Fuqaro muhofazasi


Radiatsiyaviy avariyalarda aholini muhofaza qilish chora-tadbirlari



Download 9,75 Mb.
bet50/59
Sana31.12.2021
Hajmi9,75 Mb.
#260202
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
Bog'liq
8ta mavzu 5 list

Radiatsiyaviy avariyalarda aholini muhofaza qilish chora-tadbirlari.

Fuqarolar uchun belgilangan nurlanish dozasining cheklangan miqdorlarini oshib ketishiga olib kelgan avariyalarda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi zarur:



  • ionlashtiruvchi nurlanish dozasini minimallashtirish:

  • nurlanish ta’siri ostiga tushadigan fuqarolar sonini kamaytirish.

Katta xududni radiatsiyaviy ifloslanishiga olib kelgan avariyalarda о‘tkakziladigan radiatsiyaviy nazorat va vaziyatni bashoratlash orqali radiatsiyaviy avariya zonasi ( RAZ) о‘rnatiladi. Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini bashoratlash va aholini muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishda avariyaning kechish jarayoni 3-ta fazaga bо‘linadi.:

Dastlabki faza – avariyaning boshlanishidan to radionuklidlarini tashqi muhitga otilib chiqilishining yakunlanishi va avariya sodir bо‘lgan hududda radioaktiv izni shakllanishigacha bо‘lgan vaqt oralig‘i. Ushbu fazaning davomiyligi avariya qо‘lami ( masshtabi) va tasnifiga bog‘liq bо‘lib, bir necha sutkagacha davom etishi mumkin. Bu fazada tashqi nurlanish ta’siri radioaktiv bulut tarkibidagi, hamda teri va shilliq qavatlarga о‘tirib qolgan radionuklidlardan tarqalayotgan gamma va beta nurlanish hisobidan bо‘ladi.Ichki nurlanishni esa ingalyatsiya, ya’ni nafas olish yо‘llari orqali organizm ichiga tushgan radioaktiv moddalar chaqiradilar.

Oraliq faza – radioaktiv izning shakllanib bо‘lishidan to aholini muhofaza qilish bо‘yimcha barcha chora-tadbirlar kо‘rilguncha qadar bо‘lgan vaqt oralig‘i. Avariyaning tasnifi va qо‘lamiga qarab oraliq faza bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Bu fazada tashqi nurlanish radioaktiv izni hosil qilgan radioaktiv moddalar hamda shamol bilan havoga qо‘tarilgan tuproqdagi radionuklidlar tomonidan chaqiriladi. Ichki nurlanish tarkibida radionuklidlar mavjud changni yutish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlov bermasdan iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi.

Kechki faza – barcha muhofaza tadbirlarini yakunlash va kundalik faoliyat tartibiga о‘tishgacha bо‘lgan vaqt oralig‘i, bunda tashqi va ichki nurlanish ta’siri oraliq fazada kо‘rsatilgan omillar tomonidan chaqiriladi.Aholini radiatsiyaviy xavf tо‘g‘risida xabardor etish – sodir bо‘lgan radiatsiyaviy avariya, kutilayotgan oqibatlar va tavsiya etiladigan muxofaza choralari tо‘g‘risida aholi va rahbar idoralarni xabardor etish.

Yodli prafilaktika – qalqonsimon bezni stabil yod bilan tо‘yintirish. Bunda radiaktiv yod zarrachalarini qalqonsimon bezga kelib tushishi va unga yig‘ilishi imkoniyatini keskin pasaytirishga erishiladi. Buning uchun kaliy yodit priparati qо‘llaniladi. Yodli prafilaktika radiaksiyaviy avariya sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida xabar olinishi zaxoti boshlanadi va 7 kungacha davom ettiriladi.


  1. radiaktiv moddalar bilan zararlangan xududlarga odamlarning asossiz kirishi man etiladi;

  2. axolini kо‘chirib chiqarish tadbirlarini belgilangan tartibda о‘tkazilishini ta’minlash;

  3. zararlangan xududda transport vositalarini qatnov yо‘llarini samarali ravishda tashkil etish;

Maxsus sanitariya ishlari – odamlarning terisi va shilliq qavatlari ustidan radoiniklitlarni davlat sanitariya epidemologiya nazorat xizmat tomonidan о‘rnatilgan vaqtinchalik umumlashtiruvchi nurlanish dozalari darajasigacha yо‘qotib tashlash.

Dezaksivatsiya quyidagilarni kо‘zda tutadi:



  1. Qattiq qoplamali yо‘llar va binolar yuzasiga о‘tirib qolgan radinuklitlarni yuvib tashlash;

  2. Ekinzorlar va dalalarni xaydovdan о‘tkazish;

  3. Tuproqni ustki qatlamini kesib olib tashlash;

Uskunalar va transport vositalarini maxsus eritmalar yordamida yuvib tozalash.

- uning atom tartibi o‘zgarishiga olib keluvchi kimyoviy element yadrosining o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan aylanishi (bir kimyoviy elementning boshqasiga aylanishi) yoki massa sonining o‘zgarishiga olib keladi. Yadrolarning bu aylanishi radioaktiv nurlanishlarning chiqishi bilan sodir bo‘ladi. Ular korpuskulyar va elektromagnit nurlanishlarga bo‘linadi.

Yadro aylanishlarining ikki turi ma`lum-radioaktiv parchalanish va yadro reaktsiyalari.

Radioaktiv parchalanishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

Аlfa zarrachalarning havodagi harakat tezligi 20000km/sek, harakat uzunligi 3 dan 11 sm.gacha, biologik to‘qimalarga 0,1 mm. gacha kiradi. Qogoz varag‘i alfa-zarrachalarini butunlay ushlab qoladi.

Massasi va ionlash qobiliyati bo‘yicha beta-zarrachalar alfa-zarrachalarga qaraganda kamdir. Beta zarachalarning havodagi harakat tezligi 270000 km/sek, ya`ni yorug‘lik tezligiga yaqindir. Zarrachalarning energiyasiga bog‘liq holda ularning havodan o‘tish uzunligi 20 m gacha , biologik to‘qimalarda 1 sm gacha bo‘ladi. Deraza oynasi va bir necha millimetr qalinlikdagi metall organizmni beta-zarrachalardan himoya qiladi. Kiyim ularni 50 % gacha ushlab qoladi.

Bu elektromagnit nurlanish bo‘lib, radioaktiv aylanishlarda atomlarning yadrolar chiqarishidan hosil bo‘ladi. O‘z tabiati bilan gamma-nurlanish rentgen nurlariga, ammo ancha ko‘p energiyaga ( to‘lqin uzunligi kam bo‘lganda) ega bo‘ladi. Gamma-nurlari zaryadga ega emas, tovush tezligida tarqaladi. Gamma nurlari ionlash qobiliyatiga qarab beta-zarrachalardan yuz marta, alfa-zarrachalardan bir necha o‘n ming marta kamdir. Gamma nurlari eng yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. Bu nurlar havoda 3 km gacha tarqala oladi. birliklari to‘g‘risidagi ma`lumotlar 11- amaliy mashg‘ulotda berilgan.)

Radioaktiv nurlanishlarni o‘lchash va aniqlash usullari

Radioaktiv nurlanishlar hidga ham, rangga ham ega emas. Shuning uchun ularni faqat maxsus asboblar yordamida quyidagi usullar orqali aniqlash mumkin:

fotoemulsiyaning qorayishi darajasining o‘zgarishiga asoslangan. Аgar fotoplyonka yorug‘lik o‘tmaydigan kameraga joylashtirilib, gamma-nurlar ta`siriga uchratilsa, fotoplyonka qorayadi. Qorayish zichligi nurlash dozasiga bog‘liq. Qorayish zichligini etalon bilan solishtirib plyonka olgan nurlanish dozasini aniqlash mumkin. Shaxsiy fotodozimetrlar mana shu jarayon asosida ishlaydi.

ba`zi bir kimyoviy moddalarning nurlanish ta`sirida rangini o‘zgarishiga asoslangan. DGT-70, DP-70M dozimetrlari ana shu jarayon asosida ishlaydi.

ayrim moddalarning radioaktiv nurlanishlar ta`sirida ko‘rinadigan yorug‘lik fotonlarini chiqarishiga asoslangan. Ushbu yorug‘lik chiqishlarini (chaqnashlarini) yozib olish (stsintillyatsiya) mumkin.

ba`zi moddalarning (faollashtirilgan kumush, metafosfor oyna, ftorli litiy) yadro nurlanishi ta`sirida energiya to‘plash qobiliyatiga asoslangan. Radioaktiv nurlar ta`siridan keyin bu moddalar ultrabinafsha nurlari bilan qizdirilganda yoki yoritilganda laboratoriya sharoitida o‘lchash mumkin bo‘lgan energiyani beradi (termolyuminestsent va oynali dozimetrlar).
Ionlash usuli mohiyati yadroviy nurlanishlar ta`sirida ma`lum hajmdagi havo yoki gazning ionlanishidan iborat. Bunda elektr neytral atomlardan musbat va manfiy zaryadlangan ionlar hosil bo‘ladi. Аgar mana shu hajmga 2 ta elektrod kiritilib, ularga o‘zgarmas kuchlanishli elektr toki ulansa, elektrodlar orasida elektr maydoni paydo bo‘ladi, bunda zaryadlangan zarrachalarning yo‘nalgan harakati yuzaga keladi: manfiy zaryadlangan ionlar anodga, musbat zaryadlanganlari katodga tortiladi, natijada elektrodlar o‘rtasidagi potentsiallar ayirmasi kamayib boradi. Shunday qilib, ionizatsiya toki deb ataluvchi tok hosil bo‘ladi. Uning kattaligini o‘lchab, radioaktiv nurlanishlarning intensivligi to‘g‘risida tasavvur olinadi.

DP-5 dozimetrik asbobining vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni

Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni aniqlashda va tashqi muhit ob`ektlarining radioaktiv ifloslanishini o‘lchashda DP-5 dozimetridan foydalaniladi.

Butun ta`sir va yutilgan nurlanish dozasi DP-22V, DP-24, DP-23А,

ID-1, ID-11 dozimetrlar komplekti bilan o‘lchanadi. Shaxsiy dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo‘lganda olingan shaxsiy dozalarni o‘lchaydi.

Tashqi muhitda foydalaniladigan ko‘pgina dozimetrik asboblarning ishlash jarayoni radioaktiv nurlarning havoda tarqalganda muhitni (gazni) ionlash qobiliyatiga asoslangan.

Ionlash usuli asosida ishlovchi asboblar qabul qiluvchi, ko‘chaytiruvchi, o‘lchovchi qurilmalar va ishlashni ta`minlovchi energiya manbaidan iborat bo‘ladi.




Download 9,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish