19-modda. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
zararlanish o‘choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
aholini va xalq xo‘jaligi obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
aholi hayot faoliyatini ta’minlash obyektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |