Talabalarni mustaqil ishlarini faollashtiruvchi omillar. Talabalarni mustaqil ishlarini faollashtirishga imkon beruvchi omillar quyidagilar:
- qilinayotgan ishning foydaliligi;.
- talabaning ijodiy faoliyatdagi ishtiroki.
- fan olimpiadalarida, ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaliy ishlar tanlovlarida ishtirok etish v.b.
- bilimlarni nazorat qilishda qiziqtiruvchi omillardan foydalanish (reyting, testlar, noan’anaviy imtihon shakllari v.b.)
- mustaqil ishlarni tashkil etishni mazmuni va shakllari
Talabalarning mustaqil ishlari asosida o’quv jarayonini tashkil etishning ikkita asosiy yo’nalishi mavjud.
Birinchisi, auditoriya mashg’ulotlarida mustaqil ishlarning rolini oshirish. Buni amlga oshirish uchun profsssor-o’qituvchilardan auditoriya mashg’ulotlarini tashkil etish talabalarning yuqori darajadagi mustaqilliklarini va tayyorgarlikning sifatini ta’minlaydigan metodika va shakllarini ishlab chiqishni taqazo etadi.
Ikkinchisi esa, talabalarning auditoriyadan tashqari vaqtlarda barcha yo’nalishlar bo’yicha mustaqilishlardagi faolliklarini oshirish.
Talabalarining auditoriyadan tashqari ishlardagi faolliklarini oshirish bir qator qiyinchiliklar bilan bog’lik. Buning birinchisi sifatida mustaqilishlarni bajarishga ko’pgina talabalarninggina emas, hatto ayrim professor-o’qitruvchilarning ham tayyor emasliklarini ko’rsatish mumkin.
Har qanday fanni o’rganishda talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning o’zaro aloqador uch shakli ko’zga tashlanadi:
1. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar.
2. Auditoridagi mustaqil ishlar. Bu bevosita o’qituvchi rahbarligida tashkil etiladi.
3. Ijodiy. Jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari.
Talaba mustaqil ishi natijali bo’lishi esa uning zamonaviy faol nazorati bilan bog’liq. Nazoratning quyidagi turlari mavjud:
- kirish (dastlabki) nazorati. Bunda talabaning navbatdagi fan o’rganilishidan oldin shu fanga oid bilim va malakalari nazoart qilinadi;
- joriy nazorat, ya’ni ma’ruza, amaliy yoki laboratoriya mashg’ulotlarida materialning o’zlashtirilishi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi;
- oraliq nazorat, bu kursdagi muayyan bo’lim yoki qismning tugashiga bog’liqbo’ladi;
- o’z-o’zini nazorat qilish – fanni o’rganish jarayonida nazorat ishlariga tayyorlanishda talabaning o’zi tomonidan amalga oshiriladi;
- yakuniy nazorat – fan o’qib bo’lingandan so’ng imtihon yoki sinov shaklida o’tkaziladi.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning turlari va usullari ko’p. Mustaqil ta’lim mavzularini tanlash fanning maqsadi va vazifalariga, qolaversa o’qituvchining fantaziyasi, tajribasi va mahoratiga bog’liqdir.