ABU NASR FOROBIY_________________________________
U, harakatda bo’lish uchun, harakatlanuvchi va o’zgaruvchi barcha narsa qandaydir hududga "oxiriga" va "maqsadga" qarab boradi, deb hisoblaydi. Va o’zicha jismiy javhar bo’lmish barcha narsa yo "maqsadga" va "oxirga", yoki qanday bo’lsa ham biror maqsad va hadga olib boruvchi narsaga borishi zarur. Shunday qilib "maqsadga" ham, oxirga ham asl mutorifatlar erishishlari va o’z mavjudotlari bo’yicha asl mutorifat bo’lmish barchalariga, ko’p ham emas, oz ham emas to’rtta jins hamroh bo’lishi unga ravshan bo’ladi, ular-modda, javhari soniy (ikkinchi javhar)-substansiya, faoliyatidagi sabab va maqsaddir.
Arastu yana, tabiatning niraaligini, uning haqida barcha so’z yurituvchilarga qanday bo’lib tuyulishini tushuntiradi. Uning mohiyatini umum ko’rinishda tasvirlab, tabiat haqidagi fan (fizikadan) xabardor qadimgilar tabiat haqida nimalar deganlari va ularning o’zlarida-yunonlarda tabiat haqida shu dastlabki asoslar majmuasida nimalar deyilganini bayon etadi. U, tabiatning mohiyatini "tabiat" deb ataladigan asl mutorifatning qanday vazifani bajarishini, "tabiiy narsalar" degan iboraning ma'nosi qandayligini, "tabiatan birlamchi" iborasida mavjudiyatning ushbu dastlabki asoslari haqida qanday tushunchada so’z yuritiiadi, "tabiiyjarayon bo’yicha", "tabiat bo’yicha", "tabiiy jarayon bo’yicha emas" iboralarining qanday ma'no]ari borligini tahlil etadi. Ushbu tushunchalarning majmuasini, mavjud narsalar haqidagi bilim va ularni xato tushunish qanday farqlanishlarini ko’rib chiqadi. U yana to’rtta dastlabki asoslar qanday qonunlar bo’yicha bir-biriga nisbatan joylashganlari, ulardan qaysi birlari ko’proq, qaysi birlari kamroq rivojlanganlari haqida gapiradi va ular mavjud narsalarga mohiyat ato etishlarini ta'kidlaydi. Bu mohiyatni uning o’zi tadqiq etadi, buning ustiga bu holat maxsus tabiiy narsalarga taalluqlidir. Shuning o’zi birinchi asoslar va birinchi sabablar, maxsus tabiiy narsalardir.
Ar;:stu jismiy javharlarda o’z-o’zlaricha mavjud qonunlar va asosiar haqida gapiradi. U, jism fazoda cho’ziq turishi nuqtai nazarid,m nimadan iboratligini, jismning fazoda cho’ziq turishining mohiyatini, cho’ziq turish cho’ziq turishlarning qismlaridan iboratmi, ularning holatlarini o’zaro
128
ARASTU FALSAFASI
yaqinlashishiga bog’liqmi yoki boshqa biror usul tufayli mavjud ekanligini tushuntiradi.
U, jismiy tabiatan javharni, javhar mohiyati uning fazoda cho’ziq turishiga bog’liqmi yoki yo’qmi, tahlil etadi. Barcha o’ziga xos orazlar (aksidensiya) bilan javhar (substansiya) bo’lsa, u narsa jism va cho’ziq turgan bo’la oladimi? o’zida shakllar va orazlar almashib turuvchi va undan javharlarning xillari paydo bo’luvchi modda bo’lgani uchun yo u jism va cho’ziq bo’ladi yoki u narsa moddiy javhar bo’ladi, negaki uning cho’ziqligi bo’y, en va qalinlikka ega.
Arastu, bu cho’ziq narsa javhar emas, boshqa nimadir, deb tushuntiradi. Cho’ziqlik, uzalganlikuningjavharligi nuqtai nazaridan javharning mohiyatini bildirmaydi. Bizning iboramizdagi "cho’ziqlik", "uzalganlik" xuddi "oq" iborasidagi kabi ma'noga ega va javhar haqida gapirayotganimizda biz mutlaq ma'nodagi javhar haqida gapiramiz, bunda biz uning cho’ziqligi, uzalgani va bo’y, en, qalinligi bor narsaligi haqida gap yuritmaymiz. Javhar o’ziga xos bo’lgan boshqa narsalarga ega. "Uzalgan" va "uzalganlik" tushunchalari jismliy javharning na moddasiga, na uning shakliga xos, modda esa o’z mohiyati bo’yicha jism emas, shakl ham shunday — jism emas, ammo modda va shaklning birlashib uyg’unlashuvi (sintezi) fazoda uzalganlik ko’rinishini paydo qiladi. Ushbu cho’ziqlik, uzalganlik shu birikish — sintezda mavjud, chunki u o’z mavjudiyatida o’z shaklining mavjudiyatiga ergashadi va javharning shakl mavjudiyati tufayli u ya'ni cho’ziqlik, uzalganlik haqiqiy va barkamol javohir bo’lib qoladi. Tabiiy javohirning moddasi (materiyasi) o’ziga xos bo’lgan shakldan xoli emas, shuning uchun javohir qandaydir uzalganliklardan tarkib topgan emas. Uzalganlik, uzunlik, kenglik, qaliniiklar esa eng avvalgi (birinchi) orazlar (aksiyadensiya)dir. Ushbu orazlar, tabiiy javharlarda mavjud bo’lgan boshqa orazlarga o’xshab unda paydo bo’lib, o’zgarib, ko’payib yoki kamayib turadilar. Arastu so’ngra, miqyosi bo’yicha benihoya (la-nihoya) fazoda uzalgan, cho’ziqjismiyjavhar bormi yoki yo’q ekanligi haqida so’z yuritadi. Va u benihoya fazoda uzalgan jisraiy tabiiyjavhar
129
9-A-6020
Do'stlaringiz bilan baham: |