FUNKSIONAL STILISTIKA VA DIALEKTOLOGIYA
Abstrakt
Dialektologiya sotsiolingvistika bilan o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, sotsiolingvistika ijtimoiy tafovut va turli ijtimoiy ehtiyojlar tufayli yuzaga kelgan tildagi xilma-xilliklarni o’rganadi. Ingliz tilining har bir milliy varianti hududiy va mintaqaviy shevalar tarkibiga kiradi. Sheva –bu grammatika, lug’at va talaffuzdagi farqlarni o’z ichiga olgan tilning bir variantidir. Aksent bu- bir xil nutq jamoasi a’zolarining o’zaro kommunikativ ta’siri uchun ishlatiladigan talaffuz namunalarining birlashgan birligidir. Odatda bir aksent doirasida so’zlovchilar : ma’lum ijtimoiy va geografik xususiyatga ega bo’ladi; ular o’rtasidagi ma’lum miqdordagi fonetik va leksik-tasodifiy o’zgarishlarga qaramay, bir xil fonologik xususiyatlar to’plamini saqlab qoladi.
Kalit so’zlar: sheva, aksent, fonetik va leksik o’zgarishlar, diglossia, ikki tillilik
Sotsiolingvistika-lingvistikaning bir sohasi bo’lib, tilning turli tomonlarini- fonetika, leksika, grammatikani jamiyatdagi ijtimoiy vazifasiga ko’ra o’rganadi. Shunday qilib, sotsiolingvistika odamlar bir-biri bilan muloqot qilish uchun tillardan qanday foydalanishlarini, til hodisalarini omillar bilan bog’liq holda keng ko’lamli ijtimoiy tuzilma ekanligini tushuntiradi. Til- jamiyat bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda biz odamlar o’zimiz yashayotgan jamiyatning haqiqiy aksini ko’rishimiz mumkin.
Lingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika kabi fan sohalari turli til tuzilmalarining munosabatida bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, etnolingvistikaning predmeti ijtimoiy psixologiyaning predmeti bilan antropologik tilshunoslikka, sotsiologik tilshunoslikka va stilistikaga birlashadi. Ba’zi olimlar funksional stilistikani sotsiolingvistikaning bir tarmog’i deb hisoblaydilar. Chunki kichik ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos lingvistik xususiyatlarini o’rganadi. ( masalan, kasb, yosh va jinsga oid) [Shveytser 1983; Macanalay 1977] Adabiy so’zlashuv shakli o’zining milliy talaffuz me’yoriga egadir. Bugungi kunda barcha ingliz tilida so’zlashuvchi xalqlar talaffuzning o’ziga xos milliy variantlariga va ularning har biri ingliz tilining boshqa turlaridan ajralib turadigan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Mamlakatdagi aksentlardan biri to’g’ri, rivojlangan va butun milliy hamjamiyatda o’qimishli notiqlar tomonidan qabul qilingan maqomga ega bo’lishi shubhasizdir. Bu atama ukrain va rus tilshunoslari talqinida adabiy talaffuz, yoki amerikalik va britaniyalik olimlar talqinida esa (milliy) talaffuz standarti deb ataladi. Talaffuzning standart shakli ma’lum davr mobaynida aholining ilmli qatlami tomonidan milliy tilning fonetik jihatdan shakllantirilgan tilning og’zaki uslubi deya e’tirof etilgan [Paraschuk 2000 ] “Standart” termini “ta’lim maqsadida qo’llanilishi ijtimoiy qabul qilingan va shubhasiz to’g’ri aks ettirilgan” deb hisoblanadi. Boshqa talaffuz turlaridan foydalanish ma’lum mintaqalarga, kichikroq guruhlarga, ijtimoiy, kasbiy va yoshga doir guruhlarga xos bo’ladi. Shunday qilib, mamlakatdagi talaffuz turlari talaffuzning milliy standartini, hududiy va mintaqaviy aksentlarni o’z ichiga oladi. Aksentlar har doim so’zlovchining geografik jihatdan kelib chiqishini ko’rsatib turadi. Ingliz tilining har bir milliy varianti talaffuz, leksika va grammatika bo’yicha sezilarli farqlarga ega bo’lsa-da, ularning barchasi bir-xil tilda – ingliz tilida gapirishga asos bo’ladigan umumiy jihatlarga ega. Milliy standartlar turli ichki va tashqi omillar ta’sirida doimiy o’zgarishlarga uchraydi. Ma’lumki, bir nechta milliy tillarga ega davlatlar mavjud bo’lib, eng ko’p uchraydigan holat bir hududda ikkita milliy tilning mavjudligidir. Bunga yorqin misol Kanadadir. Bu yerda ikkita - ingliz va fransuz tillari jamiyatning repertuarini tashkil qiladi. Bunday vaziyatda olimlar bir tilli davlatga xos bo’lgan monolingualizmdan farqli ravishda ikki tillilik (bilingualism) haqida gapiradilar. Va aynan shu holatda “interferensiya” (ya’ni “ikki til (yoki sheva) muayyan vaziyatda aloqada bo’lganligi natijasida tilning buzilishi”) yuzaga keladi. [Crystal 1977:254]
Tilning har bir milliy xilma-xilligi hududiy yoki mintaqaviy dialektlarga kiradi. Dialektlar bir-biridan talaffuz, grammatik va lug’atdagi farqlari bilan ajralib turadi. Biz faqatgina talaffuzdagi xilma-xillikka murojaat qilganimizda ‘aksent’ atamasidan foydalanamiz. Shunday ekan, mahalliy aksent umumiy jihatdan talaffuzning turli xususiyatlariga ega bo’lib, hududiy va mintaqaviy aksentlarga bo’linadi. Masalan, Britaniyada Yorkshir, Lankashir va Cheshir aksentlari ‘shimoliy aksentlar’ guruhini tashkil qiladi. Tilning turli jihatlarini bog’laganimizda ‘sheva’ va ‘aksent’ iborasi turlicha talqin qilinishi kerak. Biroq bu atamalar o’rtasida juda ko’p o’xshashliklar mavjudligi haqiqatdir. Muayyan geografik, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sabablarga ko’ra, shevalardan biri, xalqning standart tiliga va talaffuzi yoki uning aksenti- e’tirof etilgan standart talaffuziga aylanadi. Buning yaqqol ko’rinishi London shevasi bo’lib, uning aksenti Britaniyaning e’tirof etilgan talaffuzi (received pronounciation-‘RP’) dir. [Gimson 1981] Standart ingliz tilining bosimi shunchalik kuchliki, ko’p odamlar ikki tilda gaplashadi, ular o’z o’qituvchilari bilan “e’tirof etilgan talaffuz”(RP) ga taqlid qiladilar va o’zaro suhbatda o’z milliy aksentlaridan foydalanadilar. Shu munosabat bilan davlatdagi lingvistik ikkilikni bildirish uchun “diglossia” atamasi kiritilishi kerak. Bunda tilning standart adabiy tili va uning mintaqaviy lahjalaridan biri bir shaxs tomonidan turli ijtimoiy vaziyatlarda qo’llaniladi. Bu hodisani ikki tilni biluvchi ikki tillilik (bilingualism) bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Diglossia va ikki tillilik holatlarida kod almashinuvi deb ataladigan hodisa sodir bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, til vositalari so’zlovchining o’zi duch kelgan vaziyatni idrok etishiga qarab ongli va ongsiz ravishda tanlanadi. Shuning uchun, tilning situatsion turlari funksional shevalar yoki funksional uslublar deyiladi, situatsion talaffuz turlari esa- situatsion urg’u yoki fonostildir. Shuni ham unutmaslik kerakki, tilning foydalanuvchilari uning individual xususiyatlariga, madaniy odatlarning tushunarlilik doirasiga, jins va yoshdagi tafovutlarga qarab farqlanadi.
Fodalanilgan adabiyotlar:
Kuryatnikova E.G. Normativniy xarakter assimilyatsii v russkom i angliyskom yazikax\\ Normi realizatsii. Varyirovanie yazikovix sredstv. –Gorkiy,1983.
Teoreticheskaya fonetika angliyskogo yazika:Uchebnik dlya studentov institutov i fakultetov inostrannix yazikov.\ M.A.Sokolova, K.P.Gintovt,169.
Shaxbagova D.A. foneyicheskie osobennosti proiznositelnix variantov angliyskogo yazika.-M.: Visshaya shkola, 1982-182s.
Shveytser A.D. Sotsialnaya differensiatsiya v angliyskom yazike v SSHA.-M.,1983.
5. Gimson A.C. An Introduction to the Pronunciation of English. – London: Edward Arnold, 1981. – 312p.
6. Gimson A.C. The Twentyman Lecture RP: Its Intelligibility and Acceptability //
Modern Languages. – No. 62. – 1981.
Do'stlaringiz bilan baham: |