Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


 SIZMA KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/160
Sana12.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#445309
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160
Bog'liq
FOYDALI QAZILMALARNING GENETIK.2019

14. SIZMA KONLARINING HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI 
Ishqorsizlanish jarayonlari natijasida moddalarning bir tog‘ jinsidan chiqarilib 
ikkinchisiga yotqizilishi natijasida hosil bo‘lgan konlar sizma konlar deyiladi.
N.Straxovning fikricha (1962) nurash jarayoni avvalo ishqoriy muhitda yuz 
beradi va natriy, kaliy, kalitsiy, magniyning sulfat holda va korbanat holda eruvchan 


83 
tuzlar hamda kremnezyom (SiO
2
) ishqorsizlarning natijasida eritmaga o‘tishidan 
boshlanib, shu vaqtning o‘zida slikat va alyumoslikatlar gidrolizlanish natijasida 
alyuminiy, temir va marganets to‘plamlar boradi. Keyinchalik, muhit kislotaga 
boyiydi va alyuminiy, temir, margenets gidrooksidlri eritib chiqariladi. Bunday aktiv 
eritmalar tog‘ jinslari orasida filtrlanib bo‘shliqlarni to‘ldirish (masalan: qum va 
qumtoshlarda) yoki metasomatik yo‘l bilan karbonat jismlarda hosil qiladi. 
Sizma konlarning ham hosil bo‘lishida yuqoridagidek gidrogenlik rejim muhim 
ahamiyatga ega, chunki bu holda konning hosil bo‘lish sharoiti, shakl va kattaligi 
sizot suvlarining harakat qilish yo‘liga tarqatib agar suvlar o‘tkazgich tog‘ jinslarining 
suv o‘tkazmaydigan qatlamlar bilan chegaralangan plasti bo‘ylab harakatlansa, 
plastsimon sizma konlar hosil bo‘ladi. Agar ular yoriqlar va darzliklar orasidan sizib 
o‘tsa, murakkab shakldagi konlar hosil bo‘ladi. Sizma konlar rudasining tekstura va 
strukturalari ko‘p jixatdan qoldiq konlarnikiga o‘xshab ketadi. Undan tashqari sizib 
o‘tish natijasida hosil bo‘lgan turli metasomatik teksturalar ham sizma konlarga xos. 
Uran asosan 4 xil formada uchraydi: tog‘ jinslari yoriqlarida, qumtosh va 
konglomeratlarda, ko‘mir plastlarida va butunlikcha jinslar tarkibida. Ko‘mir va qum 
toshdagi uran konlari, asosan, bu jinslarning filtrlash hususiyatiga tarqatib bo‘ladi, 
butun jinslardagi konlar esa, avvaldan bor neft oksidlarining serbektlik xususiyatiga 
tarqatib bo‘lsa kerak.
Uran ba’zida vanadiy, mis va boshqa metallar bilan birgalikda turli jinslar 
ichida kompleks konlar hosil qiladi. SHuning uchun uran konlarining tarkibi ancha 
murakkab bo‘lib, uranit, raskozlit, kornotit, tyaminit, uranofan, navokait, temir, mis, 
qo‘rg‘oshin, rux sulfidlari va turli tomir minerallaridan tuzilgan bo‘ladi. Uran konlari 
AQSH, Janubiy Afrika, Kanada, Fransiya, Italiya, YAponiya va boshqa joylarda 
ko‘plab uchraydi.
Sizma mis konlari misli qumtosh nomi bilan mashhurdir. Bunday konlar 
AQSH, Evropa va boshqa joylarda mavjud. Ural tog‘ining g‘arbiy yon bag‘rida Kama 
va Ural daryolarining o‘rtasida bunday misli qumtosh yotqiziklari 100 km masofaga 


84 
cho‘zilib ketgan. Olimlarning fikricha, bu kondagi mis Ural tog‘ining nurash 
mahsulotidir.
Sizma temir konlariga Uralning sharqiy yon bag‘ridagi Alapaev koni misol 
bo‘la oladi. Bu erda temir sizot suvlar bilan keltirilib, ushatki jinslar qatlamidan uning 
ostidagi ohaktosh qatlamiga sizib o‘tgan va metasomatik sidirit, hamda temirli xlorit 
holida ajralgan.
Tug‘ma oltingugurtning Polsha, Ispaniya, Xitoy va boshqa joylardagi qator 
konlari, O‘rta Osiyodagi Qovurdoq, SHo‘rsuv va boshqa oltingugurt konlarining 
sizma yo‘li bilan hosil bo‘lganligi keyingi yillarda ko‘pchilik geologlar orasida 
shubha tug‘dirayotir.
Foydali qazilma konlari nurash zonasida turli o‘zgarishlarga uchraydi. Bunda 
ba’zi konlar tubdan o‘zgarib ketadi, ba’zilari esa kamroq o‘zgaradi. 
Asosiy hollardan biri tez oksidlanuvchi sulfidlarning yuqori kislorod 
potensialiga ega bo‘lgan sharoitga tushganda tez oksidlanib yangi minerallar hosil 
qilishidir. SHuning uchun bu jarayon oksidlanish deb, uning joyi esa oksidlanish 
zonasi deb yuritiladi. 
YUqorida keltirilgandek, bu jarayon do‘nglik va yassi tog‘lik tumanlarda 
samaraliroq bo‘ladi. Sulfid konlarining nurash qobig‘ida ishtirok etuvchi suvlarning 
xarakteriga qarab uchta zona yaqqol ajralib turadi: sizot suvlar zonasi; suv 
almashinish zonasi; turg‘un suvlar zonasi. 
Sizot suvlar zonasi er ustidagi kislarod va karbanat kislotasi bilan boy bo‘lgan 
suvlarning pastga qarab bir me’yorda sizilishi bilan xarakterlanadi. Suv almashinish 
zonasi zamin suvlari sathidan pastda joylashgan bo‘lib, suvning yon tomonga asta 
siljishi va kislarodning kamligi bilan belgilanadi. Turg‘un suvlar zonasida suvlar 
deyarlik xarakatsiz va kislarodga siyqa bo‘ladi. 
Ikkilamchi sulfidlar bilan boyitilgan zona kon tanasining yuqori qismida 
joylashgan bo‘lib, ishqorsizlanish podzonasidan chiqib ketgan metallarning Rn o‘sishi 
bilan qayta tiklanish natijasida boyigan bo‘ladi. 


85 
Bu zonada bo‘lib o‘tuvchi kimyoviy jarayonlarning eng samaralilari 
oksidlanish zonasidan sizot suvlar yordamida eritilib, konning chala o‘zgargan pastki 
qismiga olib kelingan metallarning sulfat birikmalari hisobiga bo‘ladi.
Quyidagi sabablarga ko‘ra, zamin suvlarining sathi pasayib qolsa, hosil bo‘lgan 
ikkilamchi sulfidlar quyida ko‘rsatilganidek qayta oksidlanib oksidlangan boy rudalar 
podzonasini yuzaga keltiradi. Ikkilamchi sulfidlar bilan boyitilgan zona mis, uran, 
qumush, oltinli sulfid va ba’zida nikel konlari uchun ahamiyatlidir. 
Konlarda bu zonalarning ba’zi birlari uchramasligi, zona va podzonalar biridan 
biriga sekin asta o‘zgarib o‘tib borishi mumkin. Konlarning oksidlangan qismi odatda 
200 m dan oshmaydi, lekin sharoitga qarab, bu zonaning qalinligi bir necha 100 m ga 
ham borishi mumkin. Bunda albatta o‘zidan suvni yaxshi o‘tkazuvchi plast va 
tektonik yoriqlarning ahamiyati katta.
Oksidlangan rudalarning tashqi ko‘rinishi ham boshqacha bo‘ladi. Ular 
birlamchi, qoldiq va qayta yotqizilgan minerallardan iborat bo‘lganligi uchun turli 
shakllarga ega bo‘ladi.
Xulosa 
Mavzuda sizma konlarining hosil bo‘lish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar 
berilgan. Bunday konlar asosan moddalarning bir tog‘ jinsidan ikkinchisiga o‘tib, 
ishqorsizlanish jarayonlari natijasida paydo bo‘ladi. Dunyodagi mavjud sizma konlar 
haqidagi ma’lumotlar ularning nomlari va joylashgan erlari bilan misollar keltirilgan. 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish