzdor ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning o’zi e’lon qilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la xajmda qondirishga qodir emasligi, shu jumladan byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ta’minlashga qodir emasligi tushuniladi. Bankrotlik bu qarzdorni sud tomonidan mutlaqo to’lovga noloyiq deb tasdiqlashdir.

Sud xo’jalik subyekti bankrot bo’lishining tashqi alomati sifatida kreditorlarning talablarini bajarish muddati boshlangan kundan e’tiboran, xo’jalik yuritish subyekti olti oy mobaynida ularni bajarilmayotganligi yoki bajarishga qodir emasligining muqarrarligi sababli uning joriy to’lovlari to’xtatib qo’yilishini tushunish lozim.

Bankrot deb topish natijasida nochor korxonaning xo’jalik faoliyati sud qarori bilan to’xtatilib, yuridik shaxs huquq subyekti sifatida tugatiladi. Shunday qilib bankrotlik oxirgi chegara hisoblanib, u tadbirkorlik faoliyatini to’xtatilganligini aniq belgylaydi. Yuridik shaxs faoliyatini to’xtatishning barcha asoslari orasida bankrotlik eng qat’iy choralardan biri, shuning uchun o’ziga xos huquqiy tartibga solinishini talab etadi.

Keyingi yillarda nochorlikni huquqiy tartibga solishda qator yangiliklar sodir bo’lmoqda. Birinchidan, nochorlik nafaqat savdo sohasining, balki fuqarolik huquqi subyektlariga nisbatan ham qo’llanila boshlandi. Ikkinchidan, qonunchilikda ko’zda tutilgan tanlov jarayoni bilan birgalikda yangi, bu jarayonni «yengillashtiruvchi» shakllar qo’shildi. Jumladan, moliyaviy qiynalayotgan shaxsga butunlay inqrozga duchor bo’lishdan omon qolishi uchun sharoit yaratilib, unga kelishuv bitimi tuzish, unga har xil imtiyozlar berish, masalan, qarz to’lash muddatini uzaytirish, qarzlarni qo’shib hisoblash, muayyan shartlar bajarilganda uni to’lash majburiyatidan o’z-o’zidan ozod qilish kabilar belgilab qo’yildi. Uchinchidan, tugatilib ketishi, davlatga milliy va mintaqaviy iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarga (agarda o’ta halokatli holatga tushib qolishsa) imtiyozli kreditlar, zayomlar, beg’araz mablag’lar beradi. Rivojlangan davlatlarning qishloq xo’jalik korxonalariga bunday «g’amho’rligi»ni tushunsa bo’ladi. Chunki korxonalarning tugab ketishi mamlakat iqtisodiyotiga kutilmagan ofat yoki ijtimoiy manfaat kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yana bir jihati diqqatga sazovorki, agarda yuridik shaxslar nochor bo’lib qolganida qonunchilik o’sha yuridik shaxsning majburiyatlarini amaldagi rahbarlariga yuklashga harakat qilmoqda. Zero nochorlik aynan o’sha rasmiy va norasmiy rahbarlarning hatti-harakatlari natijasida sodir bo’lganligi qayd qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to’g’risida"gi 1998 yil 4 martdagi Farmonining qabul qilinishi hukumat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarning amaliy ifodasini bildiradi.

Bunday javobgarlik choralari xorijiy davlatlar amaliyotida mavjudligi ham ma’lum.

Ma’lumki, bankrotlik munosabatlari ko’pgina qonun hujjatlari va prosessual huquq normalari bilan tartibga solinadi. Bu huquqiy normalar tadbirkorlarni xo’jalik faoliyatini samaradorligini oshirish uchun ko’shimcha omillar bo’lib, istiqbolsiz va nochor tashkilotlarni tugatish hisobiga iqtisodiy muhitni yaxshilashga hamda kreditorlarning mulkiy manfaatlari va huquqlari himoyasi uchun muayyan kafolatlarni yuzaga keltirishga va shuning bilan birga xo’jalik munosabatlarini mustahkamlashga yuqori darajada ta’sir etadi.

Bankrotlik faqat mulk egalari manfaatlarigagina emas, balki mehnat jamoasi, kreditorlar, sheriklar va boshqa shaxslar uchun ham salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Shuning uchun bankrotlik holatida korxona faoliyatini to’xtatishga qadar moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirish chora tadbirlari qo’llaniladi. To’g’ri, agar nochor ahvolga tushganligi sababli bankrotlik alomati mavjud deb, ular ushbu Farmon xo’jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari javobgarlikni his etmagan holda sovuqqonlik va xizmat mansabini suiistemol qilish oqibatida korxonalarni iqtisodiy nochor (bankrot) ahvolga tushib qolishga qarshi huquqiy vosita va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini nazarda tutib, unda bunday holatlarga sababchi bo’lgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy, ma’muriy va mulkiy javobgarlik choralari qo’llaniladigan bo’ldi.

Masalan, 1990-1991 yillarida AQSh sudi davlatning da’vosi bo’yicha bankrot bo’lgan tashkilotlar rahbarlari, xizmatchilari va maslahatchilaridan 700 mln dollar undirib olingan. 1

Qonunchiligimizda bu chora-tadbirlar «sanasiya» deb yuritilmoqda. Bizningcha, bu atama huquqiy jihatdan qandaydir aniq ta’rif berishni talab etadi. Lotincha «zapayo» - sog’lomlashtirish, davolanish ma’nolarini anglatib, u korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarning qonunda nazarda tutilgan tizimi bo’lib, ularni bankrotlikdan xalos qilish yoki raqabotbardoshligini ko’tarish maqsadlarini ko’zlaydi.

Sanasiyalashda davlat tomonidan qo’llab quvvatlash davlat tomonidan o’tkazilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, bankrotlik va korxonalarni sanasiyalash bo’yicha hukumat komissiyasining qaroriga muvofiq zarar ko’rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarga ko’rsatiladi. Bunda mehnat bozorini shakllantirish, ayniqsa, ish tanqis bo’lgan tumanlarda ish bilan ta’minlash jarayonlarini tartibga solish nuqtai nazaridan korxonalar ishlab chiqarishi alohida hisobga olinadi.

Ayni paytda, sanasiyani korxonaga uzluksiz moliyaviy yordam ko’rsatish deb emas, balki "bemor" korxonani to’la "davolash" maqsadida uni moliyaviy qo’llab-quvvatlash deb tushunish lozim. Aynan shuning uchun sanasiya berilishidan oldin korxona faoliyati har tomonlama ekspertizadan o’tkaziladi, uning asosiy moliyaviy va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil qilinadi. Sanasiyani o’tkazish masalasini hal etish chog’ida mehnat bozorini tashkil etish va bandlik jarayonini tartibga solish nuqtai nazaridan korxona faoliyati alohida baholanadi. Shunday qilib, sanasiya bu korxonani inqirozdan chiqarish bo’yicha moliyaviy vositalar yordamida yoki ularsiz o’tkaziladigan chora-tadbirlar majmuasidir deb ta’riflash mumkin.

Korxonani to’lovga qobiliyatsizlik holatidan chiqarishning asosiy usuli sanasiya bo’lib, bunda qarzdor - korxona mulkdoriga, uning kreditorlari yoki boshqa shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko’rsatiladi. Amaldagi konunlarimizda qarzdor korxonaga bunday moliyaviy yordam ko’rsatuvchilar doirasi cheklab qo’yilmagan.

O’zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to’g’risida"gi konunga ko’ra korxonalarning mulkdorlari, kreditorlari yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanasiya subyektlari bo’lishligi belgilab qo’yilgan. Lekin sanasiya o’tkazish to’g’risidagi iltimosnoma bilan faqat nochor qarzdor yoki uning mol-mulki egasining vakili murojaat qilishi mumkin. Sanasiya o’tkazish to’g’risidagi iltimosnoma xo’jalik sudi tomonidan bankrot bo’lganlikka doir ish qo’zg’atishga qadar berilishi lozim. Agarda korxonada to’lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyatlari mavjud bo’lsa xo’jalik sudi sanasiya o’tkazish to’g’risidagi iltimosni qondirishi mumkin. Xo’jalik sudi mana shu haqiqiy imkoniyatlarni asos qilib olgan holda ajrim chiqaradi.

Mamlakatimizda qishloq xo’jalik korxonalarining zarar bilan ishlashlarini bartaraf etish maqsadida, iqtisodiy nochor xo’jalik yurituvchi subyektlarni bankrot deb e’lon qilish bilan bir qatorda «Qishloq xo’jalik korxonalarini sanasiya qilish to’g’risida»gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 yanvardagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida xo’jaliklarni sanasiya qilish davom ettirib boriladi.1

Sanasiya, eng avvalo, «past ko’rsatkichli zarar ko’rib ishlayotgan qishloq xo’jalik korxonalarini moliyaviy barqarorlashtirish»ni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasining "Qishloq xo’jalik korxonalarini sanasiya qilish to’g’risida"gi Qonunni qabul qilingani bunga huquqiy asos yaratdi. Qonunda bunday qorxonalarning iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularni moliyaviy qo’llab-quvvatlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ham aniq belgilab berilgan.

Ushbu Qonunga asosan, sanasiya qilish qishloq xo’jalik korxonalarining bankrotligi to’g’risida ish qo’zg’atishga qadar amalga oshiriladi. Qishloq xo’jaligi korxonasini sanasiya qilishdan asosiy maqsad esa ular faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulot yetishtirish va sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlashdir.

Qishloq xo’jalik korxonalarini sanasiya qilishda, eng avvalo, tarmoqning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Qishloq xo’jaligining oziq-ovqatlar yetishtirishga qaratilgan va strategik yo’nalishlari, asosiy vosita bo’lgan yerdan oqilona va aniq maqsadni ko’zlab foydalanilishini ta’minlash zarurligi, korxona foydalanayotgan yerlarning holati, ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi va davom etish muddati, daromadlar yuzaga kelishi va ulardan foydalanish shart-sharoitlari shular jumlasidandir.

Respublikamizda zarar ko’rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy va xo’jalik faoliyatini baholash bankrotlik va korxonalarni sanasiyalash masalalari bo’yicha hukumat komissiyasi ma’qullagan korxonalar moliyaviy faoliyatini tahlil etish uslubi asosida iqtisodiy nochor korxonalar ishlari ko’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Baholash natijalari bo’yicha xo’jalik yurituvchi subyektning to’lov qobiliyatini tiklashning real imkoniyati mavjudligi va sanasiyalashning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga nomuvofiqligi to’g’risida xulosa beradi,

Iqtisodiy nochor va zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni sanasiyalashning odatda bir qancha shakl va usullari mavjuddir. Iqtisodiy nochor korxonalarni sanasiyalash davlat mablag’lari ishtirokisiz yoki ishtiroki bilan, pul yoki pulsiz asosda hamda tanlov asosida amalga oshiriladi.

Sanasiya qilish uchun sarflanadigan mablag’ manbalari, korxona mulkdorlari, kreditorlar, korxonalar birlashmalari (xo’jalik uyushmalari) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami davlat, qishloq xo’jaligi korxonasining mablag’lari hamda taqiqlanmagan boshqa mablag’ manbalaridan iborat.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, eng avvalo, qishloq xo’jaligi korxonasining mulkdorning roziligi bilan kreditor (kreditorlar) vakolatli organga sanasiya o’tkazish to’g’risida iltimosnoma topshirishlari lozim. Vakolatli organ esa korxona mulkdorlarining roziligi bilan sanasiya o’tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.

"Bankrotlik to’g’risida"gi Qonunda sanasiya muddati 18 oy deb belgilangan. Shu bilan birgalikda xo’jalik sudi sanasiya qatnashchilarining iltimosiga ko’ra, sanasiya o’tkazish muddatini ko’pi bilan yana olti oyga uzaytirishga haqli. "Qishloq xo’jaligi korxonalarini sanasiya qilish to’g’risida"gi Qonunning 13-moddasiga asosan, bu muddat tarmoqning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, 24 oy muddatgacha joriy etiladi deyilgan.

Sanasiya o’tkazish to’g’risidagi qaror ikki xil tartibda, ya’ni vakolatli organ hamda xo’jalik sudi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda qabul qilinishi lozim. O’zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to’g’risida"gi Qonunning 20-moddasiga ko’ra, sudgacha sanasiya qilish qarzdorning bankrotligi to’g’rsidagi ish qo’zg’atilgunga qadar amalga oshiriladi hamda qarzdorning to’lov qobiliyatini, iqtisodiy jihatdan mustahkamligini hamda kelgusida samarali faoliyat ko’rsatishi uchun sharoitlar yaratib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

Zarar ko’rib ishlaydigan, iqtisodiy nochor korxonalarning mulkdorlari, kreditorlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanasiyalash subyektlari hisoblanadilar. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi davlat mulki qo’mitasi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida" qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi huzurida Iktisodiy nochor korxonalar ishlari ko’mitasi tashkil qilinib, ushbu qo’mitaga sanasiyalash subyekti sifatida qatnashish vakolati berildi. Mulkchilikning barcha shakllarida korxonalar davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash asosida amalga oshiriladigan sanasiyalash obyektlari hisoblanishi mumkin. 1

Sanasiya o’tkazish mumkinligini aniqlash uchun xo’jalik sudi mustaqil ekspertlarni (auditorlarni) jalb etadi va ularning faoliyati bilan bog’liq xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklaydi. Undan so’ng sanasiya qatnashchilari bitim tuzishlari shart. Bitim imzolanganidan keyin o’n kun muddat ichida xo’jalik sudiga topshiriladi. Taqdim qilingan bitimga asosan, xo’jalik sudi sanasiya o’tkazish to’g’risida ajrim chiqaradi. Agar bitimda o’zgacha qoidalar nazarda tutilgan bo’lmasa, kreditorlar oldida zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi shart. Chunki ular majburiyatlarning bajarilishi uchun birgalikda javobgar bo’ladilar.

Sanasiya o’tkazish jarayonida qarzdor xo’jalik yuritish subyektining egasi, kreditorlar yoki mehnat jamoasining vakillari sanasiya samarasiz o’tayotgan bo’lsa yoki sanasiya qatnashchilarining noqonuniy xatti harakatlari to’g’risida xo’jalik sudiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Xo’jalik sud bunday arizalarni qarab chiqadi va lozim topsa sanasiyani to’xtatish haqida qaror qabul qiladi.

Agar sanasiya qilish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda vakolatli organ korxona mulkdori va kreditorlarning roziligi bilan matbuotda sanasiya o’tkazish uchun tanlov e’lon qilishi mumkin. Tanlovda har qanday yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlariga yo’l qo’yiladi. Bu haqda arizalar tanlov o’tkazilishi e’lon qilingan kundan boshlab bir oy muddatda vakolatli organga topshiriladi. Basharti, hyech kim sanasiyada ishtirok etish istagini bildirmasa, vakolatli organ sanasiya qilish uchun davlat mablag’larini jalb etish yoki qonunga muvofiq bankrotlik to’g’risida ish qo’zg’atish uchun materiallarni xo’jalik sudiga yuborish masalasini ko’rib chiqadi. Binobarin, qishloq xo’jaligi korxonasini sanasiya qilish lozim deb topilsa, vakolatli organ korxonaning shu kunga qadar boshlangan pul majburiyatlari, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlariga maratoriy joriy qiladi. Maratoriyning amal qilish muddati davomida moliyaviy (iqtisodiy) jazolar qo’llanilmaydi.

Qishloq xo’jalik korxonasini sanasiya qilishda ishtirok etadigan shaxslar bir oy ichida sanasiya o’tkazish rejasini ishlab chiqishlari shart bo’ladi. Rejada to’lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui, barcha kreditorlarning talablari vaqti, ularni qondirilishini ta’minlash majburiyati, sanasiya qancha muddatga davom etishi, mablag’larni qaytarish shartlari va muddatlari kabi boshqa qoidalar ham nazarda tutilgan bo’lishi zarur. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu rejada qishloq xo’jaligi korxonasining asosiy vositalarini sanasiya ishtirokchilariga topshirish nazarda tutilmaydi. Sanasiya ishtirokchilari kreditorlar oldida o’z zimmalariga olgan majburiyatlarni to’liq bajarishlari shart, aks holda javobgar bo’ladi. Agarda ishtirokchilar olgan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida belgilangan tartibda subsidiar (qo’shimcha) javobgar bo’ladilar. Sanasiya o’tkazish rejasi qishloq xo’jaligi korxonasi mulkdorlari va kreditorlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Sanasiyaning muhim jihati tashqaridan boshqarish institutining belgilanganligidir. Tashqaridan boshqarish - sanasiya qilinishi mo’ljallangan korxonaning faoliyatini boshqarishni tashkil etish usulidir. Qonunga muvofiq korxonani boshqarish va uning mol-mulkini tasarruf etish huquqi va majburiyatlari tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga o’tadi. Tashqaridan boshqarish usulini vakolatli organ yigirma to’rt oygacha joriy etadi.

«Bankrotlik to’g’risida»gi Qonunda sog’lomlashtirish chora-tadbirlaridan biri sifatida tashqi boshqaruv deb atalgan yangi institut joriy etilib, uni tayinlash huquqi xo’jalik sudiga berilgan bo’lsa, «Qishloq xo’jaligi korxonlarini sanasiya qilish to’g’risida»gi qonunda esa tashqaridan boshqaruvchi tuman hokimi tomonidan vakolatli organ, qishloq xo’jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditor (kreditorlar) bilan kelishilgan holda tayinlanishi mustahkamlangan.

Bu usul joriy etilgan paytdan boshlab qishloq xo’jaligi korxonasi rahbari va boshqaruv organlarining vakolatlari to’xtaydi va tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga o’tadi. Birinchidan, yetti kun ichida korxonaning buxgalteriya va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari, moddiy va boshqa boyliklari tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga topshirilishi shart, ikkinchidan, korxonada qonunga asosan maratoriy ham joriy etiladi. Tashqaridan boshqaruvchi tuman hokimi tomonidan vakolatli organ, qishloq xo’jaligi korxonasi mulkdori, kreditorlar bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Tashqaridan boshqaruvchi korxona rahbari va boshqaruv organlarining vakolatlarini bajaradi. Bizningcha, iqtisodiy nochor korxonaga nisbatan tayinlangan tashqi boshqaruvchining qonunchilikda belgilangan vakolatlari kengligini inobatga olib tashqi boshqaruvchilikka ko’rsatiladigan nomzodlarni rahbarlik mahorati yuqori bo’lgan yetuk huquqshunos yoki iqtisodchilar orasidan tanlab olinishi kerak deb hisoblaymiz. Sanasiya o’tkazish jaryonida muhim vazifa yuklangan «tashqi boshqaruvchi»larni tayyorlaydigan maxsus kurslar tashkil qilinishi kerak.

Qonunning 21-moddasida tashqaridan boshqaruvchining vakolatlari qachon to’xtatilishi tartibi o’z huquqiy ifodasini topgan. Uning vakolatlari arizasiga muvofiq, o’z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotganda kreditorlar, uning mulkdori iltimosiga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardagina to’xtatiladi. Sanasiya qilishni to’xtatishga qonun hujjatlarining talablari bajarilmaganligi hamda sanasiya qilishning samarasiz ekanligi aniqlanganligi huquqiy asos bo’ladi. Shuningdek, sanasiya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to’xtatilishi mumkin. Sanasiya qilishni to’xtatish to’g’risida vakolatli organ qaror qabul qiladi.

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligi korxonalarini sanasiya qilish ularning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini sog’lomlashtirishga qaratilgan davlat tomonidan o’tkaziladigan majburiy chora bo’lib, bu davlatning bosh islohotchilik vazifasi mohiyatidan kelib chiqadi. Umuman olganda, bozor iqtisodiyotining talabiga ko’ra har qanday korxona, shu jumladan, qishloq xo’jaligi korxonasi ham to’lovga qobiliyatli, iqtisodiy baquvvat, raqobatbardosh bo’lishi, samarali faoliyat yuritishi kerak. Agar qishloq xo’jalik korxonalari shunday talablarga javob bersa unda sanasiya qo’llashga ehtiyoj qolmaydi.

Qishloq xo’jaligi korxonalarini sanasiya qilish qonunchilikda ro’y bergan muhim yangilikdir. Shu bois uni amaliyotda qo’llash jarayonida ayrim muammolar tug’ilishi tabiiy hol. Bunday muammolar yechimini topish uchun sanasiya tushunchasi, uning mohiyati va huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatlarini har tomonlama tahlil etish sanasiya qilinadigan qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish lozim bo’ladi. Bizningcha sanasiyaga tushgan xo’jaliklarda sanasiya chora-tadbirlari olib borishlik bilan birga korxonani qayta tashkil etish mumkin degan qoida fuqarolik qonunchiligimizda o’z ifodasini topmog’i lozim. «Iqtisodiy nochorlik holatidan chiqishning samarali yo’lini tanlash»da qayta tashkil etish institutining ahamiyati katta. Qishloq xo’jalik korxonalarining o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinib respublikamizda 1998 yilda 104 ta, 1999 yilda 150 ta, 2000 yilda 82 ta jami bo’lib uch yilda 336 ta xo’jalikda sanasiya tadbirlari o’tkazildi.

1998-1999 yillarda sanasiya belgilangan 104 xo’jalikning 96 tasi iqtisodiy nochor korxonalar safidan chiqib olishga erishdilar.

Lekin sanasiyaga berilgan davlat imtiyozlari va mablag’laridan to’g’ri, samarali foydalanmaganligi natijasida 8 ta xo’jalik, ya’ni Qoraqalpoqiston Respublikasidan 5 ta, Sirdaryo viloyatidan 3 ta xo’jalik Vazirlar Mahakamasining qarori bilan fermer va dehqon xo’jaliklariga o’zgartirildi.

Sanasiya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, huquqiy fan nuqtai nazaridan tadqiq etish tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.


Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish