Funksiyalar 7 Ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi 7


BOSH AMALYOTLAR BOSHQARMASI



Download 1,11 Mb.
bet23/35
Sana31.12.2021
Hajmi1,11 Mb.
#269545
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
Universalbank 44

BOSH AMALYOTLAR BOSHQARMASI

Bankning buxgalteriya hisobi, kredit, investitsiya, foiz, dividend va depozit siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib tegishli boshqarmalar bilan birgalikda bank aktivlarini samarali boshqarishni tashkil qiladi, bankning vakil banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan o’rnatiladigan tashqi iqtisodiy alohalar jarayonida yuzaga keladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, bank tomonidan chet el va milliy valyutadagi to’lovlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, bank va filiallaro hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat kiladi va ularni muvofiqlashtiradi, bankning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq moliyaviy amaliyotlarni amalga oshiradi, ichki hisob-kitob amaliyotlarini bajaradi va to’lovlarni amalga oshirishda bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qiladi.



237

Respublika moliya bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yaqin sheriklar asosida ishlash, barcha ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, eng muhimi bank mijozlarining ishonchini qozonish ATB “UNIVERSALBANK FARG’ONA BO’LIMI” ning yaqin kelajakdagi ustuvor maqsadlari etib belgilangan.

UNIVERSALBANK FARG’ONA BO’LIMI” o‘z faoliyati mazmun–mohiyatini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida faol ishtirok etish, mulkchilikning turli shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlarning zamonaviy, sifatli va tezkor bank mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini jahon andozalari darajasida samarali qondirish hamda xalqimizning turmush farovonligini oshirish yo‘lida tinmay xizmat qilishda, deb biladi.

Bankning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni xizmat ko‘rsatish saviyasini oshirib, etakchi o‘ringa chiqish, boshqaruv va operatsion jarayonlarni samarali tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi namunaviy bank darajasiga chiqish, bank xizmatlari doirasini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarga javob beradigan Informatsion texnologiyalar tizimini yaratish, namunaviy korporativ madaniyatni yaratish, mehnat samaradorligini oshirish, bankning yuqori bahoga ega brendini shakllantirish va mijozlarning bankka nisbatan yuqori xayrihohlik darajasiga erishish.

Rivojlantirish stretegiyasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan quyidagi yo‘nalishlardagi ishlarni faollashtirish ko‘zda tutilmoqda: sug‘urta va lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi shu’ba korxonalar tashkil etish; mijozlarga xizmat ko‘rsatishda har tomonlanma qulay va muvofiq tuzilmani tashkil etish; malakasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan xodimlardan tarkib topgan jamoani shakllantirish, xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini oshirish; bank–moliya sohasidagi yangi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lgan xolda, bankning kundalik ish faoliyatini takomillashtiruvchi texnologiyalarni muntazam ravishda amaliyotga joriy qilish; bank xatarlarini har tomonlama tahlil qilish orqali ularni boshqarish tizimini yaratish; bank faoliyatini adekvat o‘sish tizimini yaratish; respublikaning aholisi gavjum markazlarida bank infratuzulmalarini ochish va chakana xizmat kursatishni kengaytirish; yuridik va jismoniy shaxslardan tarkib topgan mijozlar sonini kupaytirish; zamonaviy biznes ko‘lamliligi va sharoitiga hamda xalqaro standartlarga mos keladigan boshqaruv tizimini tashkil etish; raqobatchilar faoliyatini atroflicha tahlil qilgan holda, muntazam o‘zgaruvchan foiz va tarif siyosatlarini amaliyotga joriy qilish; chakana xizmatlar faoliyatini kengaytirish: amaldagi jismoniy shaxslarni kreditlash va omonatlarni jalb qilish dasturlarini mukammallashtirish; plastik kartochkalar dasturini ommalashtirish (debet kredit kartochkalar, overdraft) va terminallar sonini oshirish, bankomatlar o‘rnatish; bank xizmatlari hajmini oshirish, moliya bozorida o‘sib borayotgan raqobatchilik sharoitida ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va mukammallashtirish; xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, chet el kredit liniyalarini jalb qilish; jahonning nufuzli banklari bilan vakillik munosabatlari o‘rnatish; bank-moliya bozorida marketing izlanishlarini kengaytirish orqali yangi xizmat turlarini amaliyotga tadbiq qilish; filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular faoliyatida zamonaviy informatsion texnologiyalarni tadbiq etish, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish orqali filiallar faoliyatini optimallashtirish; ichki audit tizimi faoliyatini kuchaytirish. Bunda, bank aktivlari, kredit va investitsiya portfeli hamda boshqa ko‘rsatkichlarni baholashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda bank faoliyati samaradorligiga baho berish tizimini yanada takomillashtirish; bank filiallariga yuqori malakali, bankning investitsion faoliyatini yanada faollashtirish va xizmat ko‘rsatish saviyasini yanada ko‘tarishga qodir bo‘lgan, tashabbuskor yosh xodimlarni jalb qilishni rag‘batlantirish; xodimlarni xalqaro standartlar asosida bilimini oshirish, o‘qishi uchun sharoit yaratish.

Bankning strategik maqsadidan kelib chiqib, 2016-2022 yillarda bank likvidligi darajasini yanada mustahkamlash, kapitallashuv darajasini oshirish, kreditor va aksiyadorlar mablag‘larini saqlash va ko‘paytirish, bank faoliyati bo‘yicha yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish masalalari rivojlanish Strategiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. SHuningdek, quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishda alohida e’tibor qaratiladi: xizmat ko‘rsatish sohasiga, birinchi navbatda, savdo sohasi korxonalariga, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga e’tiborni qaratish; mijozlarga bank xizmati ko‘rsatishni soddalashtirish va ularni barcha bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kompleks ta’minlash; bank amaliyot markazi ustunliklaridan to‘laqonli foydalanishga erishish va kartochkali biznesni rivojlantirish; namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarida uy-joylarni qurilishini, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan pudrat tashkilotlari ehtiyojini kompleks moliyalashtirishni ta’minlash; qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurilishi hajmini va sifatini oshirib borish hamda Osiyo Taraqqiyot Banki, Xitoy Eksport Import banki va boshqa xalqaro moliya institutlari orqali kredit mablag‘larini jalb qilish va o‘zlashtirishda faol ishtirok etish; ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda bank mijozlariga taklif etilayotgan xizmatlar spektrini yanada kengaytirish va ularning sifatini oshirib borish, jumladan “Internet-banking” xizmatlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar safini yanada kengaytirish; bank xizmatlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish orqali bankning korporativ va xususiy mijozlari sonini ko‘paytirish.

Bunda, bank xizmatlarini iste’molchilarga etkazishni takomillashtirish, minibanklardan, bank-klient va boshqa shakllardan foydalanish; harajatlarni boshqarilishi uchun samarali tizimni yaratish; moliyaviy xizmatlar bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bank infratuzilmalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini rivojlantirish(kengaytirish) va bank tizimida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi.

5.Korxonanin ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish

Bankning rekvizitlari

237

ATB “UNIVERSALBANK FARG’ONA BO’LIMI”

Manzil: 100011, Toshkent sh., A. Navoiy k., 18-A-uy
Теlefon: (99878) 150-00-55,
Faks: (99878) 150-39-93,
MFO: 01037
STIR: 206916313
OKONH: 9 6120
ОKPO: 15320710

Korxonanin ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish 237

Jamiyatimizdagi barcha sohada bosqichma - bosqich o‘tkazilayotgan islohatlar va o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati avvalambor kadrlar siyosati, mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, bosh ustuvor yo‘nalishlar va ularni yanada takomillashtirish bilan uzviy bog‘liqdir.

Kadrlarni boshqarish siyosati asosini uch omil tashkil etadi:



  •            - ishga yosh istiqbolli va zarur hollarda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;

  •            - tajribali xodimlarni professional rivojlanishiga va o‘z o‘rnini topishiga yordam beradigan shart-sharoit yaratish;

  •            - boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish.

Bankning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun munosib nomzodni tanlash, qayta tayyorlash, baho berish va rag‘batlantirish, boshqarish, ya'ni mazkur jarayonlarni tashkil etishning alohida usullari, tadbirlari, dasturlaridan foydalanish va ularni takomillashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Strategik maqsad – O‘zbekistonni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning muhim tamoyillaridan biri bo‘lgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”dan kelib chiqib, mehnat bozori va ta’limiy kasbiy xizmatlar bozorining potensiali (salohiyati)ni, bankda kadrlarni boshqarishning samarali, ko‘p tarmoqli tizimini yaratishdir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad:

            - sifat jihatidan yangi, faol kadrlar potensialini shakllantirish hamda bank faoliyatining samarali ishlashini ta’minlashdir.

Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ATB “QISHLOQQURILISHBANK” Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Lavozimlar namunaviy nomenklaturasiga” qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilib, kadrlar sifat tarkibi yanada mustahkamlanadi. Bunda, asosiy bo‘lim mutaxassislarini iqtisodiy sohada talab etilayotgan mutaxassisliklarga mos kelishi ta’minlanadi. Ushbu “Lavozimlar namunaviy nomenklaturasi” O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga asosan ishlab chiqilgan.

Xodimlarni tanlash -  bu ishga kirish yuzasidan murojaat qilgan nomzodlar ichidan munosib deb hisoblanganlarini tanlab, ajratib olishdir. Kadr tanlashda uning tarjimai holiga, ma'lumotiga, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, unga berilgan tavsifnomaga va lozim bo‘lganda yana boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarga e’tibor beriladi

       6. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish uchun beriladigan imtiyoz turlari

Ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Nizomiga asosan amalga oshiriladi.

Ishga qabul qilishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:



  1.             1. Pasport

            2. Mehnat daftarchasi (Agar fuqaro avval ishlamagan bo‘lsa, mahalladan ota-onasini qaramog‘ida bo‘lganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi)

            3. Yashash joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma

            4. Oldingi ish joyi yoki o‘qish joyidan tavsifnoma

            5. Oldingi ish joyidan bo‘shaganligi haqidagi buyruq nusxasi (Mexnat faoliyatiga (stajiga) ega bo‘lgan taqdirda)

            6. Diplom

            7. Harbiy guvohnoma

            8. So‘rovnoma va tarjimai hol (o‘z dastxati bilan to‘ldiriladi)

            9. Davlat soliq inspeksiyasidan ma’lumotnoma (INN)

          10. Ma’lumotnoma avvalgi ish joyidan (Soliqlar bo‘yicha)

          11. Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (Mexnat faoliyatiga (stajiga) ega bo‘lgan taqdirda)

          12. Foto surat  6 dona (3x4 hajmda)

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida zaruriyat yuzasidan:

         13. Diplomning haqiqiyligi to‘g‘risida ma'lumotnoma (O‘quv yurtidan so‘rovnoma asosida)

         14. Ichki ishlar boshqarmasidan (Fuqaro sudlangan yoki sudlanmaganligi to‘g‘risida) ma’lumotnoma (bank tomonidan so‘rovnoma asosida olinadi)

         15. Kompyuter savodxonligi to‘g‘risidagi sertifikat

Xodimning hududlari:

            1. o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;

            2.  muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;

            3.  xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

            4.  kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

            5.  ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplanishini talab qilish;

            6.  kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

            7. qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;

            8. o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

            9. jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.

Xodimning majburiyatlari:

            1. bank xodimlari o‘z mehnat faoliyati davomida ma’naviy va ahloqiy, na’munali hulqqa ega bo‘lishlari;

            2. mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq keladigan  buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida, aniq va sifatli bajarish;

            3. mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;

            4. bankning mol-mulkidan foydalanganda va barcha turdagi moddiy boyliklarni saqlashda ularga vijdonan yondashish;

            5. mehnat jamoasining a’zolari, bank mijozlari va ish jarayonida muloqotda bo‘ladigan boshqa shaxslar bilan hushfe'l munosabatda bo‘lishdan iborat.   

Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutloq huquqidir. Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lolmaydi.

Mehnat shartnomasining tushunchasi va taraflari (O‘zR MK 72-moddasi)

Mehnat shartnomasi: xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.

Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar.

Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin.

Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin.

Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh (O‘zR MK 77-moddasi)

Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta'lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni qo‘yishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun - ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining  o’rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Ishga qabul qilishda dastlabki sinov (O‘zR MK 84-moddasi)

Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:



  •             - xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;

  •             - xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.

Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek, olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

7.Mustaqil topshiriq







Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish