Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim huquq sohalari



Download 23,05 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi23,05 Kb.
#830142
1   2   3
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim huquq sohalari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim huquq sohalaridan biri bo‘lgan fuqarolik protsessual huquqining ham asosiy manbai hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi fani yuridik fanlarning asosiy va muhim sohalaridan biri hisoblanib, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Fuqarolik protsessual huquqi fanining yutuqlari mustaqilligimizni mustahkamlashga, jamiyatimizda amalga oshirilib kelinayotgan keng ko‘lamdagi iqtisodiy va sud-huquq sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, inson huquqlari va erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlash, uning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishga xizmat qiluvchi muhim soha sifatida ham ahamiyati beqiyosdir.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi barcha huquq sohalari kabi fuqarolik protsessual huquqi fanini rivojlantirish hamda yanada takomillashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Konstitutsiyaning 44-moddasida har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlovchi muhim normaning mustahkamlab qo‘yilishi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, shikoyat qilishning ob’ekti bo‘lib, mansabdor shaxslarning qarorlari, xatti-harakatlari (harakatsizliklari) tan olinadi. Asosiy qomusimizning 44-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan mazkur birgina qoida 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida ilk marotaba “Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish” deb nomlangan yangi 3-kichik bo‘limning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolik protsessual huquqining asosiy manbai ekanligini e’tirof etuvchi yorqin dalillardan biridir.
Fuqarolik protsessual huquqi fanining rivojlanishida Asosiy qomusimizning “O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” deb nomlangan XXII bobi muhim ahamiyat kasb etadi. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi” (106-modda). Bu haqdagi maxsus qoidaning kiritilishi ham sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishga xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida shuningdek, sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilashga qaratilgan yangi qonunlarni qabul qilishga xizmat qiluvchi normalar (107-modda) ham o‘z ifodasini topgan.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida amal qiladigan asosiy printsiplarga doir qoidalarning (112-115 moddalar) Asosiy qomusimizda belgilanishi sud ishlarini o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri ko‘rilishi va hal etilishini ta’minlaydi. Xususan, Konstitutsiyaning 112-moddasida sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishlari to‘g‘risida qoida mavjud bo‘lib, ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi o‘z ifodasini topgan. Qayd etish lozimki, sudlarning mustaqilligi mamlakatimizda odil sudlovni hech kimning aralashuvisiz, xolisona amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil va nufuzli sud hokimiyatining mavjud bo‘lishini asosiy shartlaridan biridir.
Bizga ma’lumki, odil sudlov sud hokimiyatining asosiy mazmunini tashkil etadi. Chunonchi, odil sudlov – jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda hamda insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, sud hokimiyatidan tashqari biron-bir organga odil sudlovni amalga oshirish vakolati berilmagan. Odil sudlov O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudlari tomonidan amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshiradigan sudlarning to‘liq ro‘yxati berilgan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini quyidagi sudlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlari.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi qoidaning Asosiy qomusimizda mustahkamlab qo‘yilishi esa jamiyatda sud hokimiyatining nufuzini oshirishga, hokimiyatlarning bir-birini “tiyib” turishi to‘g‘risidagi tamoyilning amalda o‘z ifodasini topishiga hamda inson huquq va erkinliklarini qo‘shimcha ravishda kafolatlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida sudyalarning daxlsizligiga oid qoida ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunining 70-moddasida sudyalar daxlsizligiga oid qoidalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqli ekanligi bayon qilinadi. Shuningdek, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi, sudya tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoidalar konstitutsiyaviy normaning amalda o‘z ifodasini topganligidan dalolat beradi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasida hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘rilishi, ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yilishi haqidagi qoidalar belgilangan. Mazkur qoida shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining FPKda ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unga ko‘ra barcha sudlarda ishlar oshkora ko‘riladi, davlat yoki tijorat sirlarini saqlash manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning hayotiga taalluqli ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek farzandlikka olish siri va yozishmalar siri saqlanishini ta’minlash maqsadida sudning asoslantirilgan ajrimiga binoan, ish sudning yopiq majlisida ko‘rilishiga yo‘l qo‘yiladi. Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolik protsessual huquqining manbasi sifatidagi ahamiyatini ochib berish bilan bir qatorda, mamlakatimizning huquqshunos-protsessualist olimlari tomonidan bu mavzuda alohida monografik tarzda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari mavjud emasligini alohida ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Darhaqiqat, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish sharoitida fuqarolik protsessual huquqi fani oldiga qator talablar qo‘yildiki, bular fuqarolik protsessual qonunchilik normalari mazmunini tizimli tahlil etish, konstitutsiyaviy normalarni amaliyotda qo‘llash tajribasini har tomonlama ilmiy nazariy jihatdan tadqiq etib o‘rganish va fuqarolik protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan masalalardir. Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolik protsessual huquqi manbasi sifatida ilmiy-nazariy kontseptual asosda tadqiq qilib o‘rganish, unda belgilab berilgan asosiy qoidalarning fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida to‘liq amal qilishini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Zero, Davlatimiz rahbari I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “... Bugungi kunda Konstitutsiyamiz haqida so‘z yuritar ekanmiz, eng dolzarb, kerak bo‘lsa, eng buyuk vazifamiz - Oliy qomusimiz belgilab, muhrlab bergan asosiy printsip va tamoyillarni hayotga to‘liq tatbiq etishdan iboratdir”.
Inson bu dunyoga kelar ekan, ozod yashashni, tinch va osoyishta turmush kechirishni, huquq va erkinliklarga ega bo‘lishni orzu qiladi. Uning bu orzusi hayot yo‘lini belgilab beruvchi manba – Konstitutsiya orqali namoyon bo‘ladi. Har bir mustaqil davlat borki, u, albatta, o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘ladi. Chunki Konstitutsiya davlatni dunyoga tanitish qudratiga ega bo‘lgan Bosh Qonundir.
Yurtboshimiz aytganlaridek, mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini berdi. Davlatda uning bosh qomusi bo‘lmish Konstitutsiyaning mavjudligi o‘sha davlatning mustaqilligidan, erkin va demokratik davlat ekanligidan dalolat beradi.
Davlatimizning mustaqilligi Konstitutsiya bilan mustahkamlandi. Asosiy Qonunimiz jahon xaritasida yangi demokratik davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil topganligini huquqiy jihatdan tasdiqladi.
Konstitutsiyamiz qabul qilinganidan so‘ng o‘tgan 16 yil milliy qonunchilik tarixida o‘ziga xos bir davrni tashkil etadi. Bu davr milliy qonunchilik tizimi tashkil topgan, shakllangan, huquqiy islohotlar, qonun ijodkorligi ko‘nikmasi, tajribasi vujudga kelgan davr bo‘ldi.

Download 23,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish