Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet46/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FORORIY ——
So’ngra Arastu aytadiki, osmon va yerdagi tuyg’u bilan his etiladigan narsalar va ko’zga ko’rinadigan holatlarni hamda ruhning o’zidagi tuyg’ularning mavjudligi sabablarini bilishga ruh doimo intilib turadi. Ruh yana, ruhiyatda paydo bo’ladigan boshqa g’oyalar va xotiralarning haqiqiy mohiyatini, hoh ular mazkur odam ruhida paydo bo’layotgan bo’lsin, hoh boshqa bir odam ruhida paydo bo’lib, unga (mazkur odamga) ma'lum bo’lgan bo’lsin, baribir bilishga intiladi. Ammo bularning hammasi avvalgi istalayotgan maqsadlar (majmuasiga) kirmaydi. Ularni idrok etish bilan ruh na sog’lomMk va na boshqa biror narsa uchun foyda topmaydi, ulardan ruh faqat bilimni bilim sifatidagina o’zlashtiradi. Yuqorida aytilgan narsalardan bir nimani bilib olgan odam quvonch va huzur topadi.
Agar inson xayrixohlik, go’zallik, olijanoblik va ulug’vorlikka boshqa odamlar orqali emas, balki o’zi va o’z ruhi o’rtasidagi mavjud narsa orqali erishgan bo’lsa, ul (odam) haqiqatan ham xayrixohlik va barkamollikka erishadi. Buni uning o’zidan boshqa hech kim sezmagan taqdirda ham uning nihi ulug’vor va olijanob bo’ladi va o’sha odam bu fazilatlarga erishganidan bag’oyat xursand bo’ladi. Shu bilan birga u odam ma'lum bir darajada ushbu xayrixohliklarni unga xalq baxshida etgan deb o’ylaydi. Yoki o’zidagi fazilatlarning barkamolligi, ulug’vorligi va tahsinga sazovorligiga, ayniqsa ko’pchilik odamlar erishib bo’lmaydi deb tasavvur qilgan xayrixohliklarga erishganiga xalq sababchi, deb o’ylaydi.
Ammo ko’pchilik, yuqorida zikr etilgan narsalar va ma'liimotlarni bilish shart emas, istaluvchi maqsadlarga uiarning foydasi tegmaydi, aksincha, o’zining zaruriyati va foydaliligi bilan ham ortiqchadir, deb hisoblaydilar. Shunga qaramay ular (bu bilimni) ulug’vor va olijanob deydilar. Inson intiluvchi bilimni ular avvalan ikki xilga bo’ladilar: a) o’sha istalgan to’rt maqsaddagi sog’lomlikka erishishda inson foyda topishiga yoxud eng yuksak darajadagi sog’lomlikka molik bo’lishda yordam beruvchi, xohlanmish bilim; b) o’zi har qancha foydali bo’lsa ham ortiqcha bo’lgan biror narsa uchun emas, balki o’z-o’zicha xohlaniladigan bilim. Bilimning bunday bo’lishi to’g’ri, chunki u, ruhlar orasida aloqa
98
ARASTU FALSAFASI
o’rnatilishidan ancha oldin ruhlarning o’zlari (ayrim-ayrim) o’sha bilimlarga intilishlariga imkoniyat yaratadi. Ushbu bilimlardan biriga harakatni (uning yordamida) ro’yobga chiqarish uchun murojaat qiladilar. Boshqa bilimdan o’zlarini tortadilar. Bilimning birinchi xili - "amaliy", ikkinchisi esa. - "nazariy", deb ataladi.
Ammo odamlar, o’sha to’rt istaluvchi maqsadlardan nimalar foydali emasligini fahm etish uchun ba'zan o’z his-tuyg’ularidan foydalanadilar. Ular sezgi-hissiyot orqali idrok etiluvchi narsalarni bilishga intiladilar, ammo ularni o’z sezgilari tufayli idrok qilsalar ham masalan, haykaltaroshlik, inja rasmlar, orombaxsh kuylar, xushbo’y islar, nozik buyumlarni bilgan kabi bilsalar-da, ulardan istalayotgan maqsadlarga (erishish) uchun emas, balki faqat zavq olish uchungina foydalanadilar. Bu holda zavqning ma'nosi, xayrixohlikka erishishdan, xayrixoh (zavqqa) erishish ma'qul ko’rilganidan iborat bo’lib qoladi xolos, Huzurga erishmay huzurlanib bolmaydi, unga sezgi-tuyg’u orqali erishilgandagina u namoyon bo’ladi va sezrnay turib tuyg’usiz huzur olib bo’lmaydi. Boshqa sezgi orqali erishiladigan bilimlar ham shu yo’sinda mavjuddirlar. Ba'zan inson idrok etishi vabilishi orqali zavq oluvchi sezgi-tuyg’u orqali idrok etiladigan narsalarning mavjudligi sababini (ko’rsatuvchi) bilimlarga nisbatan bu bilimlar (ya'ni faqat his etib olingan bilimlar) tashqi bilimlardirlar. Ammo inson afsonalar, latifalar va xalq rivoyatlarini bilishdan ham quvonib, huzur oladi. Biming (haqiqiy) quvonch olish uchun ahamiyati yo’q. Hikoya qiluvchi, afsonalarni aytuvchilar, she'riyat va xalq rivoyatlarini eshituvchi, keyin boshqalarga aytib beruvchilarga nisbatan bo’lgan fikr ham shunday. Odamga aytib berilgan va "o’qilgan" she'riyat hamda afsonalardan paydo bo’ladigan hissiyotlar u oladigan quvonch, halovat va huzurni vujudga keltiradigan hissiyotlardir. Eng yuksak, barkamol bilim (darajasiga) erishgan har bir inson eng yuksak huzurga molik bo’ladi. U ruhda barkamol bilimga erishgan chog’da undan oladigan huzuri ham to’laqonli va barkamol bo’ladi. Bu bilimlar va kamolat ham faqat o’zicha bilim va kamolat bo’lib qoladilar va huzurni, aytilgan istaluvchi to’rt maqsadda emas, ularning o’zidan
99


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish