Regional metamorfizm – bir tomonlama gidrostatik bosim va harorat ta’sirida
hosil bo‘lgan tog‘ jinslarining o‘zgarishi. Bunday o‘zgarishlar katta maydonlarda va
magma ta’sirisiz kechadi.
Tektonika – geologiyaning Er po‘sti strukturasi va uning umuman Er taraqqiyoti
bilan bog‘liq (tektonik harakatlar va deformatsiyalar ta’sirida) o‘zgarishini
o‘rganadigan tarmog‘i.
Tipomorf minerallar – geologik va fizik-kimyoviy sharoitlarni aniqlashga
xizmat qiluvchi tipik (tafsivli) minerallar.
53
Formatsiyalar – bir xil geologik sharoitda paydo bo‘lib, o‘zaro birga hosil
bo‘lishi jihatidan bog‘langan va yoshiga ko‘ra yaqin tog‘ jinsi, mineral va
ma’danlarning tabiiy to‘plamlari.