Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq


IV. Fondning huquq va majburiyatlari



Download 78,25 Kb.
bet3/4
Sana25.04.2023
Hajmi78,25 Kb.
#931474
1   2   3   4
Bog'liq
fond kurs ishi

IV. Fondning huquq va majburiyatlari
13. Fond quyidagilarga haqli:
banklardan fuqarolarning banklardagi kafolatlanadigan omonatlarining soni va miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
o‘z mablag‘larini davlat qimmatbaho qog‘ozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirish.
Fond qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
14. Fond mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha barcha operatsiyalar Fondning kuzatuv kengashi qarori bo‘yicha, u har yili tasdiqlaydigan Fond budjeti doirasida amalga oshiriladi.
15. Fondning moliyaviy yordam ko‘rsatish va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas.
16. Fond quyidagilarga majbur:
o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash;
Fond mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qatnashchi banklar ro‘yxatini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda e’lon qilish.
V. Fondni boshqarish
17. Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
18. Fondning kuzatuv kengashi Fond faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Fond kuzatuv kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Fondning kuzatuv kengashi vakolatiga quyidagilar kiradi:
banklarning kalendar badallari stavkalarini, ularni to‘lash hisob-kitobi tartibi va muddatlarini tasdiqlash;
fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda agent bankni tanlash;
Fond mablag‘larini davlat qimmatbaho qog‘ozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Fond mablag‘laridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyat uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Fondning ijro etuvchi organini shakllantirish va uning faoliyatini nazorat qilish;
auditor tashkilotni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
20. Fond kuzatuv kengashi majlislari uning raisi yoki kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan bir qismi tomonidan zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
21. Fondning kuzatuv kengashi agar majlisda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa qaror qabul qilishga haqli. Fond kuzatuv kengashi qarorlari ular uchun qatnashganlarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda Fond kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblandi.
22. Fond direksiyasi Fondning ijro etuvchi organi hisoblanadi, u joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Fond faoliyati uchun javob beradi. Fond direksiyasi tarkibiga direktor, direktor o‘rinbosari va bosh buxgalter kiradi.
23. Fond direksiyasi:
banklar tomonidan bir yo‘la va kalendar badallarning o‘z vaqtida to‘liq o‘tkazilishini nazorat qiladi;
fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lash tadbirlarini amalga oshiradi;
joriy faoliyat uchun xarajatlar smetasi to‘g‘risidagi takliflarni Fond kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
24. Fond direktori:
Fondning joriy faoliyatini tashkil qiladi va unga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Fond xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
davlat organlarida,boshqa muassasalarda, shu jumladan xorijiy davlatlar muassasalarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda Fond nomidan vakillik qiladi;
ishonchnomasiz Fond nomidan ish ko‘radi;
lavozim yo‘riqnomalarini va Fondning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Fond nomidan da’volar bildiradi;
Fond xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
ushbu Nizomga va amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Fond direktori Fondning kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi bilan qatnashadi.

Download 78,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish