Fuqaro muhofazasi rejasi deyilganda – qo’yilgan vazifalarni muvofaqiyatli bajarilishiga yordam beradigan muhofaza tadbirlarining majmuasi hisoblanadi. Bunday tadbirlarga: favqulodda vaziyatlarni oldini olish, aholi va hududlarni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini oshirish, qutqaruv va tiklov ishlarini o’tkazishga kuch va vositalarni tayyorlash hamda ko’riladigan zarar va talofatlarnining miqyosini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalar kiradi.
Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosida ishlab chiqiladi. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari oldindan tuzilib, ular respulika miqyosidan tortib, to ob’ekt darajasigacha alohida tuziladi. Rejalashtirish har qanday FVlar uchun (tinchlik yoki harbiy davr) alohida ishlab chiqiladi.
FVda fuqaro muhofazasi rejalari respublika miqyosida FVV tomonidan, hududlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqish hamda ijtimoiy ob’ektlarni muhofaza qilish rejalari esa korxona, tashkilot va muassasalarning boshliqlari tomonidan tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Ayni paytda FM boshlig’i-bosh vazir hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi qonunining 7-moddasida Vazirlar Mahkamasining FM sohasidagi vakolatlari belgilab qo’yilgan:
fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;
tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko’rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o’tkazilishiga rahbarlik qiladi;
hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o’ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko’ra fuqaro muhofazasi bo’yicha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga ko’ra fuqaro muhofazasi bo’yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o’tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to’plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
SAVOL BAYoNI:
FM rejalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
To’liq, mukammal ishlangan bo’lishi;
Mazmuni qisqa va lo’nda bo’lishi;
Vaqt har tomonlama qat’iy hisobga olinishi;
Aniq va real bajariladigan bo’lishi;
Iqtisodiy tomondan maqbul bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |