ABU NASR FOROBIY
Aflotun, qonunlarni joriy qilish uchun davlat boshqaruvida tayyorgarlik ko’rilgan taqdirdagina shahar tartiboti mukammal bo’lishi mumkinligini eslatadi. Bu tayyorgarlik ishlari qonunning ustuvor va nufuzli bo’lishini ta'minlaydi. Shu munosabat bilan u, kashtaning guli va chokini misol keltiradi. U ikki xil davlat boshqaruvi mavjud ekanligi haqida gapiradi. Bir xilida odamlar ustidan hokimlar turadilar, boshqasida qonunlar hokimlarga ham taalluqli...
Aflotun, boshqa bir foydali g’oya - hokimiyat haqida eslatib o’tadi. Ilohiy qonunni idrok etishga tayyorgarlik ko’rish va quyidagi yana ikki g’oyani amalga oshirish uchun hokimiyatga ehtiyoj paydo bo’ladi. Bu g’oyalardan biri - sa'y-harakati, hunarlari va maqsadlari (adolatli) hokimlarga qarshi bo’lgan yovuz niyatli odamlardan shaharni tozalashdir. Boshqa bir g’oya -- pand-nasihat yo’li bilan faravonlikka intilish va odamlarning ilohiy qonunni osonlikcha va quvonch bilan qabul qilishlarini ta'minlashdir. Aflotun misollar keltirib, ushbu fikrlarni qisqacha ifodalaydi...
Aflotunning fikricha, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to’g’ri taqsimlashdir. Shunga e'tibor qilish kerakki, ko’pchilik odamlarning ishi jo’nlashib, bachkanalashib ketmasin, zarur narsalarning ozayib ketishi odamlarni faqir ahvolga solib qo’ymasin. Avvalo, yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda zarur narsalar bo’lgan oziq-ovqat, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerak. Aflotun taqsimot ishini juda qiyin, lekin zarur ish ekanligini eslatadi. Rahbar o’z qonunlarini asoslab aks ettirishi lozim. Aflotun o’z zamonasida ma'lum bo’lgan misollarni keltirib, sohibi qonunlar shahar aholisiga yer bo’lib berayotganlarida qonun loyihalarining joriy qilinmoqchi bo’lgan bo’limlarini xalqdan yashirmasliklari kerakligini aytadi.
Bolalar va o’smirlar hamda johil odamlar masalasiga Aflotun yana bir bor qaytib, ularni qanday boshqarish kerakligini ko’rsatadi. So’ngra u, qonunlarni va boshqaruvni hurmat qilish hamda ularga jiddiy ehtirom bilan qarash
82
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
zarurligi haqida gapiradi. Aflotun, mulkni befoyda jamg’arishdan farqli ravishda mulk egasi bo’lish yomon odat emasligini, chunki mulk halollik bilan to’planadigan bo’lsa, qashshoqlikda yashashga qaraganda badavlatlik afzal ekanligini tushuntiradi. Agar mol-mulk nafsoniyat uchun to’planadigan bo’lsa, unda odam bir kun uyatga qoladi. Shunday qilib, manfaatdan o’zini tiyish, qanday qilib bo’lsa ham nopok yo'l bilan erishilgan manfaatdan yaxshiroq. deydi u. Bu bobda Aflotun mol-mulk orttirishning yo’llari haqida batafsil gapiradi va yunonlarga ma'lum bo’lgan usullarning qaysi biri halol, qaysilari haromligi haqida misollar keltiradi, Bu fikrlar sayohat va tijoratga ham taalluqli. Aflotunning fikricha bu halol ishlarning majmuasi: avlodga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish va ruh hamda badanning e'zozlanishi tufayli tahsinga sazovor ish hisoblanmish qonunlar muqaddimasi bo’lgan tarbiyadir. Boshqalarga zarar keltiradigan narsalar esa yomonlanadi. Zararkunandalikdan voz kechish, zarar-kunandalikka intilishdan afzaldir, chunki tarbiya va qonunlarning maqsadlari -- odamlarni yomon ishlardan tiyishdir. Qonun chiqaruvchining faqirlarga va boylarga bir xil e'tibor berishi shartligi, ularning ruhlarini tuzatuvchi va yaxshilovchi qonunlar yaratishi zarurligi haqida u ko’p gapiradi.
Rahbar yana og’irlik o’lchovi, don-dun va shakarga o’xshash narsalar o’lchovlari haqida ham hech kimga zarar keltirmaydigan savdo haqida qonunlar chiqirishi kerak. Shu bilan birga qonun chiqaruvchi, qonunlarda hamma badavlat va faqir kishilarning ahvolini aks ettirishi zarur, toki qonimlarni buzuvchi va o’zining nuqsonlarini oxirigacha tuzatmay razilliklarni yangilovchi odamlar toifasi nazardan tushib qolmasin...
OLTINCHI BO’LIM
Bu bobda Aflotun, fozillar shahrida hokimlar va hokimiyat durust tabiiy tartibga keltirilgan bo’lishini, bunday tartib bo’lmagan shahar yaxshi hisoblanmasligini tushuntiradi.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |