IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Pensionerlarga pensiyalarni to‘lash
Pensionerlarga pensiyalar ularning tanloviga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan zimmasiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot va tijorat bankining filiallari orqali to‘lanadi.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
531-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar to‘lash
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lash manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
(531-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
54-modda. Mehnat qobiliyati tiklanganda pensiyalarni to‘lash muddati
Qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga qobiliyatli deb tan olingan taqdirda pensiya uni mehnatga qobiliyatli deb topilgan oyning oxirigacha, lekin nogironlik belgilab qo‘yilgan kungacha bo‘lgan muddatga to‘lanadi.
55-modda. Nogironlik davrida tanaffuslar bo‘lganda pensiya to‘lashni qayta davom ettirish shartlari
Agar nogiron uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tish uchun TMEKga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi, uni yana nogiron deb tan olingan taqdirda to‘xtatib qo‘yilgan kundan, lekin ko‘pi bilan o‘tgan bir oydan boshlab pensiya to‘lash davom ettiriladi.
Uzrli sababga ko‘ra qayta ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilganda, agar TMEK uni ana shu davrda nogiron bo‘lgan deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov to‘xtatib qo‘yilgan kundan boshlab to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan o‘tgan uch yil uchun davom ettiriladi. Bunda nogiron qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra qayta ko‘rikdan o‘tishga kelmaganligi oqibatida to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uni yana nogiron deb tan olingan taqdirda, agar pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan boshlab davom ettiriladi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya yana umumiy asoslarda tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |