“Islom Karimov” nomli Davlat stipendiyasiga 5230100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo’nalishi 3-kurs 111-14-gurux talabasi Turdaliyeva Nazokatxon Alisher qizilar sovrindor bo’lganlar.
Institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarda shukronalik, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg’ularini yuksaltirish hamda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi”, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” asarlarining mazmun-mohiyati bo’yicha 9 marotaba o’quv seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilgan.
Davlat mustaqilligi, istiqlolga erishish natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlar: o’zlikni anglash, milliy-ma’naviy tiklanish, qadriyatlarimiz va madaniy merosimizning tiklanishi hamda demokratik fuqarolik jamiyati, obod turmushni barpo etish borasida erishgan marralarimizni talaba yoshlar, professor-o’qituvchilar va xodimlar, keng xalq ommasi orasida targ’ib etish, Davlat dasturida belgilangan vazifalar orqali ularning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini yuksaltirish maqsadida 28 marotaba targ’ibot-tashviqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan. Ta’lim va tarbiyaning uyg’unlashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda rivojlantirish yo’nalishida talaba-yoshlarlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatorlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Iqtisodiyot vazirligi boshqa davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddi xodimlari bilan 19 marotaba uchrashuvlar tashkil qilingan. Talaba-yoshlarning istiqlol yillari tarixi bo’yicha bilimlarini oshirish, siyosiy va huquqiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ilmiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida institut miqyosida 2 marotaba “Tafakkur sinovlari”, 5 marotaba “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovlari o’tkazilgan. “XXI asr – intellektual avlod asri” yosh olim va talabalarning ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirok etishlarini ko’zlab ilmiy to’garaklar faoliyatini kengaytirilmoqda.
Institut qoshidagi akademik litseyiga institutning byudjetdan tashqari mablag’lar (to’lov-kontrakt asosida o’qitish uchun tushumlardan tashqari) hisobiga o’quv-laboratoriya uskunasi, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi va boshqa tashkiliy texnika, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olishni ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 14 oktyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga o’tkazilgan akademik litseylarni to’liq inventarizatsiyadan o’tkazish to’g’risida”gi 87-04-1471-raqamli topshirig’i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2017 yil 16 oktyabrdagi 585-sonli buyrug’i ishlab chiqilgan. Ushbu buyruq bo’yicha ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar asosida institut byudjetdan tashqari mablag’lari (to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha 3 yillik chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tegishli mas’ul xodimlar tomonidan bajariladigan tadbirlar, bajarish muddatlari aniqlab olingan. Akademik litsey ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida Institutning yetakchi professor-o’qituvchilar tomonidan institutda o’qitilayotgan fanlar asosida 4 ta seminar-treninglar o’tkazilgan.
Institutni zamonaviy moddiy-texnik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 16 dona elektron doska, 16 dona videoproyektor, Videoproyektor SONY 28 dona, jami 117 mln so’mlik zamonaviy moddiy-texnik va axborot-kommunikatsiya jihozlari vazirlik tomonidan berilgan. 30 mln. so’m byudjet mablag’lari, 170 mln so’m byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 40 dona kompyuter olingan. Institutning 2-o’quv laboratoriya binosiga ximiya laboratoriyasi uchun 5 ta sinf xonalari qurib bitkazilgan. Bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 144 mln so’m mablag’ sarflangan. Institutning 1- o’quv laboratoriya binosiga fizika laboratoriyasi uchun yangi 4 ta sinf xonalari qurib bitkazilgan xamda yangi konditsionerlar o’rnatilgan. Bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 35 mln so’m sarflangan. Institutning 2-talabalar turar joyining yuvinish xonalari joriy ta’mirlangan. Bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 16 mln so’m so’m sarflangan. yer osti suv qudug’i ta’mirlangan bu ishlarga byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 1.5 mln so’m sarflangan. Institutga xar biri 1 megavattli 2 ta yangi ichki isitish qozonxonalari qurilgan. Bu ishlarga byudjet xisobidan 360 mln so’m mablag’ sarflangan.
Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini kerakli zamonaviy o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar, davriy nashrlar va multimediali mahsulotlari bilan boyitish maqsadida 144 nomda 1422 nusxa 15422445 so’mlik yangi o’quv adabiyotlari sotib olingan. SHundan 8 nomda 81 nusxasi Prezident kitoblari, 41 nomda 565 nusxasi darslik va o’quv qo’llanmalar, 81 nomda 410 nusxasi ma’naviy-badiiy nashrlar hamda 14 nomda 245 nusxa boshqa turdagi adabiyotlardir. 2017 yil uchun institut Axborot-resurs markazi tomonidan 91 nomdagi vaqtli matbuot nashrlariga obuna tashkil qilingan. SHundan 38 nomdagi gazeta va jurnallar yo’nalishlarga mos ravishda mutaxassislikka oid.
So’nggi Yangiliklar
Institut jamoasi 5 ta muhim tashabbus bo’yicha targ’ibot ishlarini davom ettirmoqda
18/05/2019
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali …Batafsil »
Institut talabalari tomonidan 5 ta muhim tashabbus bo’yicha targ’ibot ishlari davom etmoqda
18/05/2019
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning …Batafsil »
Andijon mashinasozlik institutiga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov tashrif buyurdi
17/05/2019
2019-yilning 16-may kuni Andijon mashinasozlik institutiga Oliy va o’rta maxsus …Batafsil »
Institutda ertalabki saf tortish yig’ilishi
15/05/2019
2019 yilning 13 may kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida …Batafsil »
Institutga Rossiya federatsiyasi UFA davlat neft texnika universiteti texnika fanlari doktori, professor N. R. Raximov tashrif buyurdi.
14/05/2019
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909, sonli qarorlarining …Batafsil »
Andijon mashinasozlik institutida sport oyligi davom etmoqda
14/05/2019
Batafsil »
Andijon mashinasozlik instituti kafedralar bo’yicha professor-o’qituvchilarning bo’sh o’rinlariga tanlov e’lon qiladi
13/05/2019
Andijon mashinasozlik instituti kafedralar bo’yicha professor-o’qituvchilarning bo’sh o’rinlariga TANLOV E’LON …Batafsil »
Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘lib o‘tgan “Adliya sayli” da institut jamoasi faol ishtirok etdi
11/05/2019
Jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, aholining barcha qatlamlari orasida …Batafsil »
O’zbekiston-24 kanalida Andijon mashinasozlik instituti haqida lavxa
11/05/2019
Batafsil »
9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan tantanavor paradda institut jamoasi faol ishtirok etdi
10/05/2019
Har tong uyqudan ko’z ochar ekanmiz beixtiyor tinch …Batafsil »
STATISTIKA
Online Users: 2
Today's Visits: 10 575
Total Visits: 3 575 291
Total Posts: 1 298
Last Post Date: 18/05/2019
XARITA
Biz bilan bog'lanish:
Tel/Faks: (0374)2234367
E-mail: info@andmiedu.uz
Manzil: 170100, Andijon sh, Boburshox 56
Transport: 14-avtobus, 2-, 222-yo'nalishdagi taksilar
STATISTIKA
Online Users: 2
Today's Visits: 10 575
Total Visits: 3 575 291
Total Posts: 1 298
Last Post Date: 18/05/2019
FOYDALI RESURSLAR
E'lonlar
ID.UZ
uMail.uz
ZiyoNET
Facebook
Google+
ENG DOLZARB
Institut jamoasi 5 ta muhim tashabbus bo’yicha targ’ibot ishlarini davom ettirmoqda
18/05/2019
Designed by Elegant Themes | Powered by WordPress
Do'stlaringiz bilan baham: |