21-modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash
Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi budjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan, tashkilotlarda esa — o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
22-modda. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlari
Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining o‘quv-moddiy bazasi obyektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo‘lib, fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari ko‘rsatib o‘tilgan va o‘zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun yer uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa obyektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |