Казус 8.
Фуқаро Д. ўз фуқаролик паспортини биометрик паспортга алмаштириш
мақсадида Ички ишлар вазирлигининг тегишли хорижга чиқиш, кириш ва
фуқароликни расмийлаштириш бўлимига мурожаат қилди. Мазкур бўлим
фуқаро Д. нинг мурожаатига биноан ўз паспортини 1 ойдан сўнг
олиши
мумкинлигини маълум килди. Бу орада фуқаро Д. ўз паспортини олиш
муддатини ҳисобга олиб чет элда ишлаш учун билет сотиб олди.
Белгиланган муддат ўтганидан сунг фуқаро Д. биометрик паспортини олиш
учун тегишли органга қайта мурожат килди.
Аммо ушбу орган ходимлари
фуқаро Д.га айрим сабабларга кўра паспорти тайѐр бўлмаганлигини маълум
килишди. Фукаро Д. бўлиб ўтган воқеалар юзасидан ўз ҳуқуқларини ҳимоя
қилиш юзасидан судга мурожаат қилди.
1. Мазкур ҳолатда маъмурий ҳуқуқий муносабатларни ёритинг.
2. Маъмурий ҳуқуқ субектларини аниқланг. Фикрингизни асослаб
беринг.
Vaziyatga huquqiy baho berishdan avval, vaziyatdagi muhokama qiladigan
holatlarni aniqlashtirsak:
1.
Ichki ishlar vazirligining
tegishli xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni
rasmiylashtirish
bo‘limi
tomonidan
qonun
hujjatlarida
pasportni
almashtirish qancha muddatda amalga oshirilishi kerak?
2.
Fuqaro D pasport almashtirilishi kechiktirilganligi
yuzasidan sudga
murojaat qilishi o‘rinlimi?
3.
Mazkur muammoli vaziyat doirasida sud qanday yo‘l tutishi lozim?
Vaziyatga huquqiy baho berishda quyidagi qonun hujjatlariga murojaat
qilish mumkin.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeks;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining ‘‘Ma’muriy
organlar va
ularning mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi)
ustidan
shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti
haqida’’ 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli qarori;
3.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining ‘‘Ma’muriy
ishlarni
ko‘rishda birinchi instantsiya sudi tomonidan protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida’’gi 2018-yil 19-
maydagi 15-sonli qarori;
4.
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida’’gi
qonuni;
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘O‘zbekiston
Respublikasida
pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi’’
2018-yil 26-dekabrdagi qarori;
Yuqorida muhokama qiladigan vaziyatlarni aniqlashtirdik. Biz ushbu
vaziyatlarni muhokama qilish orqali bizga berilgan
kazusga huquqiy baho
berishga harakat qilamiz.