Mineral xom ashyo – xalq xo‘jaligida foydalanish uchun kerak bo‘lgan mineral
resurslarni tog‘ kon sanoati tomonidan o‘zlashtirish jarayonida er qa’ridan olingan va
qayta ishlangan foydali qazilmalar.
Tipomorf minerallar – geologik va fizik-kimyoviy sharoitlarni aniqlashga
xizmat qiluvchi tipik (tafsivli) minerallar.
4. MA’DAN VA NOMA’DAN FOYDALI QAZILMALARNI TASNIFLASH Foydali qazilma konlarini tasniflashda (bo‘lishda) turli prinsiplar asos qilib
olinadi.
1. M o r f o l o g i k p r i n s i p i. Bunda konlardagi ruda gavdalarining
shakliga qarab va rudalarning tog‘ jinsi orasidagi yotish holatiga qarab gruppalarga
bo‘linadi.
2. X i m i k t e x n o l o g i k p r i n s i p i. Bunda rudalar konlarning
tarkibiga va ularning xalq xo‘jaligida ishlatilishiga qarab klassifikatsiya qilinadi.
3. G e n e t i k p r i n s i p i. Bunda konlar hosil bo‘lish sharoitlariga qarab
klassifikatsiya qilinadi.