Kimyoviy holat deb, dushman tomonidan kimyoviy qurollar ishlatilganda yoki kimyoviy ob’ektlarda halokat yuz berganda atrof-muhitga kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) tarqalganligi natijasida hosil bo’lgan sharoitni aytiladi.
SAVOLBAYONI:
Radiatsiyaviy holatni baholash deganda-joylarni radioaktiv zararlanganlik tavsifnomasi va ularning fuqarolarga, texnika, qurilish va imoratlarga hamda hayvon va o’simliklarga ta’siri tushuniladi.
Radiatsiya holatining natijalariga qarab zararlangan joylarda aholiga davolash va profilaktikchoralarini qo’llash zarurligi aniqlanadi. Razvedkaning bergan ma’lumotlari asosida radiatsiyaviy holatni aniqlash va baholash mumkin,bunday ma’lumotlarni tuman, shahar, viloyat va Respublika fuqaro muhofazasining rahbarlari,ularning shtablari qabul qiladilar. Radiatsiyaviy holatni baholash bilan bog’liq bo’lgan hisoblarnibajarishda turli formulalar, jadvallar, radiatsiyaviy o’lchov lineykasi va boshqa hisoblash jihozlaridanfoydalaniladi. «Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida»gi qonunning 12-moddasidaradiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash yo’llari ko’rsatib o’tilgan. Ular qo’yidagilardan iborat:
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishda fuqarolar olgan nurlanishning shaxsiy dozalarini nazoart qilish va hisobga olishda yagona davlat tizimiga amal qilish;
Radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog’lig’iga zarar etkazilish xavfi yuqori bo’lganligi uchun to’planadigan tovon turlari va miqdorini belgilab qo’yish;
Radiatsiyaviy avariya natijasida fuqarolar sog’lig’iga hamla ular mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash;
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyat turlarini belgilash;
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining eksport va import qilinishini davlat tomonidan tartibga solish;
Tibbiy-profilaktik tadbirlar o’tkazish;
Radiatsiyaviy vaziyat hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida fuqarolarni xabardor qilish;
Fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o’rgatish;
Radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo’lgan fuqarolarga yordam ko’rsatish;
Radioaktiv ifloslanish zonalarida fuqarolarning yashashiga doir alohida tartiblarni joriy etish;
Tegishli hududda radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish;
Radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish xavfi bo’lgan taqdirda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish;