ABU NASR FOROBIY _______________________________
yo’qligini va har bir jismiy tabiiy javhar fazoda cheklanganligini tushuntiradi. Arastu, tabiat narsalarida bo’lgan cheklangan benihoyatlik, tabiat narsalari haqida gap yurituvchilar benihoyalik haqida o’ylaganlaridek ahamiyatdan butunlay boshqa ahamiyatga ega, deb tushuntiradi. Arastu, ushbu ahamiyatni qisqacha ta'riflaydi va uning qandayligi, nimaga taalluqligi haqida aytib o’tadi.
So’ngra u harakat darajasini, rutbasi (kategoriya)ni, u qanday namoyon bo’lishini va mohiyatini tahlil etadi. Harakat, uning benihoyaligini ko’rsatuvchi mohiyatga egalik uchun, harakat, fazo va vaqt ichida bir narsadan boshqa narsaga o’tganligi uchun, harakat jismiy javharning orazi bo’lib, harakatlantiruvchi sababga ega bo’lganligi uchun uni tadqiq etishga zarurat bo’ladi. Shu qatori harakat bilan birga uning mohiyatining tartibi bilan, hamda uning o’zi nimadan iboratligi, nima uchun kerak va u qanday, uning mavjudiyati qanday ekanligini va nihoyat uning mohiyat hosilalarini aniqlash zarur. Ushbu ko’pdan-ko’p sharoitlar hosilalarining har birini harakat o’z ichiga olgani uchun, bu sharoitlarning har qaysisiga harakat xos va harakatlantiruvchi jismlarga harakat hosilalari sharoitlari xos bo’lganligi uchun, Arastu yuqorida sanab o’tilgan har bir sharoitni harakat o’z ichiga olganligini va sharoitlardan har biri harakatga xosligini tadqiq etadi.
Buning uchun Arastu makon rutbasini (kategoriyasini) tahlil etadi, makon o’zi niraa ekanligi haqida fikr yuritadi. Makon mohiyatiga xos bo’lgan narsalarning ta'rifini keltiradi va jismning makoni bo’laturib qandaydir orazga ega bo’lishiga zarurat bo’lgan holda jism uchun makon zarurmi, yo’qmi, shularni ko’rib chiqadi.
Arastu, harakatlantiruvchi sabab, harakatning bo’shliqqa bo’lgan ehtiyojining oqibatimi yoki yo’qmi, degan masalani tahlil qiladi. Va uning (harakatlantiruvchi sababning) na uyg’otuvchi sababga, na vakuumning yo’qligiga, na har qanday tabiiy vasilalar majmuasiga ehtiyoji buning ustiga bo’shliqdagi — na javharga va na orazga ehtiyoji yo’q deb
130
_______________________________ARASTU FALSAFASI
ta'kidlaydi. U, mutlaq bo’shliqning yo’qligini chuqur bo’lmasa-da, tushuntirib beradi.
So’ngra Arastu "vaqt" rutbasi nimaligini tushuntiradi va tabiatdagi mavjud narsalar va harakat, vaqt va fazoning borligiga muhtojmi degan masalani ko’rib chiqadi. Arastu harakat va sharoitlarga tegishli asos va qonunlarni bayon etadi. So’ngra u, jismlarda mavjud bo’lgan va ularning harakati va bu harakatning boshlanishiga zarur bo’lgan behisob sabablar haqida so’z yuritadi. Bir-birlariga tegib turuvchi va yonma-yon turuvchi boshqa jismlardan harakatlanadigan mutaharrik jismlar bo’lishi kerak, ular esa o’z navbatida boshqa jismlardan harakatlanadilar va hakazo. Bunday holatda bir jismning boshqasiga nisbatan harakati o’zaro yaqinlashgan va yondoshgan, bir harakat ikkinchisidan kelib chiquvchi va umuman olganda benihoyat bo’ladi.
Arastu, tabiiy jism o’z tabiatiga ko’ra boshqa bir jismni qanday qilib harakatga keltirishini va harakatdagi oldingi jismdan harakatga kelgan jismlar o’z navbatida boshqalarini qanday harakatga keltirishini ko’rsatadi. Bunda harakat shakli faqat mexanik (al-hayal) harakat bo’lib, boshqacha bo’lishi mumkin emas. Atrofdagi boshqa jismlarni harakatga keltiruvchi ushbu harakat to’g’ri chiziqli bo’lmay, balki aylanma harakatdir. Boshqa bir jism orqali harakatga keltirilgan jism o’sha jismning harakat ta'siridan tashqari bo’lmaydi. Arastu, ushbu jism mutlaq miqdorga ega bo’lishi munikin emas. deb tushuntiradi. Demak, barcha tabiiy jismlarni harakatga keltiruvchi boshlang’ich jism bo’lishi zarur va yana o’sha jismdan harakatni qabul qilib boshqa hamma jismlarni aylanma harakatga keltiruvchi boshqa bir jism bo’lishi kerak.
So’ngra u aylanma harakatlanuvchi jism haqida so’z yuritadi, o’sha jism o’z-o’zicha harakatianadimi yoki uni harakatlantiruvchi sabab bormi? Va uni harakat manbai bor bo’lishi kerakligini tushuntiradi. Arastu tabiatan aylanma harakat qiluvchi jismlar harakatlarining asoslarini ko’rsatadi, ular jismlarmi yoki jism emasmi, ular modda va jismlari (tanalari) bo’lmagan jismsiz mohiyatmi yoki yo’qmi, degan masalani oydinlashtiradi.
131
Do'stlaringiz bilan baham: |