4. Bo'g'uvchi ZMlar: fosgen, difosgen.
Bu birikmalar nafas organlarini ishdan chiqarib, o'pkani zararlaydi. Fosgen - havodan 3,5 marta og'ir bo'lgan gazsimon modda. U asosan o'pka to'qimalarini ishdan chiqaradi. Uning o'rtacha o'ldirish dozasi 1 daqiqada 3,2 mg/l. Zaharlash belgilari: odam o'ziga xos hidni sezadi, ko'zi achishadi, burun yo'llarida va halqumda qichishish paydo bo'ladi, kuruq yo'tal rivojlanadi. Bir necha vaktdan so'ng ko'krak qisilishi, bosh aylanishi, me'da sohasida og'riq paydo bo'ladi, ko'ngil aynishi, qusish simptomlari yuzaga keladi.
Nafas olish tezlashadi va yuzaki bo'ladi. Puls zarbining sekinlaShuvi aniqlanadi. ZMning yuqori kontsentratsiyasi tushgan havodan nafas olinsa laringo- va bronxospazm yuzaga keladi, buning natijasida tsianoz va bo'g'ilish simptomlari paydo bo'ladi.
Fosgenning antidoti yo'q.
5. Ruhiyatga ta'sir kursatuvi ZMlar: dietilamid lizYergin kislota (DLK), V2 (Bi-zet).
Bu guruh ZMlari asab tizimiga muaean ta'sir etib, inson faoliyatini vaqtinchalik izdan chiqaradi.
V2 (Bi-zet) — oq kristall kukun bo'lib, uningsuvga nisbatan zichligi 1,8, qaynash harorati 412°S, suyulish harorati 190°S. Uning kuchli ta'siri aYerozol ko'rinishida bo'lib, nafas yo'llari va oshqozon - ichak orqali ta'sir etadi. Zaharlash belgilari: kusish, gapira olmaslik, so'ngra gallyutsinatsiya va hayajonlanish.
6. Ta'sirlash xususiyatiga ega bo'lgan ZMlar:
a) yuqori nafas yo'llari va burun shilliq pardasiga ta'sir etuvchi Zmlar (stYernitlar): adomsit, difenilxlorarsin, difenshtsianarsin;
b) ko'z shilliq pardasiga ta'sir etuvchi ZMlar (kuzdan yosh otsizuvchi yeki lakrimatorlar): brombenzgshtsianid, xloratsetofenon, Si-es (S8) va Si-yer(SQ) moddalari.
Biologik qurollar orqali asosan tirik mavjudotlarda kuchli kasallik tarqatish tufayli qo'yilgan maqsadga Yerishiladi.
1. Biologik qurollar va ularni tarqatish vositalari.
Kasallik tug'diruvchi mikroorganizmlar, ularning toksinlari va ularni nishonga yetkazuvchi vositalar biologik qurollar deyiladi. Biologik qurollar keng miqyosda odamlarni, qishloq xo'jaligi hayvonlarini, ekinlar, o'simliklar va ba'zi bir harbiy materiallarni zararlash uchun mo'ljallangan.
Biologik qurollar kasallik quzg'atuvchi mikroblar: viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar, rikketsiylar va boshqalar asosida taeorlanadi. Har xil mikrob retsepturalari suyuq holda yoki quritilgan mayda kukun holda bo'lib, ularni havoda va joylarda purkash mumkin. Bunda havoda tarqalgan mayda zarrachalardan iborat bulut hosil bo'ladi. Biologik vositalarni (retsepturalarni) nishonga yetkazish uchun aviatsiya bombalari, kassetali aslahalar, konteynYerlar, changlantiruvchi jihozlar, raketalarning jangovor qismilari, chayqatuvchi jihozlar va boshqalardan foydalaniladi. Biologik vositalar (BV) shamolning tezligiga qarab, bir necha o'n kilometr masofalargacha tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, ular hasharotlar va kemiruvchilar yordamida tarqatilishi yoki vodoprovod sistemasi, suv, oziq -ovqat omborlari, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, yaylovlarni zararlash (deversion usul) yo'li bilan tarqatilishi mumkin.
Biologik qurollar qo'llanishi natijasida epidemiologik, epizootik, epifitotik FVlar yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa aholi orasida o'ta xafvli yuqumli kasalliklar epidemiyasi kelib chiqishi juda og'ir oqibatlarga olib keladi.
BVlar o'ziga xos xususiyatlarga eg'a: mikrobli aYerozollar katta hududlarda tarqala oladi, yashash joylari va germetik bo'lmagan yashirinish joylariga havo bilan kira oladi, juda kam mikrob dozalari kasallik to'g'dira oladi, ko'p mikroblar tashqi muhitda chidamli bo'lib, uzoq vaqtgacha kasallik tarqalish manbai bo'ladi, ularni payqash, aniqlash juda qiyin, yuqumli kasallikning yashirin davrdan keyingina kasallik belgilari namoyon bo'ladi,. bemorlar esa kasallikning yashirin davridayoq atrofdagilar uchun kasallik manbai bo'lib qolishadi, bu esa epidemiyalar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |