23.09.2019
O‘zA
Jizzax akkumulyator zavodi qanday qilib samaradorlikka erishmoqda?
“Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyatida keyingi ikki yilda 2017-yildagiga qaraganda
xorijga mahsulot eksport qilish ikki baravarga oshdi. Joriy yilda ishlab chiqarishni 25 foizga
oshirib, 1 million dona batareya ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoati va qishloq xoʻjaligi texnikalari uchun barcha turdagi
qoʻrgʻoshin kislotali batareyalar ishlab chiqaradigan “Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik
jamiyati faoliyat koʻlami, rentabellik darajasi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulotlar turi, ishchi-
xizmatchilar soni va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish hajmi jihatidan nafaqat mamlakatimizda,
balki Markaziy Osiyoda eng yirik korxonalardan biridir.
Sanoatning ustuvor yoʻnalishlarini uzoq muddatli istiqbolli rivojlantirish dasturlari asosida
korxonada keyingi uch yilda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishga zamonaviy
yondashuvlar joriy etishda tub oʻzgarishlar yuz berdi.
– Prezidentimizning 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan
chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida korxonada
O`zbek
ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi va yangi liniyalar oʻrnatildi, – deydi korxona texnik direktori
Shuhrat Umarov. – Korxonamizni modernizatsiya qilish uchun 2017-yilda 672 ming AQSH dollari,
2018-yilda 830 ming AQSH dollari sarflandi. 2017-yilda Turkiyadan qiymati 150 ming AQSH
dollarilik elementlararo payvandlash uskunasi, Rossiyadan 22 ming AQSH dollarilik suvni
yumshatish liniyasi, 50 ming AQSH dollarlik elektrolit sovutish uskunasi hamda Italiyaning
“Sovema” kompaniyasidan 140 ming yevrolik akkumulyator plastinalarini suvash liniyasi olib kelib
oʻrnatildi. Bu ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yanada
yaxshilashda muhim qadam boʻldi.
Modernizatsiya qilishdan oldin korxonada sigʻimi 35 amper soatdan to 190 amper soatgacha
boʻlgan akkumulyator batareyalarining 10 turdagisi ishlab chiqarilgan boʻlsa, bugungi kunda ushbu
mahsulotlarning turi 25 taga yetdi. Joriy yilda 1 million AQSH dollaridan ortiq uskunalar yetkazib
berish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Ushbu mablagʻ bilan Turkiyada, Germaniyada, Estoniyada
ishlab chiqarilgan yangi texnologik uskunalar olib kelinib oʻrnatildi va ishlay boshladi.
Shuningdek, 2020-yilgacha texnologik uskunalar parkini yangilash uchun 2 million AQSH dollari
miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish natijasida
mahsulot sifati yaxshilanadi va ishlab chiqarish hajmi yanada ortadi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish davomida yiliga 7,5 million dona pishiq gʻisht ishlab
chiqaradigan mini-zavod qurilishi loyihasi amalga oshirilib, 60 dan ortiq ish oʻrni yaratildi.
6.jpg
Innovatsion texnologiyalarni joriy etishda har bir loyiha aksiyadorlik jamiyati ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlari boʻlimida yetakchi texnik oliy oʻquv yurtlari mutaxassislari bilan chuqur
oʻrganilib, joriy etilayotgani tufayli korxonada yuqori texnik va iqtisodiy koʻrsatkichlarning barqaror
oʻsishi taʼminlanmoqda. Ushbu yondashuv asosida qishloq xoʻjaligi, yoʻl qurilishi va togʻ-kon
sanoatida ishlayotgan ogʻir transport vositalariga moʻljallangan akkumulyator batareyalarining
yangi turkumlarini yigʻish texnologiyasi yaratildi.
Yangi texnologiyalar joriy etilishi mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishiga olib kelmoqda. 2017-yilda
140 milliard soʻmlik mahsulotlar sotilib, 0,4 milliard soʻm foyda olingan edi. 2018-yilda savdo hajmi
195,7 milliard soʻmni, olingan foyda 3,8 milliard soʻmni tashkil qildi. Joriy yilda savdo hajmini 198,8
milliard soʻmga yetkazib, 6,6 milliard soʻm foyda olish koʻzda tutilmoqda. 2020-yilda savdo hajmini
346 milliard soʻmga, daromadni esa 18 milliard soʻmga yetkazish rejalashtirilgan.
Korxona mahsulotlari mamlakatimizning “Uz Auto Motors”, “SamAvto”, “MAN” kabi yirik
korxonalarning akkumulyator batareyalariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirishdan tashqari, Rossiya,
Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistonga eksport qilinmoqda. 2017-yilda eksport hajmi 600 ming
AQSH dollarini, 2018-yilda 1 million 200 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Joriy yilda ushbu
koʻrsatkichni 1 million 500 ming AQSH dollariga yetkazish koʻzda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarning avtomobil korxonalariga
yetkazib berish boʻyicha buyurtmalar portfeli tuzilmoqda. Masalan, Rossiyaning “KAMAZ”
avtokorxonasi bilan kelishilgan holda akkumulyator batareyalarining tajriba-sinov partiyasi
joʻnatildi. Bugungi kunda mahsulotlar dala sharoiti hamda “KAMAZ”ning stendlarida laboratoriya
sinovlaridan oʻtkazilmoqda. Sinov ishlari yakunlanishi bilan har yili 1 million AQSH dollaridan ortiq
miqdordagi 10 ming dona akkumulyator batareyalari yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma
imzolanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Belarusning “MAZ” OAJ bilan muzokara olib borilmoqda. Ular bilan 6-ST220
batareyalarini ishlab chiqarish narxi kelishib olindi. “MAZ”ga yiliga 12 ming dona akkumulyator
batareyalarini yetkazib berish koʻzda tutilgan.
28.jpg
Korxonada mahsulotlarning sifatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
– 2006-yildan boshlab zavodimizda ISO 9001 standartiga amal qilinib kelinmoqda, – deydi
korxonaning istiqbolli rivojlantirish va mahsulot sifati boʻyicha direktori Botir Xolmirzayev. –
Avtomobilsozlik sanoati uchun qoʻllaniladigan IATF 16949:2016 “Avtomobil vositalari sifat
boshqaruvi tizimi standarti” joriy etilib, xalqaro sertifikat olingan. Shuningdek, ISO 50001 energiya
boshqaruv tizimining standarti joriy qilingan va amalda qoʻllanilmoqda. Hozirgi vaqtda ISO 14001
ekologiya sifat boshqaruv tizimi va ISO 45001 sanoat xavfsizligi standartlarini joriy etish jarayoni
davom etmoqda.
Joriy yilda avtomobilsozlik sanoatidagi yetakchi korxonalar orasida “Jizzax akkumulyator zavodi”
AJ 86 foizli koʻrsatkich bilan biriktirilgan sifat tizimi – BIQSning 3-darajasiga erishdi. Keyingi yilda
93 foizli koʻrsatkich bilan 4-darajaga erishish rejalashtirilgan.
Zavodda analitik va sinov laboratoriyasi ISO IEC 17025 xalqaro standartiga muvofiq
akkreditatsiyadan oʻtgan. Bu yerda xalqaro sifat standartlariga muvofiq kimyoviy, elektr va mexanik
sinovlar oʻtkazilayotir. Ushbu sinovlarga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati xorijiy
mahsulotlarning har qanday koʻrsatkichlaridan kam emas. Oʻtgan yili Rossiyadan laboratoriyada
sovuq aylantirish tokini aniqlash uskunasi sotib olindi va ishga tushirildi. Ushbu uskuna
batareyalarni tayyor holatda testdan oʻtkazish imkonini beradi.
Mahsulot sifati ishchi-hizmatchilarning malakasiga bogʻliqligi nazarda tutilib, kadrlar tayyorlash va
qayta tayyorlash tizimli yoʻlga qoʻyilgan. Shu maqsadda korxonada Jizzax politexnika instituti
oʻqituvchilari jalb qilinib, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib kelinayotir. Bundan tashqari, korxona
mutaxassislari oʻz bilimlarini “Oʻzstandart” agentligi SMSITI malaka oshirish markazi hamda Turin
politexnika universitetida oshirib kelmoqda. Birgina 2017-yilning oʻzida 339 ta ishchi va 24 ta
mutaxassis, 2018-yilda 317 ishchi va 11 ta mutaxassis, joriy yilning birinchi yarimida 218 ta
operator va 10 ta mutaxassis malakasini oshirdi.
Mavjud boshqaruv tizimlarini sertifikatlash boʻyicha xalqaro organlar tomonidan sifat darajasining
tan olinishi “Jizzax akkumulyator zavodi” AJning ishlab chiqarishni xalqaro standartlar darajasiga
chiqarish imkonini hamda respublika va xalqaro miqyosda korxonaning ishbilarmonlik obroʻsini
yanada oshishiga imkon yaratmoqda.
Korxonada mahalliylashtirish dasturi izchil amalga oshirilayotgani iqtisodiy samaradorlikning
oʻsishida asosiy omillardan biri boʻlmoqda. Mahalliylashtirish darajasi 2017-yilda 58 foizni tashkil
etgan boʻlsa, 2018-yilga kelib 82 foizga, joriy yilda esa 90 foizga yetdi. Bunga asosan qoʻrgʻoshin
importidan voz kechish tufayli erishildi.
Statistik tahlillarga koʻra, mamlakatdagi avtoparklarda har yili oʻz davrini ishlab boʻlgan
akkumulyator batareyalaridan 28 ming tonna qoʻrgʻoshin lomi hosil boʻlishi aniqlandi. Bu
qoʻrgʻoshin lomining atigi 5-7 ming tonnasi yoki 20-30 foizi yigʻib olinar, qolgan asosiy qismi xorijiy
mamlakatlarga olib chiqib ketilar yoki aholi qoʻlida qolardi. Eski akkumulyator batareyalarini kesish
jarayonida hosil boʻlayotgan 9 ming tonna atrofidagi elektrolit toʻkib tashlanishi esa atrof-muhitga
jiddiy zarar yetkazar edi.
Bularning barchasi inobatga olinib, oʻtgan yili korxona tarkibida chiqindilarni qayta ishlovchi loyiha
qiymati 10 milliard soʻmlik “Jizzax akkumulyator zavodi distribyutor” MCHJ tashkil etildi.
Ikkilamchi qoʻrgʻoshin lomini qayta ishlash uchun yangi uskunalar oʻrnatilishi natijasida rotor
pechining bir meʼyorda ishlashi va qoʻrgʻoshin lomi yigʻishni koʻpaytirishga imkon yaratildi.
14.jpg
Ushbu liniyaning loyihaviy quvvati yiliga 19 ming tonna qoʻrgʻoshin chiqitini qayta ishlab, 12 ming
tonna toza qoʻrgʻoshin olishga moʻljallangan. Bu zavodning qoʻrgʻoshinga boʻlgan talabini toʻliq
qoplashdan tashqari, 4 ming tonna toza qoʻrgʻoshinni eksport qilishga imkon yaratadi. Shu
hisobdan yiliga 20 million AQSH dollari miqdoridagi valyuta mablagʻi tejalmoqda.
Mahalliylashtirish tufayli korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni “oʻzbek brendi” ostida
tashqi bozorda bemalol sotish imkoniyati yaratildi. Materiallar va butlovchi qismlarni
mahalliylashtirish tufayli, energiya va xomashyo tannarxining oshishiga qaramay, soʻnggi 3 yilda
mahsulot tannarxini 20 foiz atrofida pasaytirishga erishildi.
Korxona maʼmuriyati keyingi 3 yil mobaynida mahsulot sotish narxlarini oʻzgarishsiz qoldirish
boʻyicha oʻz oldiga aniq maqsadni qoʻygan.
Bugungi kunda korxonada 12 millatga mansub 650 dan ziyod xodim ishlaydi, ularning 30 foizdan
ziyodini yoshlar tashkil etadi. Barcha xodimlarning ijtimoiy himoyasi kafolatlangan, oylik ish haqlari
har yili oʻrtacha 30 foizgacha oshirib borilayotir.
Korxonaning 9 nafar xodimi samarali mehnati uchun davlatimizning orden va medallari bilan
taqdirlangan.
– Korxonada ishchi-xizmatchilar mehnat xavfsizligini taʼminlash, maishiy sharoitini yaratish,
madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etish va turmush darajasini oshirishga katta eʼtibor
berilayotir, – deydi korxona kasaba uyushmasi Ulugʻbek Oʻrozboyev. – Ishchilar bepul issiq ovqat,
maxsus kiyim va himoya vositalari bilan taʼminlangan, tibbiy xizmat, yillik profilaktik koʻriklar yoʻlga
qoʻyilgan. Korxona maʼmuriyati tomonidan 2017-yilda ishchilarni ijtimoiy himoya qilishga qariyb 3
milliard 760 million soʻm, 2018-yilda 6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Joriy yilda ushbu
maqsadlar uchun 10 milliard soʻmga yaqin mablagʻ ajratildi. Xususan, har bir xodimga oylik
maoshidan tashqari yiliga oʻrtacha 5 million soʻmdan ziyodroq mablagʻ sarflanmoqda.
18.jpg
Korxonada sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida oʻtgan yili futbol maydoni, yugurish
yoʻlakchasi, basketbol, gandbol, voleybol, tennis maydonchalari, kiyinish va yuvinish xonalari qurib
ishga tushirildi. Shuningdek, xodimlar oʻzlarining tashabbuslari doirasida trenajyor zal, fitnes-klub,
basseyn va boshqa sport turlarini mujassam etgan sport-sogʻlomlashtirish kompleksi
foydalanishga topshirildi. Turli sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.
Korxona xodimlarining Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayohatlari tashkil
etilayotir. Har yili 20 dan ortiq xodim respublika hamda xorijdagi dam olish maskanlarida hordiq
chiqarayotir.
Kam taʼminlangan ishchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida korxona tomonidan imtiyozli
shartlarda uy-joy olishga amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Bugungi kunga qadar 15 ishchi-xodim
yangi kottej va uy-joylarga ega boʻldi. Bundan tashqari, korxonaning mini zavodida ishlab
chiqarilgan gʻisht mahsulotlari xodimlar uchun tannarx bahosida sotilmoqda.
Keyingi uch yil davomida yosh oilalar va respublika hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida
oʻqiyotgan yoshlarga 291 million soʻmdan koʻproq homiylik yordami koʻrsatildi. Jumladan,
talabalarning 198 million soʻmlik toʻlov-kontrakt pullari toʻlab berildi.
Korxonada har yili yangi oʻquv yili oldidan, xodimlarning birinchi sinfga borayotgan farzandlari
uchun bayram tadbiri tashkil etilib, planshet-kompyuter hamda oʻquv qurollari va badiiy kitoblar
esdalik sovgʻa sifatida tarqatilayotir. Keyingi uch yilda 200 dan ortiq xodimlarning farzandlariga
qimmatbaho sovgʻalar berildi.
Uch yil oldin Sharof Rashidov tumani, Uobsoy qishloq fuqarolar yigʻini hududi togʻ yonbagʻridagi
soʻlim goʻshada ochilgan korxonaning “ENERJI” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida ishchi-
xizmatchilar farzandlari miriqib dam olishlari uchun maʼmuriyat va kasaba uyushmasi tomonidan
barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu oromgohda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari
federatsiyasi bilan hamkorlikda har yili korxona xodimlarining 300 dan ortiq, boshqa
korxonalarning 50 nafar, shuningdek, Orolboʻyi mintaqasidan 80 nafar bolalarning dam olishlari
tashkil etilmoqda.
3 270
T.BEKNAZAROV, OʻzA
9.jpg
Do'stlaringiz bilan baham: |