65-modda. Pensiyalardan chegirmalar
Pensiyalardan chegirmalar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
(65-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-bobi (64 — 70-moddalar)ga qarang. (“Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga nisbatan undiruv”).
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin.
(65-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Pensiyalardan yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan puldan hisoblab chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Ortiqcha to‘langan pensiya puli bo‘yicha qarzdorlik to‘liq uzilgunga qadar pensiya to‘lash to‘xtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2835, 26.10.2016-y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |