Kimyoviy holatni baholash deganda-kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni odamlarga, hayvonlarga, suv va boshqa ob’ektlarga ta’sir etish darajsini aniqlash hamda kimyoviy hujum yoki ishlab chiqarish tarmoqlaridagi falokat oqibatlarini tugatish uchun eng maqbul uslubni tanlash tushuniladi.
Kimyoviy holatni baholashda qo’yidagi ma’lumotlarga tayaniladi:
zaharli moddalarning turi va uning ishlatilgan vaqti;
zaharli moddaning ishlatilish vositasi;
zaharli moddaning ishlatilgan joyi;
shamolning tezligi va yo’nalishi;
havo va erning harorati;
kimyoviy shikastlanishning miqyosi va tavsifini aniqlash;
havoning turg’unlik darajasi (invesiya, izometriya va konvektsiya);
fuqarolarning himoyalanish darajasi.
Kimyoviy holatni baholash bashorat usuli hamda tekshiruv natijalari orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyot inshoatlariishlab chiqarish ob’ektlarida kimyoviy holat radiatsiyaviy va kimyoviy tekshirish guruhlari, postlari orqali aniqlanadi.
Kimyoviy holatni baholashda havoning turg’unlik darajasini bilish muhim ahamiyatga ega, chunki aynan havoning holatiga ko’ra kimyoviy shikastlanish zonasining miqyosi hamda talofatlanish hajmi sarhisob qilinadi.
Havoning vertikal turg’unligi uchta darajaga bo’linadi: inversiya, izotermiya va konvektsiya.
Izotermiya odatda, kechqurungi vaqtlarda quyosh botishiga taxminan 1 soatlar qolganda vujudga keladi va quyosh botgandan 1 soatlardan keyin u parchalanib ketadi. Inversiyada havoning pastki qatlami yuqori qatlamidan sovuqroq bo’ladi hamda bu holat zaharlangan havoning balandlikka tarqalishiga qarshilik ko’rsatadi va zaharlangan havoning uzoq vaqt saqlanishiga qulay sharoit yaratib beradi.
Izotermiya –havo muvozanatining barqarorligi bilan tavsiflanadi. U ko’proq bulutli havoga xos, lekin inversiyadan konvektsiyaga (ertalabki vaqtlarda) va aksincha (kechqurungi vaqtlarda) o’tish soatlarida ham vujudga kelishi mumkin.
Konvektsiya odatda, quyosh chiqishidan 2 soat keyin hosil bo’ladi va quyosh botishidan 2-2,5 soat oldin buziladi. Bu ko’proq, yozgi ochiq kunlarda kuzatiladi. Konvektsiyada havoning pastki qatlamlari yuqoridagilaridan ko’ra ancha issiq bo’ladi va bunday holat zaharlangan havoning tez tarqalishiga, oqibatda zaharlanish ta’sirining kamayishiga olib keladi.
Kimyoviy holatni baholashda bashorat usuli bo’yicha zaharlangan havoning tarqalishi uchun qulay bo’lgan sharoitda (inversiya, shamo tezligi 1 mG’s.da) ob’ektdagi barcha KTZM zaxiralarining tashqariga chiqib ketishi (to’kilish) orqibatlarini o’rganish orqali aniqlanadi.
KTZM saqlanadigan idish zaxirasining falokatini baholash, haqiqatda sodir bo’lgan vaziyatda o’tkaziladi. Bunda zaharli moddalarning aniq miqdori va bo-havo sharoitlari hisobga olinadi.
Shunga ham ahamiyat berish lozimki, qaynash xarorati 200 S dan past bo’lgan zaharli moddalarni (masalan, fozgen, vodorod ftorid va shunga o’xshashalar) to’kilishi bilan juda oz vaqt mobaynida bug’lanib ketadi va bug’langan zaharli modda miqdori. Uning to’kilgan suyuq miqdoriga teng bo’ladi. Agar qaynash harorati 200 S dan yuqori bo’lan (uglerod, sulfid, sinil kislotasi va boshqalar) va qaynamaydigan zaharli suyuqliklar (ammiak, xlor, oleum va hokazolar) o’sha ob’ekt hududi bo’ylab tarqaladi va havoning er ustki qatlamini zaharlaydi.
KTZM bo’lgan joylardagi kimyoviy holatni baholashda, kimyoviy zaharlangan hudud o’lchamini, kimyoviy shikastlanish o’chog’ini, zaharli havoning hududga etib kelish va shikastlanish vaqtini hamda kimyoviy shikastlanish o’choqlarida fuqarolarni talofatlanish ehtimollari ko’zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |