Frans Kafka (1883-1924)



Download 30,92 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi30,92 Kb.
#886514
  1   2   3
Bog'liq
Frans Kafka (1883-1924)


Aim.uz

Frans Kafka
(1883-1924)
XX asr adabiyoti taraqqiyotini yangi yo‘nalishga solib yuborgan, inson va uning umriga o‘zgacha munosabatni qaror toptirgan Frans Kafka dunyodagi eng g‘aroyib va tushunarsiz taqdir egasi bo‘lgan ijodkordir, deyish mumkin. Millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra pragalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstriyalik bo‘lgan yozuvchi o‘zida mutlaqo kelishtirib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik, chigalliklarni jamlagan odam edi. Kafkaning asarlari inson tafakkurini o‘zgartirib yubordi, uning adabiyot haqidagi tasavvurini yangiladi, odamga o‘zgacha estetik nuqtayi nazardan qarash mumkin ekanligini isbotladi. Uning asarlari kishilarga Botishdan oftob chiqqanini ko‘rishday ta’sir qiladi. Qizig‘i shundaki, F. Kafkaning ijodiy taqdiri ham shaxsiy hayotiga o‘xshash chigal edi. Undan uch roman qolgan bo‘lib, uchalasi ham tugallanmagan edi, uchovi ham adibning o‘limidan keyin chop etildi.
Adibning shaxsiyati, hayot va ijod yo‘li. Shaxsiyati, hayoti va ijodiy qismati hanuzga qadar ko‘pchilik uchun jumboq bo‘lib kelayotgan Frans Kafka 1883-yilning 3-iyulida o‘sha paytlar Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lgan Praga shahrida tug‘ildi. Otasi, qishloqdagi o‘ta qashshoq yog‘och o‘ymakorining o‘g‘li-sog‘lom, mehnatkash, tirishqoq va baquvvat kishi shaharga kelib, intiluvchan va tadbirkorligi orqasidan o‘ziga to‘q odamga aylandi, kichikroq fabrikaning egasi bo‘ldi. Uch qizi va o‘g‘li Fransning kamchilik ko‘rmay o‘sishlari uchun hamma narsani qildi. Ularga mehr ko‘rsatdi, kelajagini ta’min etmoqchi bo‘ldi. Lekin o‘zining tamomila teskarisi bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘li bilan bir umr kelisholmay o‘tdi. Fransning onasi ruhoniylar oilasidan edi. Erining qosh-qovog‘iga qaragan bu xokisor ayolning oilada bor-yo‘qligi unchalik ham bilinmasdi.
Fransning bolaligi g‘alati o‘tdi. U g‘oyat ichimdan top, boshqalarga qo‘shilmaydigan, tengdoshlariga o‘xshab shovqin-suron qilmaydigan, hatto buni yoqtirmaydigan bola edi. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901-1905-yillarda mashhur Praga universitetida huquqshunoslikni o‘rgandi. Shuningdek, san’at tarixi va olmonshunoslik bo‘yicha ham ma’ruzalar tingladi. 1906-1907-yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o‘tadi. 1907-yilning oktabridan boshlab, xususiy sug‘urta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908-yilda Praga tijorat akademiyasida shu ixtisoslik bo‘yicha malakasini oshirdi. Shu yilning o‘zida ishlab chiqarish jarohatlari bilan shug‘ullanadigan yarim davlat sug‘urta idorasiga ishga kirdi. U doktorlik ilmiy darajasiga egaligiga hamda o‘zi qilayotgan ishga g‘oyat jiddiy munosabatda bo‘lganiga qaramay, bir umr kam haq to‘lanadigan kichik lavozimlarda ishladi. 1917-yilda sil kasaliga duchor bo‘ldi. Shu yildan e’tiboran xizmatga muntazam qatnamaydigan, tez-tez ta’til oladigan bo‘ldi. 1922-yilda esa salomatligiga ko‘ra nafaqaga chiqdi. Shundan so‘ng, 1923-yilda Berlinga ketdi. U yerda biroz davolanib, adabiy yumushlar bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi. Lekin sog‘lig‘ining keskin yomonlashib ketganligi tufayli adib Pragaga qaytishga majbur bo‘ldi. Frans Kafka 1924-yilning 3-iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etdi.
Shunisi qiziqki, Frans Kafka ijodini muayyan bosqichlarga bo‘lib o‘rganishning, uning qaysi asari qachon yozilib, qachon chop etilganini aniqlab, uning mahorati qanday o‘sib borganligini aniq tayin qilishning imkoni yo‘q. Negaki, u ko‘proq o‘zi uchun yozadigan adib edi. Shu bois bitganlarini eng yaqin kishilariga, shunda ham unchalik xushlamay ko‘rsatar, tirikligida chop etilgan bir necha asarini esa, do‘stlarining zo‘rlovlari bilan nashriyotga topshirgan edi. Ko‘pincha, uning yozganlari stoli tortmasida qolar edi. Shuning uchun ham dunyo adibning adabiy merosi miqyosidan uning o‘limidan so‘nggina xabardor bo‘ldi. Kafka o‘z asarlarini yaxshi ko‘rmas, ularni chop ettirishga deyarli qiziqmas, hatto o‘limi oldidan do‘sti Maks Brodga o‘zining chop etilmagan barcha qo‘lyozmalarini tezda yoqib tashlashni vasiyat qilgan edi. «Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman «, -degandi F. Kafka do‘stlaridan biriga. U o‘z asarlari haqida: «Men ularni yaratgan onlarnigina hurmat qilaman, xolos», -derdi. Shunga qaraganda, Frans Kafka asarlarini shuhrat orttirish yoki qalam haqi uchun emas, balki yozmaslikning ilojini topmagani uchungina yozgan deyish mumkin.
Adabiyotshunoslar Kafkaning birinchi asari «Bir kurash tarixi» hikoyasi bo‘lib, taxminan 1902-1903-yillarda yozilgan, so‘nggi asari esa, adibning kasali avj olgan 1923-yilda yaratilgan «Qurilish» hikoyasi, deb hisoblashadi. Boshqa hikoyalarining qachon yozilgani ma’lum emas. Shunisi borki, yozuvchining romanlari yaratilgan yillar aniqlangan. Mutaxassislar adibning birinchi romani «Amerika» 1911-1916-yillarda, ikkinchi romani «Jarayon» 1915- 1918-yillarda, so‘nggi romani «Qo‘rg‘on» esa 1921-1922-yillarda yaratilganini aytishadi. Yozuvchining «Evrilish», «Hukm», «Jazo koloniyasida», «Ochlik ustasi» singari hikoyalari, «Otamga xat» essesi hozirda juda mashhurdir.
Hurmatli o‘quvchi! Siz Kafkaga o‘xshagan yozuvchi ijodi namunasiga ilk bora duch kelyapsiz va uning bitganlarini o‘qib, dastlab hech narsa tushunmasligingiz mumkin. Kafkaning asarlaridagi chigallik, tushunarsizlik, betayinlikka o‘xshash holatning sababini bilish uchun uning shaxsiyatiga xos xususiyatlardan xabardor bo‘lish talab etiladi. Negaki, u olamni, odamni, hodisalarni boshqalar singari emas, balki o‘zicha ko‘radi va olamni boricha emas, balki o‘zi ko‘rganicha aks ettiradi. Uning yozuvchi sifatidagi nigohi, qarashlari esa odam sifatidagi qarashlari o‘zgachaligining in’ikosi edi.
Aytilganidek, Kafka g‘alati shaxsiyat egasi bo‘lgan. G‘oyat qobiliyatli, o‘ziga xos Frans bolaligidanoq hech kimga o‘xshamasdi. Jismonan ojiz, kasalmandroq bola juda ta’sirchan va asabiy bo‘lib o‘sdi. U hamma narsadan ko‘ra ozodlikni, erkni sevar, lekin hech qachon erksevarligini ochiq namoyon etmas, ozodlikdan quvonib ketmasdi. Adib yolg‘izlikni yaxshi ko‘rib, intilar va ayni vaqtda, tanholikdan o‘tdan qo‘rqqanday qo‘rqardi. Frans onasini yaxshi ko‘rar, lekin sira tushunolmasdi. Otasidan juda cho‘chir, uni o‘zicha ayamoqchi, ko‘nglini olmoqchi bo‘lardi. Yaratib bergan barcha imkoniyatlar uchun otasi oldida o‘zini qarzdor his qilar, shu bilan birga, o‘zidagi tortinchoqlik, kuchiga ishonmaslik va ikkilanuvchanlikning sababchisi sifatida uni juda yomon ko‘rardi. Kafka shaxsiyati qarama-qarshi tuyg‘ular, xislatlar, qarashlarning uyumi bo‘lgan, deyish mumkin.
Kafka alohida har bir odamni yaxshi «ko‘rib, ayagani, uning baxtiyor bo‘lishini istagani holda odamlardan imkon qadar chetda turishga, o‘z holicha yashashga intilardi. Yozuvchi: «Uylanish, oila qurish, menimcha, odam qilishi mumkin bo‘lgan ishning eng yuksagi», -deya e’tirof etgani, Yuliya Voxrshek degan qizga bir marta, Felisiya Bauer degan qizga ikki marta unashtirilganiga qaramay, oila ham qurmadi, farzand ham ko‘rmadi. Yaqin odamlari ko‘p bo‘lsa-da, uni tushunadigan chin do‘sti yo‘q edi. Intizomli va bilimdon xodim bo‘lishiga qaramay, xizmat vazifasida ko‘tarilmadi. O‘zini «adabiyotman» degani holda, bor kuchini sarflab ijod qilmadi. Lekin uning, sirtdan qaraganda, ermakka qilgan ijodi odam va uning tasviri mohiyati haqidagi estetik qarashlarni ostin-ustun qilib yubordi. Chunki Kafka olamni ham, odamni ham tamomila o‘ziga xos ko‘rardi va o‘ziga xos tasvirlashdan qo‘rqmasdi. U o‘zidan tashqaridagi borliqdan ta’sirlansa-da, asarlarida undan nusxa ko‘chirmas, voqelikni aks ettirmas edi. Yozgan asarlari vositasida adib o‘z ichki dunyosidagi ruhiy talotumlarni tashqariga chiqarib, ularning zug‘umidan qutulishga harakat qilardi. Shu sababli ham Kafkaning bitiklari tamomila kutilmagan va o‘ziga xosdir.


Download 30,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish