Fuqaro muhofazasi


Oziq-ovqatlarni va suvni zararsizlantirish



Download 9,75 Mb.
bet32/59
Sana31.12.2021
Hajmi9,75 Mb.
#260202
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
8ta mavzu 5 list

9. Oziq-ovqatlarni va suvni zararsizlantirish

Oziq ovqatlarni va suvni zararsiz holga keltirish masalalari bilan savdo qilish ovqatlanish va muhandislik xizmatlari shug’ullanadi. Oziq-ovqatlar va suvni beziyon ko’rinishga olib kelish va sanitar tekshiruvlarini (ekspertiza) fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati amalga oshiradi.



10. Sanitar-oqartuv ishlari.

Keng ko’lamdagi sanitar-oqartuv yumushlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot vositalarining barcha turlaridan (radio.

televideniya, ro’znomalar, ilmiy-ommaviy adabiyotlar, internet tizimlari va h.k.) unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ayni maqsadda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati mahalliy hokimiyat tizimi bilan o`zviy aloqada bo’lib, sanitar-oqartuv ishlari rejalarini to`zishi kerak. Buning uchun «Salomatlik» instituti imqoniyatlaridan foydalanishning nafi katta bo’ladi.

Ushbu jarayonga hamma aloqador (sanitar-epidemiologik va h.k. matbuot aksionerlik jamiyati, o’quv muassasalari jalb qilinishi mumkin. Maqola va ma’rUzalar, byulleten, varaqalar, videofilm tushirilgan kassetalar, slaydlar orqali tarqatilishi mumkin. Bu ma’lumotlarda beriladigan tavsiyalar aholi tomonidan bajarilishi kerak. Masalan, «Gripp» mavzusiga bag’ishlangan varaqdagi tavsiyalar: grippning oldini olish va davolash masalalarini qisqa va lo’nda qilib borishi lozim.

Tavsiyalar orasida aholining u yoki bu yuqumli kasalliklar paydo bo’lgan vaqtdagi xatti-harakati, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bandlari aniq ko’rsatilishi zarur. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati yuqumli kasalliklardan o’lgan odamlar jasadlarini yuvish va ko’mish jarayonlarini nazorat qilishi kerak.

Dushman tomonidan ommaviy qirg’in bakteriologik (biologik) qurolni ishlatilganini, yuqumli dardlarning vujudga kelishiga qarab ham bilish mumkin. Buning uchun bitta o’ta yuqumli xastalik bilan og’rigan kishi aniqlanadi. Ayrim hollarda, shuning o’zi ham tegishli epidemiyaga qarshi, chora-tadbirlarni ko’rishga asos bo’ladi.

Yana bir narsaga e’tiborni qaratish lozim: u ham bo’lsa, «Kimyoviy trevoga»ning kechiqib e’lon qilinishidir. Bunday voqealarning yo`z berishi, yuqumli kasalliklarni nomaxsus oldini olish va odamlarga to’liq sanitar ishlovini ko’rsatish vaqt jihatidan orqaga suriladi. Natijada, kutilgandan ham bisyor miqdordagi odamlar yuqumli dardlarga duchor bo’ladi.

Bakteriologik nazoratning asosiy vazifasi vujudga kelgan o’choq sarhadlarini aniqlashdan iborat bo’ladi. Qolgan tadbirlar ro’yxati va amalga oshirilish tartibi xuddi dushman bakteriologik (biologik) vositalarni ishlatganidagi kabi amalga oshiriladi.

Yuqorida aytilgan barcha tadbirlar, bakteriologik zararlangan o’choqni uyalash va unga barham berishga qaratilgan bo’lib, kompleks holda bajarilishi lozim. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun faqat fuqarolar muhofazasining tibbiy xizmati kuchlari yetarli bo’lmaydi. Shu boisdan, jarayonga fuqarolar muhofazasiga qarashli, barcha boshqa yo’nalishda amallarni bajaruvchi kuchlar ham jalb qilinishi zarur. Bularga quyidagi xizmatchilar kiradi:

1) jamoat tartibini saqlash; 2) o’t o’chiruvchilik; 3) muhandislik; 4) savdo qilish va ovqatlanish; 5) uy-joy (kommunal)-texnik; 6) transportlar; 7) aloqa; 8) hayvonlar va o’simliklarni himoyalash.

Jamoat tartibini saqlash xizmati zararlangan o’choqni uyalaydi, nazorat o’tqazish joyini tashkil etib, to’siq va tartibga solish guruhlarini ishga solib, karantin e’lon qilingan hududda komendantlik xizmatiga oid bo’lgan navbatchilik va oziq-ovqat inshootlarini, yuqumli kasalliklar shifoxonasini, karantin e’lon qilingan hudud chegaralarini qo’riqlaydi. Bu joyni uyalash maqsadida, fuqarolar muhofazasining harbiy qismlarining quruqlik va suvdagi qo’shinlarini jalb qilish mumkin.

O’t o’chirish va uy-joy-texnik xizmatlarining vazifalari bir xil bo’lib, ular quyidagilardan iborat bo’ladi: texnikani ajratib. bakteriologik (biologik) o’choqda dezinfeksiya ishlarida va bu yerdagi odamlarga to’la-to’kis sanitar ishlovini berish amallarida ishtirok etishadi.

Muhandislik xizmati nazorat o’tqazish joyidagi qo’riqlash (o’rov) va tartibga solish, qabul-o’tqazish joylari, ushbu nazorat joyi va karantin e’lon qilingan hudud joyini aylanib o’tuvchi yo’llarni jihozlab, qo’shimcha suv manbalarini izlab, jihozlar bilan ta’minlab. suvni zararsizlantiradi.

Savdo qilish va ovqatlanish xizmati, odamlar va fuqarolar muhofazasi tuzilmalarini suv, oziq-ovqat hamda dastlabki zarur mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Buning uchun nazorat o’tqazish joyida qabul-o’tqazish joyini tashkil qilib, uning ishini yo’lga soladi. Tibbiy xizmat nazoratida, u oziq-ovqat mahsulotlarini (xomashyolarni) va oziq-ovqatlarni zararsizlantiradi. Bo`zilgan, ya’ni tanovul uchun ishlatib bo’lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini kerakli joylarga tarqatadi yoki yo’q qilib yuboradi. Bunday amallarni bajarish uchun asos tariqasida, sanitar tekshirish (ekspertiza) xulosasi olinadi.

O’zining omborxonalari va xonalarini zararsizlantiradi.

Turar joylarni texnik nuqtayi nazardan ta’minlaydi va nazorat qilib boradi.

Transport xizmati fuqarolar muhofazasiga tegishli kuchlar va vositalarni bakteriologik zararlangan o’choqqa olib keladi. Keltirilgan kuchlar va vositalar zarar topgan o’choqni uyalaydi va unga barham beradi. Karantin tartibidagi hudud ichkarisida, yuklarni tashish amallarini bajaradi.

Aloqa xizmati aholini bakteriologik (biologik) hujum haqida ogohlantiradi, fuqarolar muhofazasi boshlig’i va uning rahbariyati

(shtabi)ni qo’li ostidagi xizmatlar boshlig’i va yuqorida o’tirgan rahbariyat bilan bog’lanishini tashkil qiladi. Undan tashqari, fuqarolar muhofazasi rahbariyati bilan birgalikda nazorat o’tqazish joyi hamda zararlangan o’choqda faoliyat ko’rsatayotgan muassasalar va tuzilmalar orasidagi aloqani ham uyushtiradi.

8. Hayvonlar va o’simliklarni himoya qilish xizmati.

Fuqarolar muhofazasi tizimida aholini himoya qilishni tashkil etish bilan birga, qishloq xo’jalik hayvonlari, chorvachilik mahsulotlari va o’simliklarni ham himoyalash chora-tadbirlari ko’riladi. Bu vazifani ular tibbiy xizmatning shaxsiy tarkibi bilan hamjihatlikda amalga oshiradi. Ayni maqsadda, u o’z kuchi va vositalarini ishga solib, quyidagi vazifalarni bajaradi:

1) bakteriologik (biologik) nazorat-ko`zatuvini amalga oshiradi. Ish jarayonida bakteriologik (biologik) vositalarni aniqlaydi;

2) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga zarur hollarda, dezinfeksiyalovchi va tezkor muhofaza vositalarini ajratadi;

3) kasal bo’lgan hayvonlarni aniqlaydi;

kasal bo’lgan hayvonlarni alohidalaydi va ularga sanitar ishlovini beradi hamda davolash ishlarini olib boradi;

hayvonot va o’simlik olamidan olinadigan mahsulotlarni, yem va suvning zararlanganligi ustidan nazorat tahlillarini o’tkazadi;

hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan, epidemiyaga qarshi yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil qiladi va agrotexnik chora-tadbirlarni o’tqazadi. Buning uchun o’simliklar, yomg’ir hosil qiluvchi uskunalardan foydalanib, obdan yuviladi - cho’miltiriladi, zararlangan ekinzorlarchuqurligi 50-70 sm qilib qayta haydaladi.

Fuqarolar muhofazasining barcha xizmatlari bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi tufayli bakteriologik (biologik) zararlangan o’choqda mo’ljallangan yumushlarning tezda bajarilishi va samarali bo’lishiga erishish mumkin.


Download 9,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish