Fuqaro himoyasi


FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi



Download 21,33 Mb.
bet4/115
Sana17.07.2022
Hajmi21,33 Mb.
#817453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Fuqaro himoyasi

3. FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro himoyasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
FVV ning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida O’zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida» (1999 y.), «Fuqaro himoyasi to’g’risida»gi (2000 y.) Qonunlar, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin. Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH, Germaniya, Franqiya, Ukraina va boshqa yetakchi davlatlarning fuqaro himoyasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan. O’zbekiston fuqorolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sog’lig’ining ustuvorligi, axborotning o’z vaqtida berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish choralarining ko’rilishidir.
Respublika FVDT Uzbeqiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi farmoniga asosan bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDTning Respublika, mahalliy va ob’ekt bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funkqional quyi tizimdan iborat bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi o’z faoliyatini ko’rsatmoqda. Bu tizim yagona konqepqiyani belgilash, bashoratlash, tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga oshirish, fuqaro himoyasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini ta’minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish hamda xalqaro hamkorlik borasida olib borilaetgan ishlar o’zining ijobiy natijalarini bermokda.
Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz tomonidan fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlashni tashkil etish, FVlarni tasniflash avariya - qutqaruv tizimlarini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta yordam ko’rsatmoqda.
Hozirgi kunga kelib FVDT tarkibida «Najotkor» respublika qidiruv - qutqaruv markazi, «Xaloskor» maxsus harbiylashtirilgan qidiruv -qutqaruv qismi, «Qutqaruvchi», «Qamchiq», «Olmazor» qismlari tashkil etilib, ular tomonidan 8,5 ming marotaba turli favqulodda vaziyatlarda aholiga yordam berildi. Jumladan, Tojikiston Rsspublikasi Qayroqum bekatidagi temir yo’l falokati, SHohimardondagi 1998 yilda sodir bo’lgan sel ofati, 1999 yilda Turkiyada bo’lgan Izmir zilzilasi, 1999 yilda Qamchiq dovonidagi qor ko’chishi, 2001 yilda yuz bergan Toshkent viloyati Qodiriya bekatidagi temir yo’l halokati va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bu yo’nalishdagi ishlar saviyasini yanada oshirish maqsadida Respublikaning ko’pgina shaharlarida, jumladan: Toshkent, Samarqand, Andijon, Jizzax, CHirchiq, Angren va boshqa joylarda maxsus «Qutqaruv xizmati» tizimlari tuzilgan va ularning oldiga har qanday xavfli vaziyatlarda aholining hayotiga, salomatligiga xavf soluvchi holatlarda yordam berish yuklatilgan. Qutqaruv xizmati tizimlarining o’z telefon raqamlari mavjud (masalan, Toshkent shahrida 050; Samarqand shahrida 911 va hokazo), ular tunu - kun o’z vazifalarini bajaradilar.
SHunday qilib, fuqarolar himoyasi har kanday Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday xatti - harakat etishi, ularga qanday chora - tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarni bajaradi. Zero, yer yuzida umumiy qirg’in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli FVlarni bo’lishligi muqarrar bo’lganligidan har bir davlatda va uning barcha xududlarida fuqarolar himoyasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi.



Download 21,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish