ABU NASR FOROBIY___________________________________
BESHINCHI BO’LIM
Arastu bularning hammasini diqqat bilan o’rganib chiqqandan so’ng aylanma harakatning eng chetida turuvchi jismlar, mavjud narsalarning qandaydir mohiyati ekanliklari va hech vaqt u mohiyat na tabiat hodisasi, na jism bo’lishi mumkin emasligi, u na jismda va na moddada bo’lishi mumkin emasligi unga ravshan bo’ladi. Ularni, tabiiy narsalarga nisbatan qo’Haniladiganga o’xshash usulda tadqiq etmay, balki butunlay boshqacha uslub bilan tadqiq etish kerak bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilganlar, Arastu tabiat haqidagi fanga mansub degan asosiarning majmuasini tashkil etadi. Ular haqida Arastu "Fizik garmoniya" nomli kitobida so’z yuritgan.
U o’zining "Fizik garmoniya" kitobida batafsil yoritgan mavzuni yana boshqa bir kitobida ham davom ettiradi. Bu kitobni u, zarurat nuqtai nazaridan, shunday bir jism bo’lishi kerakki, u jism o’z atrofida tuaivchi, boshqa jismlarni harakatga keltirishi zarur. degan fikr bilan boshlaydi. Ammo bu jismlar mutlaq bo’shliqda emaslar. Yana ushbu jism boshqa yondosh jismlarga tutashishi va tegib turishi kerak, chunki ular orasida hech vaqt bo’shiiq yo’q. Bir-biriga yaqin va yondosh jismlarni o’z ichiga olgan majmuani Arastu "koinot", deb ataydi. 9
Arastu, koinot o’rab olgan ushbu jismlar majmuasi ichra koinotni tashkil etuvchi eng birinchi jismlar bo’lmish jismlar bormi yoki yo’q ekanligini, hamda ular koinotning eng birinchi bo’laklari bo’lsalar va olamni yo’q qilib yoki inkor etib yuborish uchun ulardan biror bo’lagini bartaraf etilganda koinot yo’q bo’lib ketadimi, degan murakkab masalani o’rganadi. Va u, koinotni tashkil etuvchi eng birinchi jismlar bor va ular koinotni tashkil etuvchi qismlar bo’lgan birinchi mavjudiyatlardir, deb tushuntiradi.
OLTINCHI BO’LIM
Arastu, koinotni eng avvalidan tashkil etuvchi birinchi jismlarning ba'zi sifatlarini bayon etadi. Ushbu jismlar majmuasida boshqa hamma jismlaiga aylanma harakat beruvchi jism bo’lgani uchun zaruriy ravishda ikki makon bo’lishi kerak,
132
________________________________ARASTU FALSAFASI
ular: o’rtadagi, markazdagi makon va markazning atrofmi qurshagan makon. Shu bilan birga mexanik harakat, tufayli harakatlanuvchi jismlar bo’lishi zarur ularning uchta eng oddiy xili bor: aylana bo’ylab harakat o’rtaga (markazga) intiluvchi harakat va o’rtadan (markazdan) chetga tomon harakat. Harakatning bu uch xili yondoshishning turli xillari bo’ladi, chunki ularning orasida hech qanday bo’shliq yo’q. Arastu o’rtadan (markazdan) chetga tomon harakatni ko’rib chiqadi. U harakat miqdori jihatidan bittami, yoki ko’proqmi? Va bu harakat uch turli deb tushuntiradi. Bu harakatiarning har birini ayrim ta'riflaydi, har bir xilning mohiyati va ularga xos bo’lgan raohiyatiy orazlarni tushuntiradi. Arastu harakatning bu xillarini o’rganib, ularaing o’zi qandayiigini, nimadan va nima uchun bo’llshlarini ko’rib chiqadi. U, ushbu harakatlar oddiy jismlarga xosligini tushuntiradi. Koinotni tashkil etgan ushbu jismlar bir qanchadir. U, ushbu jismlarning koinotdagi joylashishlari, hamda bir-birlariga nisbatan hoiatlari va tartibini aniqlaydi. Yana ularning har bir qismini va ushbu qismlarning joylashish tartiblarini ta'riflaydi. Oddiy qismlardan biri "birinchi jism"dir va u, umumiy moddaga ega va shakl ila farqlanuvchi boshqa to’rt jism tuproq, olov, havo va suvdan farqlanadi. "Birinchi jism", boshqa to’rtta jismdan ham modda, ham shakl jihatidan farqlanadi, Ushbu to’rtta oddiy jismlar, birinchi jismdan quyida turuvchi boshqa jisraJarni yaratuvchi unsurlar (elementlar)dir. Ushbu unsurlarning birlari boshqalaridan, unsurlarning o’zlaridan oddiyroq qimslardan yaratiladilar, ammo "birinchi jism" dan paydo bo’lmaydilar.
Bular haqida uning "Kitob aS-samo va al-olam" asaridan ma'lumot olsa bo’iadi. Arastu "Kitob al-samo va al-olara"ning oxirida bayon etgan mavzuni, boshqa bir risolasida davom ettiradi. Bu asarda o’z-o’zlaricha paydo bo’igan ushbu to’rt unsur, birlari boshqaiaridan yaratiladilar, deb yozadi. Yana, uning yozishicha, ergashish uslubi bo’yicha bir javharning moddasi, boshqa javharning ham o’sha moddasi bo’ladi, deb tushuntiradi. Darhaqiqat, har bir unsur boshqa unsur orqali yaratiladi, boshqa yaratiluvchi jismlar esa, ushbu unsuriardan yaratiladilar. Unsurlar asoslar va kuchlarga egadirlar va ular
133
Do'stlaringiz bilan baham: |