O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
AMALIY PISIXALOGIYA YO’NALISHI
19.64-GURUH TALABASI
FOZILOV BAHTIYORJONNING
FALSAFA FANIDAN
M U S T A Q I L I S H I
Mavzu: Moniylik va moniylik falsafasi tarqalishi.
Farg’ona - 2020
Moniylik
Markiziy Osiyoda yeramizdan avvalgi V asrdan yangi yeramizning II-III asrigacha quldorlik tuzumi hukmron yedi. V asrda yesa feodalizm shakllandi. Moniy Yeronda 216-277 yillarda yashagan faylasuf, monizm talimotining asoschisi va targ‘ibotchisidir. U 242 yili Yeron podshosi Shopur 1 ning podsholik tojini kiyish marosimida o‘z talimotini bayon qilgan.
Uning talimoti falsafiy mazmunida dualizm mavjud bo‘lib, Moniy Samo Nuri yelchisi hisoblangan. Uning talimotida xristianlik bilan zardo‘shtiylik qorishmasi asos hisoblana-di. U borliqning 2 mustaqil substansiya: yorug‘lik, yaxshilik, ruh olami bilan zulmat, yovuzlik olamining o‘zaro kurashini targ‘ib yetuvchi zardo‘shtiylik g‘oyasini olgan, xristianlikda yesa messionerlik (a
i gunohlardan xolos yetuvchi payg‘ambar, yelchining kelishi, adolatli jamiyat o‘rnatilishi to‘g‘risidagi) talimotini olib har ikkisini umumlashtirgan. Moniy olam ikkita deb hisobladi. Uningcha, birinchi olamda xudo, ikkinchi olam kurashi halokat bilan tugaydi. Natijada materiya yengilib ruh ozodlikka chiqadi. Moniy talimotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 ta unsurdan (ruh - Nur farzandi va jism - zulmat farzandi) iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniyning ijtimoiy talimotida pes-simizm, passivlik ruhi mavjud. Moniy talimotida urushmaslik va mol-dunyo yig‘maslik g‘oyalarini targ‘ib qilgani uchun zardo‘shtiy kohinlari va Shoh Bahrom I Moniyni 275 yilda zindonga tashladilar va 277 yilda qatl qildilar. Moniy izdoshlari mamlakatlarda keng tarqalgan yedi. 296 yilda Rim imperatori Diokletian moniylikka qarshi farmon (edikt) yelon qildi. Moniy talimoti mayda sektalarga ajralib ketdi. Ulardan biri mozdakiylik deb ataldi.
Moniylik talimoti xitoylik Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan bog‘lanadi. Uning talimoti koinotda nur bilan zulmat o‘rtasida kurash bo‘lishiga asoslanadi. Shu sababli ham nur – Quyosh, Oy, ya
i nur taratuvchi osmon jismlari muqaddas sanaladi va ularga tangri nomi bilan sig‘iniladi. Nur va zulmat o‘z mantig‘ini yaxshilik va yomonlik kurashida topadi. Moniylik VIII asrda uyg‘urlar o‘rtasida asosiy din sifatida tarqalgan. Tarixiy malumotlarga ko‘ra, Buguxon 762 yilda Chin (Xitoy)ga safar qiladi. U yerda Moniy rohiblari bilan tanishadi, mamlakatiga qaytishida rohiblarni o‘zi bilan birga Qorabolg‘asun shahriga olib keladi. Moniylik turkiy adabiyot rivojiga tasir ko‘rsatgan dinlardan biridir. Bu oqimning tasirida turkiy adabiyotda «Xuastuanift» («Moniylar tovbanomasi») asari yuzaga kelgan. Uning qadimgi turkiy tildagi uchta nusxasi malum. Ulardan London va Berlin nusxasi moniy, Sankt-Peterburg nusxasi yesa yeski uyg‘ur yozuvida bitilgan. Asarning yaratilish davri V.V.Radlov fikricha, taxminan V asr, S.Ye.Malov xulosasiga ko‘ra VII asrga to‘g‘ri keladi. O‘zbek olimlaridan professor N.Rahmonov tadqiqotlarida «Xuastuanift»ning g‘oyasi, tuzilishi, ahamiyati keng o‘rganilgan. Asar moniy jamoasi azolarining madhiyasi, ayni paytda nizomi ham hisoblanadi. «Xuastuanift» 15 bo‘limdan iborat. Kitobning ikkinchi bo‘limida Kun va Oy tangrilarning moniylikdagi vazifalari ko‘rsatiladi hamda ularning haqiqiyligini tan olishga chaqiriladi. S.Ye.Malovning «Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar» kitobida ham moniylarning tangriga tovba-tazarrulari bitilgan ibodatlaridan parchalar keltirilgan.
Moniy talimotiga ko‘ra, borliqning ikki asosi bor. Birinchisi - yorug‘lik, yaxshilik bo‘lsa, ikkinchisi - ruh va zul-matdir. Shuning uchun ham inson ikki unsurdan - ruh va jismning yig‘indisidan iborat. Ruh nur farzandi bo‘lsa, jism zulmat farzandidir. Shuning uchun inson hamisha zul-matga, yovuzlikka qarshi uzluksiz kurash olib boradi. Bunday kurash davomida inson, shubhasiz, yorug‘lik tarafida bo‘lmog‘i, zulmat ustidan g‘alaba qilmog‘i kerak. Bunday ulkan g‘alabani qo‘lga kiritishning yeng muhim sharti - yuksak ma
aviy-ax-loqiy yetuklik, molu-dunyoga xirs qo‘ymaslik, faqirona, kam-tarona yashash, ko‘ngli poklik va rahmdillik, jonzotlarga ozor bermaslik, har bir tirik mavjudotni asrab-avaylash-dir. Shuning uchun ham Moniy odamlarni hayvonlar go‘shtini tanavvul qilishdan o‘zini tiyishga davat yetdi.
Moniyning falsafiy-axloqiy qarashlari, moniychilar-ning tavbanomasi - “Xuastuanift” asarida yanada yaqQolroq namoyon bo‘ladi. Qadimshunoslarning fikricha,“Xuastuanift” qadimiy Yeroniy tillarning birida yaratilgan, keyinchalik Moniy talimotini kengroq yoyish maqsadida boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. Uyg‘ur hoqonligi davrida mo-niychilik, ayniqsa turklar orasiga keng tarqalgan. Asarda olg‘a surilgan yeng asosiy g‘oya bu dunyoda qilingan gunohlar uchun Xudodan kechirim so‘rashdir. Shuning uchun ham “Xaustu-anift” Moniy ibodatxonalarida ommaviy ravishda qiroat bilan o‘qilgan.1
Moniy talimoti Yeron va Turonda Sosoniylar hukm-ronlik qilgan zamonlarga to‘g‘ri keldi. Sosoniylar zardush-tiylik diniga sig‘inar yedilar. Moniyning bazi fikr-mulo-hazalari (masalan, hayvonlar go‘shtini tanavvul qilmaslik g‘oyasi) yesa zardushtiylik qoidalariga zid yedi. Shuning uchun ham Sosoniy hukmdorlar Moniy talimotini targ‘ibot va tashviqot qilishni man yetdilar. Shunday bo‘lishiga qaramas-dan Moniy o‘z ye iqodini Kashmir va Tibet o‘lkalarida (Sharqiy Turkiston) targ‘ibot va tashviqot qilaverdi. Oqi-batda zardushtiylik, buddiylik, brahmanlik va xristianlik-ning bazi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan Moniy talimoti nafaqat Sharqiy Turkiston, Xitoy, balki Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarga ham keng tarqaldi.
Moniy talimotida xalq ommasi manfaatini ko‘zlovchi demokratik tamoyillar ham kuchli yedi. Shuning uchun ham Mo-niy talimoti o‘sha zamon hukmdorlarining keskin qarshili-giga sabab bo‘ldi. Oqibatda, Kashmir va Tibet o‘lkalaridan o‘z vataniga qaytgach, Yeron shohi Bahrom I ning farmoni bilan zindonga tashlandi va 777 yilda og‘ir qiynoqlardan so‘ng qatl yetildi. Uning boshi Gundishopur shahri maydoniga ilib qo‘-yildi. Moniyning izdoshlari ham turli qiynoqlarga mahkum qilindi. Hatto Rim imperatori Diokletian 296 yilda mo-niylikni taqiqlovchi maxsus farmon yelon qildi.
Moniylik tavbanomasi
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar ye`tiqodida alohida oqim bo`lib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uyg`ur qavmlarida shakllangan.
Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi a`zolarining madhiyasi va nizomi hamdir.
Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni o`z ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini o`zgartirmagan holda davom yettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qo`yishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab bo`ladi. Moddiy olam yesa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uyg`unlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Moniylik she`rlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk she`riyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi.
MONIYLIK — II-III asrda Yeronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy. Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi o‘zaro kurashni ye irof yetishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka ko‘ra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik talimotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi) dan iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri yelchisi hisoblangan. Moniyda zardushtiylik va xristianlik g‘oyalari mavjud.
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar ye`tiqodida alohida oqim bo`lib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uyg`ur qavmlarida shakllangan.
Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi a`zolarining madhiyasi va nizomi hamdir.
Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni o`z ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini o`zgartirmagan holda davom yettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qo`yishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab bo`ladi. Moddiy olam yesa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uyg`unlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Moniylik she`rlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk she`riyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |