5. O’zbekistonda mehantni tashkil etish bilan bog’loq munosabatlar
Mehnat faoliyati deganda insonni biror bir mehnat faoliyati bilan band bo’lishi tushuniladi. Misol uchun tadbikorlik faoliyati, ilmiy faoliyat, ishlab chiqarish faoliyatini keltirishimiz mumkin. mehnat faoliyatini tashkil etish , uning huquqiy, psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy asoslarini yuzaga keltirishni, mehnat mexanizmini shakllantirishni taqozo etadi. Mehnat faoliyatining huquqiy asoslariga fuqorolik, ma’muriy, egalik huquqlari, shununingdek korxonadagi ishlab chiqarish bilan bo’liq huquqiy hujjatlar kiradi. Ma’naviy-psixologik asoslar ishlab chiqarish jarayonida tomonlar o’rtasidagi munosabatlar (rahbar va yollanma ishchi yoki ishchilar jamoasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar) va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi . Iqtisodiy asoslar mehnat faoliyatini tashkil qilishning eng muhim qismidir. Bunda ishchining mehnat faoliyati natijasida oladiganmoddiy fanfatdorligi va bu manfaatdorlikdan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatni yengib chiqishning asosiy olimlardan biri ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bunda asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida, ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ishchilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishiga ya’ni, ishchilarning malakasi, tajribasi, qobilyatlaridan kelib chiqqan holda holda to’gri taqsimlanishiga bog’liqdir. Bunday taqsimot jarayoni mehnat taqsimoti deb ataladi. Mehnat taqsimotining eng atta afzalliklaridan biri har bir ishchi o’z mutaxasisligi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’ladi, ishni bajarish texnikasi va tartibini puxta o’rganadi.
Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi:
1.Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.
2.Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan sanoat tarmoqlari, kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi, qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog’dorchilik, go’sht, sut,jun yetishtirish va shu kabilar) bo’linadi.
3.Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: sexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuingdek, ularning kasb-malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi korxonalarda mehnat taqsimotining quyidagi har xil shakllari qo’llaniladi:
1.Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash faza va sikllariga qarab bo’ladi. Bunda eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya jihatidan bir xil bo’lishidir. Qayta ishlash va fazalar ichida ayrim guruh ishlar: chilangar, qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip orasiga olib urib buyum tayyorlovchi va hokazo bo’ladi.
2.Fuktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganda birovlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.
3.Malakali mehnat taqsimoti yoki bajarilgan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsim qilish, murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridan ajratishdan iborat. Shu bilan birga, mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda tayyorgarlik fuktsiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat sifatini nazorat qilishda gi murakkabliklar nazarga olinadi.
4.Operatsiyalar bo’yicha mehnat taqsimoti ishchilar mehnatii eng to’la taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus sof bolt tayyorlashning texnologik protsessi temirchilik-metall toblash, chilangar-yo’nish, naqsh solish va o’yish, frezerlik-bolt qoshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat bo’ladi.
5.Kasbiy mehnat taqsimoti ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni-tsex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qiliadigan ishchilar sonini belgilash mumkin.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar sharoitida tashkiliy faoliyat samaradorligi ko’p jihatdan ishlab chiqarishni tashkillashtirish hamda ishchilarning mehnat faoliyatini tegishli tarzda rag’batlantirishga bog’liq. Mehnatga haq to’lash tizimini isloh qilish davomida jarayon ishtirokchilari quyidagi ikkita vazifaning yechimini topishga erishishlari kerak:
Korxonada ishlayotgan har bir ishchiga,mehnat faoliyatining natijasiga va mehnat bozorida konkret turdagi ishchi kuchi uchun to’lanayotgan real qiymatdan kelib chiqib haq to’lanishini kafolatlash;
Korxonalar o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorga olib kirgandan so’ng foyda olishi zarur.
Demoqchimizki, ham ishchi-xodimlarning, ham ish beruvchilar-tadbirkorlarning manfaatlarini birdek qondirish uchun mehnatga to’lanadigan ish haqi salmog’ini oshirish barobarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarning har bir donasiga sarflanadigan xarajatlar salmog’ini kamaytirish, shuningdek korxonaning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga erishilsa, har bir ishchiga to’lanadigan ish haqining qiymati oshirilishini kafolatlash zarur bo’ladi. Bundan chiqdi, mehnat haqining ma'lum darajada oshirilishi uchun iqtisodiy faoliyat samaradorligi oshirilishi lozim va aksincha, mehnat samaradorligining oshirilishi pirovard natijada ish haqi qiymatining oshirilishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu iqtisodiy qonuniyat mehnat faoliyatini rag’batlantirish tamoyilining asosini tashkil etadi. Shu tamoyilga amal qilish tufayli ish beruvchilar -tadbirkorlar iqtisodiy faoliyatining yakuniy samarasi sifatida olinadigan foyda hajmini oshirishga, ishchi xodimlar esa moddiy ahvolini yaxshilashga muvaffaq bo’lishadi.
Mehnatga bo’lgan talab va taklif mamlakatda mavjud ishchi kuchiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Shu o’rinda mamlakatimiz mehnat bozori to’g’risida ba’zi bir ma’lumotlarga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra mamlakatimizdagi iqtisodiy faol aholi soni bo’yicha tuzigan quyidagi jadvalni keltiramiz.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra ish haqi bo’yicha turli ma’lumotlarni keltiramamiz.
Sohalar nomi
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
(III)
|
O’zbekiston Respublikasi (ming so’m)
|
1453.2
|
1822.2
|
2324.5
|
2577
|
Yashash va ovaqtlanish bo’yicha xizmatlar
|
1035.3
|
1260.4
|
1753.4
|
|
Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish
|
980.8
|
1173.1
|
1534.3
|
1798
|
Ta’lim
|
1160.1
|
1396.4
|
1841.2
|
1940.3
|
San’at, ko’ngil ochish va dam olish
|
1367
|
1652.4
|
2046.3
|
|
Boshqa faoliyat turlari
|
1239.4
|
1711.2
|
2309.1
|
2666.7
|
Savdo
|
1650.7
|
1990.3
|
2469.8
|
2543.2
|
Qurilish
|
1808.4
|
2297.3
|
2761.2
|
3105
|
Tashish va saqlash
|
1945.8
|
2507.4
|
2965.5
|
3302.6
|
Sanoat
|
2091.7
|
2731.1
|
3310.2
|
3480.2
|
Axborot va aloqa
|
2498.5
|
3347.5
|
3971.8
|
4314.4
|
Bank, sug’urta, lizing, kreditva vositachilik
|
2694.1
|
3500.5
|
4798.4
|
5797.1
|
2-jadval. O’zbekiston Respublikasi bo’yicha o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi darajasi 2017, 2018, 2019, 2020(III) yillarda.
2-rasm. Mehnat statistikasining asosiy ko’rsatkichlari
O’zbekiston Respublikasi 2020-yilning yanvar-sentabr oylarida o’rtacha ish haqi 2577 ming so’mni tashkil qildi, bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 16.2% ga o’sdi.
2020-yilning 1-fevralidan boshlab, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori 679330 so’mni tashkil etdi.
2020-yilning yanvar-sentyabar oylarida yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarning 41,5 foiziga 1358.7 ming so’mdan 2038 ming so’mgacha , 15.4 foiziga 2038.1 so’mdan 2717.3 so’mgacha , 17.5 foiziga 679.3 ming so’mdan 1358.6 ming so’mgacha o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori hisoblangan.
3-rasm. Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda xodimlarning o’rtacha oylik nominal ish haqi
Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdoridan (679330) kam miqdoridan ish haqi hisoblangan 0.6 foiz xodimlar krxona va tashkilotlarda to’liqsiz ish kuni yoki to’liq bo’lmagan ish tartibida ishlashi bilan izohlangan.
2020-yil yanvar-sentabr oylari bo’yicha korxona tashkilotlarda o’rtacha oylik ish haqi ning eng yuqori miqdori 34.5 mln. so’mni tashkil etdi.
4-rasm. O’zbekiston Respublikasida ish haqining o’sish sur’atlari
2020-yilning yanvar-sentabr oylarida o’rtacha oyik ish haqining o’sish darajasi o’tgan yildagi o’sish darajasiga nisbatan ancha pasaygan.
5-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’rtacha oylik ish haqining respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan o’zgarishi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’rtacha oylik ish haqi miqdori respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan solishtirganda sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizimatlar ko’rsatish sohasida 30.2% ga, ta’lim sohasida 24.7% ga past ekanligi, shuningdek moliya va sug’urta sohasida ish haqi respublikamizdagi o’rtacha ish haqidan 125% ga, axborotva aloqa sohasi esa 67.4% ga yuqori ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki hozirda resublikamizda sanoat, bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik sohalarida boshqa tarmoqlarga nisbatan ko’proq haq to’lanishini ko’rishimiz mumkin. lekin shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki ta’lim va sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko’rsatish sohalarida ancha o’sish kuzatilganiga qaramay qolgan sohalarga nisbatan past ko’rsatkich qayd etmoqda. Ba albatta yaxshi holat emas. Agar bu sohalardagi olib borilayotgan islohotlar shunday davom etsa, yaqin yillar ichida bu sohalardagi o’rtacha ish haqi ham yetakchi o’rinlarga chiqib oladi.
6-rasm. Xalq ta’limi xodimlarini ish haqini oshirish bo’yicha reja
O’qituvchilar oylik maoshi mehnatga haq to’lashning eng kammiqdorining 15 baravarigacha oshiriladi. Bu haqida AOKA da ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan bo’lib o’tgan matbuot anjumanida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qiladi.
7-rasm. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha xodimlarning o’rtacha oylik ish haqi
Tahlillarga ko’ra iqtisodiy faoliyat turlarida bo’yicha o’rtacha oylik ish haqi 2019-yilning mos davriga nisbatan o’sish ko’rsatkichlari qayd etilgan. Moliya va sug’urta sohasida 31.8%,sog’liqni saqlashva ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida 20%, tashish va saqlash sohasida 17.2%, qurilish16.3%, savdoda 11.5%, boshqa faoliyat turlari 11.2%, ta’lim 10.8%% sanoatda 10.7%, axborot va aloqa sohasida 8% o’sish kuzatildi.
8-rasm. Hududlar bo’yicha o’rtacha ish haqi respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan o’zgarishi
O’rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi Toshkent shahrida 3745.4 ming so’mni tashkil etib, respublikadagi o’rtacha ish haqiga nisbatan 45.3% ga yuqori ekanligini kuzatildi. Shuningdek Navoiy viloyatida 3418.2 ming so’mni tashkil etib, 32.6% ga hamda Toshkent viloyatida 2727.3 ming so’mni tashkil etib, 5.8% yuqori ekanligi kuzatildi.
O’rtacha ish haqining eng past ko’rsatkichlar Qashqadaryo viloyatida 1987.3 ming so’mni tashkil etib, republikadagi o’rtacha oylik ish haqining 77.1% teng bo’ldi. Shu bilan birga Namangan viloyatida 2033.1 ming so’m (78.9%) ni, Samarqand viloyati 2059.5 ming so’mni (79.9%), Farg’ona viloyatida 2062.1 ming so’mni (80%), Surxondaryo viloyatida 2070 ming so’mni (80.3%) tashkil etdi.
9-rasm. O’zbekiston Respublikasining xududlari bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi1
Xulosa
Ish haqi to’grisidagi turli nazariyalarni o’rganib quyidagi xulosalarni olidik.
Ish haqi korxona, muassasa va tashkilotlarning o’z xodimlariga mehnati uchun to’lanishi shart bo’lgan haqdir.
Ish haqi – yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Ishchi uchun qancha miqdorda ish haqi olishi nisbiy tushuncha bo’lib, u muhim ahamiyatga ega emas. Ishchi uchun o’z ish haqiga qancha miqdorda tovar va xizmatlarni sotib olish qobiliyati muhimdir. Real ish haqi – ishchi ish haqiga sotib olishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori. Nominal ish haqi – naqd pul ko’rinishida to’lanadigan ish haqi.
Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol narxlari darajasi bilan.
Ish haqini tashkil etishda asosan ikki usuldan foydalaniladi: vaqtbay va ishbay. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnat sifatiga va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadi. Ishbay ish haqi xodimning ishlab chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab to’lanadigan ish haqi.
Ish haqini tabaqalashtirish tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi va bu juda ham muhim. Tarif tizimi yordamida malakali va yuqori sifatli mehnat qiladigan ishchilar boshqalarga nisbatan ko’proq ish haqiga ega bo’ladi. Davlat tarif tizimi orqali tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Tarif setkasi – razryadlar shkalasidan iborat bo’lib, ularning har biriga oz tarif koeeffitsiyenti berilgan va har qanday razryadning tarif setkasida ishining murakkabligiga qarab birinchi razryadga nisbatan necha marta mutakkabligini ko’rsatib turadi.
Tarif stavkasi – ish vaqti birligida mehnatga haq to’lashnng pul bilan ifodalandigan mutlaq miqdoridir.
Mehnat faoliyati deganda insonni biror bir mehnat faoliyati bilan band bo’lishi tushuniladi.
Kasaba uyushmasi – ish beruchi va ishchi o’rtasidagi mehnat munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishchining manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot.
Shu o’rinda yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarimizni muxtasar qilib aytmoqchimizki, mehnat haq to’lashda rag’batlantiruvchi vositalar rolini oshirish maqsadga muvofiq:
mehnat haqining qiymatini ishchi va xodimlar tomonidan bajariladigan ish faoliyatining samaradorligiga, unumdorligiga va sifatiga bog’liq qilib qo’yish kerak. Shunday yo’l tutilsa, ishchi va xodimlar o’zlari bajaradigan funksional vazifalarining pirovard natijasidan bevosita manfaatdor bo’lishadi;
mehnatga haq to’lashning konkret sharoitga mos ravishda amal qila oladigan tizimini joriy etish zarur. Bunday tizim korxonaning iqtisodiy faoliyati yakunlarini hamda alohida olingan har bir ishchi-xodimning umumiy ishga qo’shgan individual hissasini inobatga olishga, shu bilan birga har bir ishchi -xodimning sof foydadan olishi mumkin bo’ladigan ulushini aniqlashga imkon beradi;
ishchi-xodimlarga ish haqi to’lash tizimini tashkil etish chog’ida mazkur tizimning amal qilishi oqibat natijada ishchilar orasida nifoq tug’ilishiga olib kelmasligi lozimligini e'tiborga olib ish tutish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |