Fuqaro muhofazasi to`g`risidagi qonuni Reja



Download 105 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2023
Hajmi105 Kb.
#920258
  1   2   3
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida


Fuqaro muhofazasi to`g`risidagi qonuni




Reja:



  1. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni, fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari.

  2. Fuqaro muhofazasini boshqarish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari

  3. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari.

  4. Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari




    1. O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni, fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari.

2000 yilning 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi (FM) sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Qonun 5 ta bo‘lim, 23 moddadan iborat.


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui;
himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo‘ljallangan muhandislik inshootlari majmui;
fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va ob’ekt tuzilmalari.
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;

  2. ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;

  3. boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;

  4. xalq xo‘jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;

  5. aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;

  6. fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;

  7. aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish;

  8. aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;

  9. radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;

  10. qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;

  11. harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;

  12. aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga ko‘ra fuqaro muhofazasining boshlig‘i bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar.

    1. Fuqaro muhofazasini boshqarish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari.

Fuqaro muhofazasi boshlig‘i o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:



  • fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;

  • aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

  • fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;

  • o‘z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni o‘tkazishga jalb etish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir.
Aholini va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari:

  1. fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;

  2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;

  3. fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;

  4. tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o‘tkazilishiga rahbarlik qiladi;

  5. hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;

  6. fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o‘tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;

  7. himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;

  8. davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  9. qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

  1. fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;

  2. o‘z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;

  3. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi;

  4. harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi;

  5. fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko‘zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari etkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi;

  6. xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo‘yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi;

  7. fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi;

  8. shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatilishini tashkil etadi;

  9. fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

  10. qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari:

  1. fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;

  2. urush davrida barqaror ishlashni ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradilar;

  3. o‘z xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatishni amalga oshiradilar;

  4. xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar;

  5. xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar;

  6. moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar.





    1. Download 105 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish