Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi yuridik shaxs hisoblanadi va banklar bilan tuzilgan yozma bitimlar asosida faoliyat ko‘rsatadi;
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi kuzatuv kengashining shaxsiy tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
3. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ijro etuvchi organining tuzilmasi shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 5 nafardan iborat bo‘lgan holda (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
4. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ikki oy muddatda tijorat banklari bilan tegishli yozma bitimlar tuzilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, yangidan tashkil etiladigan tijorat banklari Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bilan bank operatsiyalari o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziya olingan kundan boshlab bir oydan kechikmay yozma bitimlar tuzishlari shart.
5. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondining kuzatuv kengashi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda:
tijorat banklari tomonidan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga majburiy badallar to‘lash va ma’lumotlar taqdim etish tartibini tasdiqlasin;
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ijro etuvchi organini joylashtirish, uni o‘z funksiyalarini bajarish uchun zarur texnika va aloqa vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
1. Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi (bundan buyon matnda “Fond” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning (bundan buyon matnda “fuqarolar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan.
2. Fond o‘z faoliyatida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Fond yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z balansiga, o‘z ramzi tasviri tushirilgan va nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.
4. Fondning ustav sarmoyasi tijorat banklarining bir yo‘la to‘lanadigan majburiy badallari hisobiga shakllantiriladi.
5. Fond o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zining butun mol-mulki bilan javob beradi.